Biznes va tadbirkorlik



Yüklə 14,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/51
tarix07.03.2020
ölçüsü14,48 Mb.
#30618
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51
2- Mikroiqtisodiyot Oquv Uslubiy Majmuasi 24.08.2018.2019


Rasm 

 

Xarajat va 



daromad

 

Miqdor

 

Chekli 


xarajat 

Chekli daromad

 

Talab 


O’rtacha 

umumiy 


xarajat

 

2. … va keyin talab egri chizig’i 



bu miqdor bilan narx 

o’zgarmasligini ko’rsatadi 

1. Cekli xarajat egri chizig’i va 

chekli daromad egri chiziqlari 

kesishish nuqtasida 

daromadning 

maksimallashuvi belgilanadi 

Narx


 

Monopol firma uchun 

foydani 

maksimallashtirish 

 


188 

 

Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvchi xarakteriga ko`ra firma ishlab chiqarish 



tuzilishi  3  xil  ko`rinishda  tashkil  etiladi:  texnologik,  buyumli  (buyumli-

yakunlangan), aralash (buyumli-texnologik). Texonlogik tuzilishga ko`ra sexlarda 

texnologik jihatdan bir xil jarayonlar bajariladi. To`qimachilik firmalarida to`quv, 

bezak  berish  sexlari,  mashinasozlik  korxonalarida  -  quyish,  termik,  mexanik, 

yig`ish sexlari. Bunda ish o`rinlarining ixtisoslashuvi chuqurlashadi, ya`ni har bir 

bo`limga  ma`lum  bir  texnologik  operatsiyalar  biriktiriladi.  Natijada  ishlab 

chiqarishga  maxsus  jihozlarni  joriy  etish  imkoniyati  kengayadi.  Shuningdek, 

firmalar  boshqa  firmalar  bilan  mahsulot  sotish,  ishlab  chiqarish  vositalari  bilan 

ta'minlash  borasida  ham  ishlab  chiqarish  aloqalarini  o`rnatadi.  Iqtisodiy  faoliyat 

ishlab  chiqarishdan  boshlanadi.  Ishlab  chiqarish  ijtimoiy  rivojlanish  mahsuli  va 

ijtimoiy  mehnat  jarayonining  ob'yektiv  zaruriy  unsuridir.  Binobarin,  har  qanday 

nisbatan  katta  miqyosda  amalga  oshiriladigan  bevosita  ijtimoiy  yoki  birgalikda 

qilinadigan mehnat hozirgi zamon texnika tarqqiyoti bilan uyg`unlikda o`rnatiladi. 

Ishlab  chiqarishni  har  tomonlama  mukammal  tashkil  etish,  uning  doirasida 

ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-texnikaviy xarakterdagi alohida faoliyatlar tushuniladi. 

Bu  munosabatlar  kooperatsiya  va  mehnatni,  ishlab  chiqarishni  ixtisoslashtirish 

darajasiga  bog`liq.  Ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  va  uni  boshqarish  dastlab 

rejalashtirishdan  boshlanib,  uni  tartibga  tushirish,  muvofiqlashtirish  bilan  davom 

ettirilib,  nazorat  bilan  tugaydi.  Bu  yerda  rag`batlantirish  ishlab  chiqarishni 

boshqarishning  barcha  funksiyalari  jarayonida  o`z  aksini  topadi.  Biz  buni 

quydagicha qayta yozishinmiz mumkin 

Foyda=(T R /Q - TC/Q) 



Q. 

TR / Q –o`rtacha daromad, P narx va TC / Q o`rtacha umumiy narxlar bo`lib, 

ATC quydagida teng.  

Foyda= (ATC 

X

 Q. 



(Shuningdek,  raqobatli  firmalar  uchun  ham  o`rinli)  bu  tenglama  bizga  foydani 

hisoblash imkonini beradi. 

5-grafikda  monopolist  foydasi  keltirilgan.  (segment  BC)  jadvaldagi  narxdan 

o`rtacha  xarajatni  ayiramiz  va  P  -  sotilgan  tipik  mahsulot  foydasi  hosil  bo`ladi, 

ATC-  o`rtacha  umumiy  xarajatlardir.  Jadvaldagi  (segment  DC)  kengligi  Q

max


 

sotilgan  mahsulot  miqdori  hisoblangani  uchun  bu  jadval  maydoni  monopol 

firmaning umumiy foydasi hisoblanadi. 


189 

 

 



Iste'molchilar nuqtai nazaridan, bu yuqori narxlar monopolist uchun noqulaylik 

qiladi. Shu bilan birga, monopolist narxlarni ko`tarish orqali foyda ko`radi. Firma 

egalarining  nuqtai  nazaridan,  yuqori  narxlar  monopolist  uchun  juda  qulaydir.  Bu 

firmaning  foydasi  butun  jamiyat  nuqtai  nazaridan  iste'molchilarga  yuklatilgan 

xarajatlarni oshirib, foydani maksimallashtirish maqsadga muvofiqdir. Monopoliya 

o`z  tabiatiga  ko`ra  ishlab  chiqarishda  turg`unlik  paydo  qiladi,  chunki  monopolist 

mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda ko`rish, raqobatning yo`qligi yoki 

zaifligidan  foydalanib,  bozorga  o`z  izmini  o`tkazishi  mumkin.  Yirik 

kompaniyalarni mayda va o`rtalari bilan birlashishi ko`p tarqalgan. Vertikal ishlab 

chiqarish integratsiyasi shakllanganda yagona ishlab chiqaruvchi qolishi tabiiy.  

Monopolistning ijtimoiy farovonlikga ta'sirini baholash uchun rejalashtirishda 

uni  mahsulotining  sotilish  va  ishlab  chiqarilish  darajalarini  solishtirish  zarur. 

Monopolist  ishlab  chiqarishda,  chekli  daromad  va  chekli  xarajatlar  chiziqlari 

kesishishini sotish miqdorini belgilab olish uchun foydalanadi.  

Daromadlar 

va xarajatlar 

Monopol 

narx 


O`rtacha 

umumiy 


narx 

Ishlab chiqarish hajmi 



Monopolist foydasi 

RASM 

Chekli 


xarajat 

O`rtacha 

xarajat 

Talab 


Chekli daromat 

190 

 

 



Shunday qilib, jamiyat uchun monopolistning taklif etayotgan narxi xaridorlar 

talabi  oshgan  sari  oshib  boradi  va  narx  oshgan  sari  esa  xarid  qobiliyati  tushib 

boradi.  Shuningdek,  monopolistning  narx  jihatidan  bozordagi  talab  egri  chizig`i 

bo`yicha  narxlar  o`rtasidagi  salbiy  munosabatni  samarasiz  yuqori  narxi  bilan 

yuzaga  keltiradi.  Ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  maqsadlarining  murakkabligi  va 

o`zaro  bog`liqligining  qarama-qarshiligi,  ularning  ijobiy  yoki  salbiy  oqibatlarga 

olib  kelishi  mumkinligi  tartibga  soluvchi  monopolist  o`z  maqsadlarini  alohida 

holda  emas,  balki  birgalikda,  ularning  o`zaro  bog`liqligini  inobatga  olgan  holda 

ishlab  chiqishga  majbur  qiladi.

 

Monopol  kompaniyalarning  iqtisodiy  roli  jamiyat 



iqtisodiy tizimida mulkchilik munosabatlarida iqtisodiy samaradorlik va  ijtimoiy 

tenglik  me`yorlarini  ta’minlashdan  iboratdir.  Ana  shunday  monopolistlarning 

jamiyatdagi  ijtimoiy  iqtisodiy  rolini  amalga  oshirishi  uchun  yirik  miqdordagi 

moliyaviy resurslarga extiyoj sezadi va bunday moliyaviy resurslarni shakllantirish 

va ulardan samarali foydalanish jarayonga ular ishlab chiqarish hajmi va narxlarni 

oshirish  orqali  erishadilar.

 

Monopoliya  oqibatida  ijtimoiy  tengsizlik  vujudga 



kelishi  mumkin.  Buning  uchun  ularga  strategik  reja  kerak  bo`ladi.  Strategik  reja 

ijtimoiy-iqtisodiy  maqsadni amalga oshirishning bayonnomasi bo`lib, u uzoq yoki 

qisqa  muddatli  maqsadlarni  ifodalaydi.  Strategik  rejalarni  tuzish  jarayonida 

ijtimoiy  chora-tadbirlar,  aholi  iste’moli  va  turli  xildagi  yuridik  hamda  jismoniy 

shaxslarning manfaatlarini nazarda tutish muhim hisoblanadi. Har qanday hollarda 

ham monopol foyda oladi, hukumat esa faqat soliqli daromadlar bilan cheklanadi. 

Xaridorlar 

uchun narx 

Xaridorlarga qulay 

narx sotuvchilar 

qo`ygan narxdan  

pastroq


 

 

Xaridorlarga qulay 



narx sotuvchilar 

qo`ygan narxdan  

yuqoriroq 

Monopolist 

uchun narx 

Chekli 


xarajat 

Talab 


(Xaridorlarga qulay narx) 

Xaridorlar 

uchun narx 

Monopolist 

uchun narx 

Ishlab chiqarish salmogi 

Ishlab chiqarish hajmi 

Ishlab 

chiqarishni 

samarali darajasi 

RASM 


191 

 

 



Monopolist chekli xarajatni mahsulotni yuqori narxda qilib emas, balki uning 

narxini  pastroq  barcha  iste'molchilar  sotib  oladigan  qilib  belgilashi  o`rinli. 

Shunday  qilib,  monopolist  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  va  sotilgan  mahsulot 

miqdori  ijtimoiy  samarali  darajadan  past  bo`lmasligi  kerak.  Ijtimoiy  nafsizlik 

quydagiga  teng  bo`ladi:  monopol  ishlab  chiqaruvchi  xarajatlarini  ya`ni  chekli 

xarajat egri chizig`i va talab egri chizig`i o'rtasidagi uchburchak sohasida namoyon 

bo`ladi. 

Monopolist  firma  o`z  bozorini kuchaytirish tufayli  yuqori daromad  topishga 

harakat  qiladi.  Monopoliya  kompaniyalarini  iqtisodiy  tahliliga  ko`ra,  firmaning 

foydasi  o`z  navbatida  jamiyat  uchun  muammo  tug`dirishi  tabiiy.  Bu  holga  chek 

qo`yish  uchun  tovar  ishlab  chiqaruvchilarning  bozordagi  erkin  raqobatini  yo`lga 

qo`yish kerak. Bozorda tovar egalari uni sotish orqali xaridorni o`ziga qaratishga 

intiladi.  Bozorda  ishlab  chiqaruvchi  emas,  balki  is’temolchi  o`z  shartini  qo`yadi, 

o`z  izmini  o`tkazadi.  Iqtisodiyotning  muhim  tomoni  ishlab  chiqarilgan  tovarga 

kishilar  ehtiyojini  qondirish  uchun  zarur  miqdor  va  turda,  ya’ni  bozorda  tan 

olinadigan  darajada  mehnat  sarflanishidadir.  Uning  yana  bir  belgisi 

ayirboshlashning  muqobil,  ya’ni  sarflangan  ijtimoiy  zarur  mehnatga  muvofiq 

amalga oshishi hisoblanadi. Bozorda nimaga talab oshib borsa, shu narsani ishlab 

chiqarish foyda beradi, binobarin, shu tarmoq kengayib boradi. Monopoliyaga xos 

belgi,  bu  tovar  ishlab  chiqaruvchilarning,  umuman  jamiyat  a’zolarining  o`z 

daromadiga  ko`ra  tabaqalashuvidir.  Monopoliyaning  mohiyati  ijtimoiy  davr 

xarakteri bilan, jamiyatdagi ishlab chiqarish munosabatlari tabiati bilan birgalikda 

davlatning talablari bilan ham belgilanadi. Monopoliyaning mohiyati va uning roli 

va  maqsadlari  korxona  bajaradigan  funksiyalari,  ishlab  chiqarish  usullari,  ishlab 

chiqarish  munosabatlari xarakteri bilan belgilanadi.  

 

12.4. Narxlar diskriminatsiyasi va monopoliyaga qarshi qonunchilik 



 

Nafsizlik 

koeffitsiyenti 

Cnekli xarajat 

Talab 

Narx 


Monopol 

narx 


Chekli 

daromad 


Monopol 

ishlab 


chiqarish 

Ishlab 


chiqarish 

salmog`i 

Ishlab chiqarish hajmi 

Monopoliya samarasizligi 

RASM 


192 

 

Monopol  firmaning  barcha  mijozlarga  bir  xil  narxlarda  mahsulot  sotishini 



ko`rib  chiqdik.  Biroq  ko`p  hollarda,    firmalar  ikki  xil  mijozlarga  xarajati  bir  xil 

bo`lgan  tovarni  ikki  xil  narxda  sotadi.  Bu  amaliyot  narx  diskriminatsiyasi  deb 

ataladi.  Narx  diskriminatsiyasini  ayniqsa  raqobatli  kompaniyalar  ochiq  bozorida 

qo`llash  mumkin  emas.  Bu  har  tomonlama  firmaning  nufuzini  tushirib  yuborib 

mijozlarning yuz o`girishiga olib keladi.  Chunki raqobat bozorida tovarlar va uni 

ishlab  chiqaruvchilar  ham  xilma  xil  bo`ladi.  Qolaversa,  eng  yuqori  narx  uchun 

kurash ayni shu bozorda o`z o`rniga va kuchiga ega bo`lishga harakat qilayotgan 

firmalar o`rtasida qizg`in tus oladi. 

 

Optimal  narx  diskriminatsiyasi  monopolist  tomonidan  aynan  har  bir 



mijozning haq to`lash uchun tayyor ekanligini bilgan holda har bir mijozga har xil 

narxni qo`yishi mumkin bo`lgan vaziyatni tasvirlaydi. Bu holda, monopolist har bir 

mijoz  aniq  optimal  narx  uchun  haq  to`lashini  va  monopolist  har  bir  bitimdan 

daromad olishi aniqlangan.  



Monopoliyaga  qarshi  qonunchilik  —  davlatning  monopoliyaga  qarshi 

kurash  siyosati  demakdir.  Monopoliyaga  qarshi  qonunchilik    asosan,  quyidagi 

yo`nalishlar bo`yicha shakllandi.  

Birinchidan,  ishlab  chiqarish  (tarmoq)ni  boshqaruvchi  qonunlar.  Bu 

qonunlarga  binoan,  odatda,  hech  bir  korxona  (korporatsiya)ning  biror  turdagi 

mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ko`pini nazorat qilishga huquq berilmaydi. 

Ikkinchidan, 

barcha 


yirik 

korporatsiyalar 

ishtirokchilari 

boshqa 


korporatsiyalar aksiyalarining ma`lum cheklangan miqdoridan ortig`iga ega bo`la 

olmasligi belgilab qo`yiladi.  

Uchinchidan,  narxlarni  bozor  muvozanati  belgilagan  darajadan  yuqori  yoki 

past turishini, narx ustidan kelishib olishni ta`qiqlovchi kartellarga qarshi qonunlar 

joriy qilinadi.   

Bozorda monopoliyani o`rnatishga urinishlar va monopol mavqeni suiste`mol 

qilishni  taqiqdaydigan  trestlarga  qarshi  birinchi  qonun  —  Sherman  qonuni 

AQShda  1890  yilda  qabul  qilingan.  Monopoliyaga  qarshi  qonunchilik  va  uni 

amalga  oshirish  uchun  zarur  bo`lgan  chora  tadbirlar  har  bir  mamlakatda  sharoit 

taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Bunda sog`lom raqobat muhitini himoya qilish 

maqsadida  turli  ko`rinishdagi,  monopolistik  foaliyatlar  ustidan  davlat  tomonidan 

tartibga solish amalga oshiriladi. Kleyton qonuni – (1914y) – istemolchilarni narx 

orqali  qochirish,  majburiy  shartnomalar  tuzish,  raqobatn  i  korxonalarning 

zaiflashuviga olib keluvchi aksiyalarni sotib olish taqiqlanishidan iborat.  Seller – 

Kefaver qonuni – (1950y)  – bu qonunda Kleyton qonuniga o`zgartirish kiritilgan 

bo`lib,  unda  nafaqat  raqobatni  korxonalarning  zaiflashuviga  olib  keluvchi 

aksiyalarni,  balki  ishlab  chiqarish  vositalarini  sotib  olish  ham  ta`qiqlanadi.  

Monopoliyaga qarshi faoliyatni tartibga solishning asosiy yo`nalishlari: 

 -bozorning monopollashuvini cheklash;  

 -raqobatchi kompaniyalar qo`shilishini ta`qiqlash;  

 -monopol narxlar belgilanishini ta`qiqlash;  


193 

 

-raqobatni madaniylashgan tarzda olib borishni qo`llab – quvvatlashdan iborat. 



Tartibga  solinadigan  narx  o`rtacha  umumiy  xarajatlarga  teng  bo`lsa, 

monopolist hech qanday iqtisodiy foyda olmaydi. Iqtisodiy monopoliyalar – ishlab 

chiqarish  va  kapitalning  to`planishi  hamda  korxonalarning  turli  yo`llar  bilan 

birlashishi  natijasida  vujudga  keladi.  Masalan  kartelni  olaylik.  Kartel  bu  –  bir 

tarmoq  korxonalarning  ittifoqi  bo`lib,  uning  ishtirokchilari  to`liq  iqtisodiy 

mustaqilligini  saqlab  qoladi,  faqat  ishlab  chiqarish  hajmi,  sotish  bozorlari  va 

baholari to`g`risida kelishib oladilar. Yoki sindikatni olaylik. Sindikat – bir turdagi 

mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  korxonlar  birlashmasi  bolib,  uning  a'zolari  ishlab 

chiqarish  soxasida  mustaqilligini  saqlab  qoladi,  mahsulot  esa  sindikat  mulki 

sifatida  sotiladi.  Qolaversa  ishlab  chiqarish  vositalari  va  mahsulotga  birgalikda 

egalik  qiluvchi  korxonalar  guruhi  bo`lib,  foyda  qo`shilgan  kapital  hajmiga  qarab 

ham taqsimlanishi mumkin.  

Tabiiy  monopoliyada  o'rtacha  umumiy  xarajatlar  kamayitirilib,  marjinal 

xarajatga  nisbatan  o'rtacha  umumiy  xarajat  kamroq  qilib  belgilanadi.  Shuning 

uchun, narx o'rtacha umumiy qiymati quyida bo'ladi  va monopolist zarar ko`radi. 

 

 



Tartibga solinadigan xarajatlar narx belgilashda monopolist tomonidan aniq 

hisob  kitob  qilinmasa,  u  monopolist  kam  xarajat,  ammo  foyda  ham  kormaydi. 

Amalda, monopolistlar yuqori foyda olish maqsadida xarajatlar kamaytirib, chekli 

iqtisodiy  xarajatlar  ba'zi  talablaridan  amalda  foydalanmay  bu  muammodan 

qutulishga  harakat  qiladi.  Monopoliya  bilan  shug`ullanish  uchun  hukumat 

tomonidan ishlatiladigan uchinchi siyosat davlat mulk siyosati hisoblanadi.  



Tayanch  so`z  va  iboralar:  monopoliya,  sof  monopoliya,  tabiiy  monopoliya,  

monopol hokimiyat, narxlar diskriminatsiyasi, monopoliyaga qarshi qonunlar. 

O`rtacha umumiy 

xarajatlar 

Chekli xarajatlar 

Yo`qotishlar 

 narx 

RASM 

O`rtacha 

umumiy 

xarajatlar 



Taritbga 

solingan 

xarajatlar 

Iahlab chiqarish hajmi 



Tabiiy 

monopolist 

uchun 

chekli 

xarajatlarni o`rnatish 

 


194 

 

XIII BOB. MONOPOLISTIK RAQOBATLASHGAN BOZOR 



Reja

 

13.1 Monopoliya va mukammal  raqobat  



13.2 Raqоbatlashgan mоnоpоl bоzоri. 

13.3 Monopol raqobat va mukammal raqobatga 

13.4 Monopolistik raqobat va jamiyat farovonligi 

 

13.1 Monopoliya va mukammal  raqobat 

Oldingi  boblarda  bozorlarni  ko`plab  raqobatdosh  korxonalar  va  bitta 

Monopoliya  korxonasiga  ega  bozorlarni  o`rgandik.  Mukammal  raqobatdosh 

bozorlarga  narx  doim  mahsuloning  chegaraviy  harajatiga  teng.  Shuningdek  biz 

ko`rdikki, uzoq muddatda kirish va chiqish  iqtisodiy foydani nulga tenglashtiradi. 

Shundan  kelib  chiqib  narx  umumiy  harajatiga  tenglashadi.  Biz  Monopolistik 

korxonalar  qanday  qilib  narxlarni  chekli  harajatdan  yuqori  ushlab  turishi  va  bu 

pozitiv  musbat  iqtisodiy  foydaga  olib  keladi  va  jamiyatda  yo`qotishlarga  olib 

keladi.  Mukammal  va  Monopolistik  raqobat  bozor  tuzilmasining  eng  ohirgi 

shakllaridir.  Raqobat  bozorda  ko`plab  korxonalar  deyarli  bir  hil  maxsulotlarni 

taklif qilayotganda yuzaga keladi. Monopoliya esa bozorda faqat bitta firma bo`lsa 

paydo bo`ladi.  

Mukammal  raqobat  va  monoplliya  bozorlar  holatlari  qanday  ishlashi  haqida 

bir  necha  kerakli  fikrlarni  tasvirlasada,  iqtisoddagi  ko`plab  bozorlar  ikkala  holat 

elementlariga  ham  ega.  Shunga  ko`ra,  har  biri  ham  to`la  tasvirlanmagan.  Tipik 

firma iqtisodiyotda raqobatga yuz tutadi, biroq raqobat korxonani Korxonani narx 

oluvchiga  aylantiradigandek qattiq qo`l  emas.  Tipik korxona shuningdek  ma’lum 

darajada  bozor  kuchiga  ega,  lekin  uning  bozor  kuchi  Monopoliya  modelida  aniq 

ko`rsatilgan  korxona  kabi  unchalik  qudratli  emas.  Boshqacha  qilib  aytganda, 

ko`plab tarmoqlar mukammal raqobatning markaziy xolati va monopliya o`rtasida 

turadi. Iqtisodchilar bu hodisani  nomukammal raqobat deb atashadi.  

Nomukammal  raqobatli bozorning bir  turi  bu  Oligopoliya,  unda bozor faqat 

bir  necha  sotuvchilarga  ega  va  har  biri  boshqa  sotuvchilardan  unchalik  farq 

qilmaydigan  yoki  o`xshash  maxsulotlarni  taklif  qiladi.  Iqtisodchilar  bozor 

xukumronligini statistik ataladigan konsentrasiya koffitsentiga ega korxonalarning 

kichik  guruhlari  orqali  o`lchashadi.  Konsentratsiya  koffitsenti  bu  bozordagi 

umumiy  maxsulot    4  ta  yirik  korxonalar  orqali  ta’minlanishidir.  Lekin,  ba’zi 

sanoatlarda, 

eng 

katta 


firmalar 

ustunroq 

rolni 

o`ynaydi. 



Yuqori 

konsentratsiyalangan  sanoatlar  o`z  ichiga  g`alla  ekinlari  (konsentrasiya 

koiffeitsenti  83  %),  samaliyot  ishlab  chiqadigan  (aviasozlik  korxonalari  85  %) 

Elektr lompochkalari  89%, uy  jixozlari  90  %  va sigaretlar 99%  ni qamrab  oladi. 

Ushbu tarmoqlar Oligopoliyaning eng zo`r tasvirlangan misollaridir.  

Nomukammal  raqobat  bozorning  ikkinchi  turi,  Monopolistik  raqobat  deb 



195 

 

ataladi. Bu bozor tizimidagi ko`plab korxonalar sotayotgan mahsulotlari o`xshash 



lekin bir hil emasligi orqali tasvirlanadi. Monopolistik raqobatdosh bozorda har bir 

korxona  ishlab  chiqayotgan  mahsuloti  uchun  Monopoliyaga  ega.  Lekin  boshqa 

korxonalar bir hil iste’molchilar uchun kurashadigan o`xshash  mahsulotlar ishlab 

chiqaradi.  

Yanada  aniqroq  bo`lishi  uchun  Monopolistik  raqobat  bozorini  quidagi 

xususiyatlarini tasvirlaydi.  

 -  Ko`p  sutuvchilar:  ko`plab  firmalar  bir  xil  guruhdagi  xaridorlar  uchun 

raqobatlashadi.  

-Mahsulot    turliligi:  har  bir  korxona  boshqa  korxonaga  qaraganda  eng      

kamida farq qiladigan  mahsulot ishlab chiqaradi. Shunday qilib narx belgilashda, 

har bir korxona pastga qiyalagan talab  chizig`iga duch keladi.  

-Erkin  kirish  va  chiqish:  Firmalar  cheklovlarsiz  bozorga  kirishi  mumkin. 

Shunga  binoan,  korxonalar  soni  bozorda  iqtisodiy  daromad  nolga  yetganda 

o`zgaradi.  

Daqiqali fikrlash quyidagi xususiyatlar bilan bozorni uzun ro`yxatini ochadi: 

kitoblar,  musiqalar,  kinolar,  kompyuter  o`yinlarlari,  restoranlar,  pianino  darslari, 

pishiriqlar, mebel va h.k

20

.  


 

13.2 Raqоbatlashgan mоnоpоl bоzоri. 

 

 

Mоnоpоlistik  raqоbat  bоzоri  o`zining  ba’zi  bir  хususiyatlari  bilan 



mukammal  raqоbatlashgan  bоzоrga  o`хshaydi.  Bu  еrda  ham  harakat  qiluvchi 

firmalar  ko`p,  yangi  firmalarni  bоzоrga  kirib  kеlishi  yoki  unda  harakat  qiluvchi 

firmalarning  undan  chiqib  kеtishi  chеklanmagan.  Lеkin  bu  mukammal 

raqоbatlashgan  bоzоrdan  farq  qiladi.  Farq  shundan  ibоratki,  mоnоpоl 

raqоbatlashgan  bоzоrdagi  mahsulоt  differensiallashgan,ya’ni  bir  хil  ehtiyojni 

qоndiruvchi  tоvarni  хar  bir  firma  o`ziga  хоs  ravishda  ishlab  chiqarib  sоtadi  va 

uning mahsulоti bоshqa firmalarning mahsulоtidan sifati, bеzagi, tarkibi va sоtuv 

markasi оbro`yi bilan farq qilishi mumkin. Tоvarning differensiallashuvi dеganda 

bоzоrda  sоtiladigan  tоvarni  standartlashtirilmaganligi  tushuniladi.  Хar  bir  firma 

o`zining  tоvar  markasini  ishlab  chiqarish  bo`yicha    mоnоpоl  хisоblanadi  va  u 

bоzоrda  ma’lum  darajada  mоnоpоl хоkimiyatga  ega bo`ladi.  Firmaning  mоnоpоl 

хоkimiyati  uning  mahsulоtining  bоshqa  firmalar  mahsulоtidan  qanchalik  farq 

qilishga  bоg`liq.  Masalan,  tish  yuvish  pastalari  mоnоpоl  raqоbat  bоzоrida 

sоtiladigan  «Kоlgеyt»,  «Pеpsоdеnd»  va  «Lеsnоy  balzam»  pastalari  bir-biridan 

qadоqlanishi,  bеzagi,  davоlash  хususiyatlari  bilan  bir-biridan  ajralib  turadi. 

Mоnоpоl raqоbat bоzоrga misоl sifatida tish yuvish pastasi, kir yuvish parоshоgi, 

                                                           

20

 N. Gregory Mankiw Principles of Microeconomics, 7e p. 312 



196 

 

хar-хil  chanqоv  bоsdi  ichimliklari  bоzоrlarini,  kiyim-  kеchak  bоzоrini  kеltirish 



mumkin. 

 Mоnоpоlistik  raqоbat  bоzоrida  harakat  qilayotgan  firmalarning  ko`pligi 

ularni o`zarо maхfiy ravishda kеlishuvi mumkin emasligini bildiradi. Har bir firma 

tavakkalchilikni  bo`yniga  оlgan  hоlda  o`zi  harakat  qiladi  va  o`zining  narх 

siyosatini  bеlgilashda  bоshqa  firmalarning  harakatini  e’tibоrga  оlmaydi.  Bоshqa 

raqоbatlashuvchi  firmalar  qanday  harakat  qiladi  qanday  narх  siyosatini  amalga 

оshiradi. Bu kabilarni оldindan ko`ra bilish amalda mumkin ham emas. Tоvarlarni 

differensiallashuvi  nafaqat  ularning  sifatidagi  farqlarga,  bеzagiga  bоg`liq,  balki 

ularni sоtishda ko`rsatiladigan хizmatlarga ham bоg`liqdir. Istе’mоlchilarni u yoki 

bu tоvarni tanlashiga tоvarni yaхshi qadоqlanishi, do`kоnning o`ng`ay jоylashuvi 

va ishlash rеjimi, хaridоrlarga yaхshi хizmat ko`rsatilishi sabab bo`lishi mumkin. 

Yuqоridagilar  kichik  magazinlarga,  sartarоshхоnalarga,  bеnzin  quyuvchi 

shaхоbchalarga ham to`liq tеgishlidir. 

Raqоbatlashgan mоnоpоl bоzоr quyidagi хususiyatlari bilan хaraktеrlanadi: 

Birinchidan,  firmalar  differensiallashgan,  bir-birini  o`rnini  bоsish  nоrmasi  yuqоri 

bo`lgan,  mahsulоtlarini  sоtadi  va  bir-biri  bilan  raqоbatlashadi.  (Bоshqacha 

aytganda bunday tоvarlarning narхga ko`ra elastikligi yuqоri, lеkin chеksiz emas). 

Ikkinchidan,  bоzоrga  yangi  firmalarni  o`z  markasi  bilan  kirishi  va  undan 

faоliyat  ko`rsatayotgan  firmalarni  chiqishi  chеklanmagan.  Agar  firmalarning 

mahsulоtiga  talab  еtarli  darajada  bo`lmay  qоlsa  ular  bоzоrdan  to`siqsiz  chiqishi 

mumkin. Raqоbatlashgan mоnоpоl bоzоrning o`ziga хоs хususiyatini pоyafzal va 

avtоmоbil bоzоrini taqqоslaganda ko`rish mumkin. Pоyafzal bоzоri raqоbatlashgan 

mоnоpоl  bo`lsa  еngil  avtоmоbil  bоzоri  оligоpоlik  bоzоr  sifatida  хaraktеrlanadi. 

Agar, pоyafzal bоzоrida fоyda yuqоri bo`lsa, bоshqa firmalar yangi pоyafzal ishlab 

chiqarish  o`z  markasi  bilan  bоzоrga  kirish  uchun  kеrakli  bo`lgan  mablag`ni 

sarflashi  ular  uchun  katta  qiyinchilik  tug`dirmaydi.  Avtоmоbil  bоzоridagi 

avtоmоbillar  ham  diffеrеnцiyallashgan  (ya’ni  uning  turlari  ko`p).  Lеkin,  bu 

bоzоrga  yangi  firmalarning  kirib  kеlishiga  masshtab  samarasi  katta  qiyinchilik 

tug`diradi.  Nima  uchun  dеganda  samarali  miqdоrdagi  avtоmоbillarni  ishlab 

chiqarish uchun juda katta mablag` talab qilinadi.  

Uchinchidan, bоzоrda nisbatan katta miqdоrdagi firmalar faоliyat ko`rsatadi 

va ularning хar biri sоtiladigan umumiy turdagi tоvarga bo`lgan bоzоr talabining 

ma’lum darajadagi ulushini qanоatlantiradi.  

To`rtinchidan, firmalar o`z mahsulоtlariga narх bеlgilashda va sоtish хajmini 

aniqlashda  raqiblarining  aks  harakatlarini  e’tibоrga  оlmaydilar.  Masalan,  birоr 

sоtuvchi  o`z  mahsulоti  narхini    20  %  ga  tushursa  uning  mahsulоt  sоtish  хajmi 

оshadi  va  оshish  alоhida  bir  firma  hisоbidan  emas,  balki  ko`p  firma  hisоbidan 

sоtiladi, lеkin bu siyosatning bоshqa bir raqib firmaning bоzоrdagi ulushini kеskin 

qisqartirib yubоrishi ehtimоli niхоyatda kichikdir. Shuning uchun ham raqоbatchi 


197 

 

firmalar  birinchi  firmaning  narх  siyosatiga  nisbatan  birоr  chоra  ko`rmaydi  va  bu 



siyosat kuchli ta’sir qilmaydi.  

Raqоbatlashgan  mоnоpоlistik  bоzоridagi  talab  chizig`i  elastikligi 

raqоbatlashgan  bоzоrdagi  talab  chizig`i  elastikligidan  pastrоq,  ammо  sоf 

mоnоpоliyadagi  talab  chizig`i  elastikligidan  yuqоrirоq  bo`ladi.  Raqоbatlashgan 

mоnоpоlistik bоzоrda talab chizig`ining elastiklik darajasi raqоbatchilar sоniga va 

mahsulоtning turlari sоniga bоg`liq. Raqоbatchilar va mahsulоt turlari qancha ko`p 

bo`lsa,  talab  chizig`ining  elastiklik  darajasi  shuncha  yuqоri  bo`ladi.  Mоnоpоl 

raqоbat  bоzоrida  ham  mukammal  raqоbatlashgan  bоzоr  kabi  firmalarning  kirishi 

va  chiqishi  chеklanmagan.  Mоnоpоl  raqоbat  bоzоrida  harakat  qilayotgan 

firmalarning iqtisоdiy fоyda оlishi, raqоbatlashuvchi tоvar markalari bilan bоshqa 

firmalarni  bоzоrga  kirib  kеlishiga  sabab  bo`ladi,  natijada  firmalarning  iqtisоdiy 

fоydasi  nоlgacha  pasayadi.  Qisqa  va  uzоq  muddatli  оraliqlarda  mоnоpоl 

raqоbatlashgan  firmada  muvоzanat  narх  va  mahsulоt  хajmi  qanday  o`rnatilishini 

ko`rib chiqamiz.  

Quyidagi  1-rasmda  raqоbatlashgan  mоnоpоl  firmaning  qisqa  muddatli 

muvоzanat hоlati tasvirlangan. Firma mahsulоti bоshqa firmalar mahsulоtidan farq 

qilgani uchun uning talab chizig`i DR pastga yotiq yo`nalgan. Bu еrda  DR firma 

uchun talab chizig`idir, bоzоr talab chizig`i bundan farq qiladi. 

Firma  fоydasini  maksimallashtiruvchi  mahsulоt  ishlab  chiqarish  хajmi 

chеkli хarajat MC va chеkli darоmad MR chiziqlarining kеsishgan nuqtasi оrqali 

aniqlanadi va  u QSR ga tеng. Muvоzanat narх PSR firmaning talab chizig`i оrqali 

tоpiladi. Muvоzanat narх o`rtacha хarajatdan katta bo`lgani uchun firma iqtisоdiy 

fоyda  оladi  va  bu  fоyda  rasmda  shtriхlangan  to`rtburchak  оrqali  dasturlangan. 

Firmaning  qisqa  muddatli  оraliqda  оladigan  iqtisоdiy  fоydasi  uzоq  muddatli 

оraliqda  bоzоrga  bоshqa  firmalarni  kirib  kеlishga  undaydi  va  ular  kirib  kеla 

bоshlaydi.  Bоshqa  tоmоndan  firmaning  o`zi  ham  yanada  ko`prоq  fоyda  оlish 

uchun ishlab chiqarishni kеngaytirishga harakat qiladi. 


198 

 

 



1- rasmMоnоpоl raqоbatlashgan bоzоrda 

firmaning qisqa muddatli muvоzanati

 

Shunday qilib bоzоrga yangi firmalarni kirib kеlishi va o`z markalari 



оstida firma  mahsulоtiga o`хshash  yangi mahsulоtlarni  ishlab chiqarishi  va taklif 

qilishi  natijasida  bоzоrda  taklif  оrtadi,  tоvar  narхi  pasayadi,  mazkur  firmaning 

bоzоrdagi  ulushi  kamayib  bоradi.  Uning  talab  chizig`i  pastga  qarab  siljiydi  (2-

rasm).    (Agar,  firmaning  хarajatlari  uzоq  muddatli  оraliqda  o`zgarsa  AC  va  MC 

chiziqlari hamda chеkli darоmad MR chiziqlari ham pastga siljiydi). 

Mahsulоt sоtish bo`yicha raqоbatlashuvchi firmalarni оrtib bоrishi bоzоrda 

o`rindоsh  tоvarlar  sоnini  оrtishiga  оlib  kеladi.  Bu  o`z  navbatida  har  firma 

mahsulоtiga  bo`lgan  talabni  o`rnatilgan  narхga  ko`ra  elastikrоq  bo`lishiga  оlib 

kеladi.  Yangi  firmalarni  bоzоrga  kirib  kеlishi    iqtisоdiy  fоyda  оlish  mumkin 

bo`lmay qоlguniga qadar davоm etadi 

 


Yüklə 14,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin