Tayanch so`z va iboralar: Izokvanta, izokosta, omillar mahsuldorligini
kamayish qonuni, ishlab chiqarish omillari, chekli mahsulot.
X BOB. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI
13
Reja
10.1.Umumiy daromad, umumiy xarajat va foyda
10.2. Doimiy va o`zgaruvchan xarajatlar
10.3. Xarajat egri chiziqlari va ularning shakllari
10.4. Qisqa muddatli va uzoq muddatli xarajatlar
10.1.Umumiy daromad, umumiy xarajat va foyda
Iqtisodchilar odatda yuqori darajada foyda olishni ko`zlab ishga kirishadi va
ular ko`p hollarda qobilyatli ishchilar topishga harakat qiladilar.
Firmaning ishlab chiqargan mahsulotlarini sotishlaridan kelgan tushumlari
yig`indisini umumiy daromad deb ataladi. Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun
resurslarni sotib olishga to`lanadigan firma to`lovlari yig`indisi umumiy xarajat
13
Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics”)
kitobining XIII bobi asosida tayyorlangan.
152
deyiladi. Firma olgan daromad faqatgina uning xarajatlarini qoplashi kerak degani
emas, chunki u o`z ish faoliyatini foyda olish maqsadida tashkil etadi. Foyda bu
umumiy daromaddan umumiy xarajatlarni ayirmasiga teng:
Foyda = umumiy daromad - umumiy xarajat
Firmaning maqsadi o`z foydasini iloji boricha ko`proq qilishdir.
Firmaning yuqori darajada foyda olishini ko`rib chiqishimiz uchun, biz
uning umumiy daromadlarini va umumiy xarajatlarini hisob - kitob qilishimiz
kerak. Umumiy daromad oddiygina hisoblanadi: Bu firma ishlab chiqaradigan
mahsulotlari miqdorini mahsulot sotilgan narxga ko`paytirish natijasidir. Agar
firma 10000 ta mahsulot ishlab chiqarsa, har bir mahsulotni 2$ dan sotsa, u 20000$
umumiy daromad oladi.
Firma o`z xarajatlarini hisoblaganda, iqtisodiyotning o`nta tamoyillaridan
birini hisobga olishiga to`g`ri keladi, ya`ni biror narsaning qiymati unga erishish
uchun nimadandir voz kechishdir. Bu mahsulotning muqobil qiymati deb ham
nomlanadi, ya’ni bu o`sha birlikni qo`shib olish uchun voz kechilishi shart bo`lgan
narsalarning hammasi, deb qaralishi mumkin. Iqtisodchilar firmaning ishlab
chiqarish xarajatlari haqida so`z yuritganlarida, ular tovarlar va xizmatlarni
muqobil xarajatlarini ham inobatga oladilar.
Ba’zi firmalarning muqobil xarajatlari ochiq oydin ko`zga tashlanib turadi,
boshqalarniki esa, aksincha. Masalan, firma o`zi uchun zarur bo`lgan mahsulot
uchun 1000$ to`laydi, bu 1000$ muqobil xarajat hisoblanadi, chunki firma yana
biror narsa sotib olish uchun ushbu 1000$dan boshqa foydalanmaydi. Shuningdek,
firma sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun malakali ishchilarni ishlatadi, firma
xarajatlarining ma’lum qismini ishchilar oylik maoshi tashkil qiladi. Firmaning
muqobil xarajati firmaning to`lovlarini to`lashi uchun kerak bo`ladi va bu yaqqol
xarajatlar deyiladi.
Taqqoslab qaraydigan bo`lsak, firmaning ba’zi muqobil xarajatlari noyaqqol
xarajatlar deb nomlanadi va ular qo`shimcha to`lovini talab qilmaydi. Tasavvur
qiling, firma xo`jayini kompyuter mutaxassisi va har bir dastur uchun soatlik
to`lovi 100$ga teng. Har soat uchun firma xo`jayini o`zining firmasida ishlaydi, u
daromaddan 100$dan hisoblaydi, va bu ham xarajatlarning bir qismi bo`lib
hisoblanadi. Firmaning umumiy xarajati yaqqol va noyaqqol xarajatlar
yig`indisidan iborat.
Yaqqol va noyaqqol xarajatlar o`rtasidagi farq iqtisodchi va hisobchilar
biznesni qanchalik darajada tahlil qilishidek muhim tafovut singari hisobga olinadi.
Iqtisodchilar firmaning narxlar belgilashdagi qaror qabul qilishga va mahsulot
ishlab chiqarishni o`rganishga qiziqadilar. Chunki, bu qarorlar har ikkala yaqqol va
noyaqqol xarajatlarga asoslanadi, iqtisodchilar firma xarajatlarini hisob-kitob
qilishda ikkalasini ham hisobga oladilar. Taqqoslaydigan bo`lsak, hisobchilar
firmaga kiradigan va chiqadigan yaqqol xarajatlarni hisoblaydilar. Natijada
noyaqqol xarajatlar hioblanmasdan qoladi.
Yuqorida keltirilgan firmani oladigan bo`lsak, iqtisodchilar va hisobchilar
o`rtasidagi farq osongina ko`rinib turadi. Firma xo`jayini kam pul keltiradigan
kompyuter dasturchiligidan voz kechdi, uning hisobchisi buni firma xarajatlarini
153
hisoblashda inobatga olmaydi, chunki, unga to`lanadigan xarajat firmaning
tashqarisiga chiqib ketmaydi. Bu hech qachon hisobchining moliyaviy holatini
ko`rsatib bermaydi. Iqtisodchi bo`lsa, har qanday kirim-chiqim xarajatlarini
hisoblaydi, chunki bu qaror muhokamasi firmaga katta foyda keltiradi. Misol
uchun, firma xo`jayini kompyuter dasturchining maoshini 100$ dan 500$ga
ko`tarsa, u soatiga maoshining anchagina yuqoriligi uchun unumli ishlashi va to`liq
vaqtini kompyuter dasturchiligida davom ettirishi mumkin.
Deyarli har bir biznesning muhim noyaqqol xarajatlari bu investitsiya
qilingan biznesdagi moliyaviy kapitalning muqobil qiymatidir. Misol uchun,
tahmin qilish mumkinki, firma xo`jayini o`zining firmasini tashkil qilish uchun o`z
fondidan 300000$ ishlatdi. Agar firma xo`jayini pulini 5foizda omonat qo`yganida
edi, u har yili 15000$ dan mablag`ga ega bo`lardi. Uning maqsadi firmasiga
xo`jayinlik qilish, shu sababli u yiliga keladigan 15000$dan voz kechdi. 15000$
firma xo`jayinining noyaqqol muqobil xarajatlari hisoblanadi Iqtisodchi va
hisobchilar o`rtasidagi farqni chuqurroq o`rganadigan bo`lsak, uncha katta
bo`lmagan narsalardan boshlaymiz. Tasavvur qilaylik, hozir firma xo`jayini bu
firmani sotib olish uchun 300000$ sarflamadi, ammo, o`rniga 200000$ni bankka 5
foizli omonatga qo`ydi hamda 100000$ni o`z shaxsiy jamg`armalari uchun
ishlatdi. Firma xo`jayinining faqatgina yaqqol xarajatlarini hisobga oladigan
hisobchisi, har yili bank krediti bo`lgan 10000$ni hisobladi, ya’ni bu firmaning
chiqib ketadigan summasining yigindisi hioblanadi.
Biroq iqtisodchilar fikriga ko`ra, biznes boshlash uchun muqobil xarajat
haligacha 15000$, ya’ni kamida 15000$siz biznes boshlab bo`lmaydi. Muqobil
qiymat bankdan olingan qarzning foizi 10000$ va jamg`armadagi mablag`dan
olinishi mumkin bo`lgan foiz 5000$ yigindisiga teng.
Shundan kelib chiqqan holda, iqtisodchilar va hisobchilar qiymatni har xil
o`lchaydilar, shuningdek ular foydani ham har xil hisoblaydilar. Iqtisodchi
firmaning umumiy daromadidan sotiladigan mahsulot va xizmatlarni ishlab
chiqarishga ketgan barcha xarajatlarni ayirish orqali firmaning iqtisodiy foydasini
hisoblaydi. Hisobchi firmaning foydasini aniqlash uchun firmaning umumiy
daromadidan faqatgina yaqqol xarajatlarini ayirib tashlaydi.
1-chizma bu farqni ko`rsatadi. Hisobchi noyaqqol xarajatlarni hisobga
olmagani uchun u hisoblagan foyda iqtisodchi hisoblagan foydadan ko`proq
bo`ladi. Iqtisodchi nuqtai nazaridan qaraganda, biznes daromadli bo`lishi uchun
umumiy daromad barcha ishlab chiqarish xarajatlarini, ya’ni yaqqol va noyaqqol
xarajatlarni qoplashi kerak.
Iqtisodiy foyda bu muhim tushuncha, chunki, u firmani tovar va xizmatlar
yetkazib berishga undaydi, ko`rib turibmizki firma ijobiy iqtisodiy foyda qilsagina,
biznes dunyosida mavjud bo`ladi. U barcha ishlab chiqarish xarajatlarini qoplaydi
va firma egalarini rag`batlantirish uchun biroz foydaga ham ega bo`ladi. Agar
firma iqtisodiy zarar ko`rsagina (ya’ni iqtisodiy foyda salbiy bo`lsa) biznesmenlar
barcha ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga yetarlicha daromad jamg`ara
olmaydilar. Agar bu holat o`zgarishsiz davom etsa, firma egalari biznesni
154
to`xtatishadi va korxonani tark etishadi. Biznesda qaror chiqarishni tushunish
uchun ba’zida iqtisodiy oydani kuzatib borishimiz zarur.
Firma sotishni rejalashtirib, tovar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun
resurslarni sotib olganda xarajatga duch keladi. Bu holda biz firmaning ishlab
chiqarish jarayoni va uning umumiy qiymati o`rtasidagi bog`liqlikni tekshiramiz.
Tahlil natijasi shuni ko`rsatadiki, firma hajmi o`zgarmas u faqatgina ishlab
chiqariladigan mahsulotlar miqdorini o`zgartirishi mumkin. Bu tahmin faqat qisqa
muddatli davrga xos, biroq uzoq muddatli davrda unday emas. Ya’ni, firma
xo`jayini kutilmaganda o`z firmasini birdaniga kengaytira olmaydi, ammo u bir
yoki ikki yil ichida shunday qila olishi mumkin. Bu tahlil qisqa muddatli davr
mobaynida qabul qilinadigan ishlab chiqish qarorini tasdiqlaydi.
1-jadval firma ishchilar soniga bog`liq holda bir soatda ishlab chiqariladigan
mahsulotlar miqdori qanday bog`liqligini ko`rsatadi. Jadvaldan ko`rish mumkinki,
birinchi ikkita ustunda, agar firmada ishchilar bo`lmasa, firma mahsulot ishlab
chiqarmaydi. Agar bitta ishchi bo`lsa, 50 ta mahsulotni ishlab chiqaradi. Agar 2 ta
ishchi bo`lsa, 90 ta mahsulotni ishlab chiqaradi va hakozo. 2-chizmada (a) ikki
ustunning raqamlarini ko`rsatadi. Ishchilar soni (ishchilar) gorizontal o`qda, ishlab
chiqarilgan mahsulotlar soni vertikal o`qda aks ettirilgan. Resurslar miqdori
(ishchilar) va yaratilgan mahsulot miqdorlari o`rtasidagi bu bog`liqlik ishlab
chiqarish funksiyasi deb ataladi.
Iqtisodchilar firmani
yuritishda qanday yo’l
tutishadi
Buxgalterlar firmani
yuritishda qanday yo’l
tutishadi
Daromad
Iqtisodiy
foyda
Noyaqqol
xarajatlar
Yaqqol
xarajatlar
Yaqqol
xarajatlar
Buxgalteriy
a foydasi
Umumiy
muqobil
xarajatlar
Daromad
155
Yanada yaxshiroq tushinish maqsadida jadvalning uchinchi ustunida bitta
ishchining chekli mahsuloti ko`rsatilgan. Ishlab chiqarish jarayonidagi har qanday
xarajatning chekli mahsuloti - bir qo`shimcha xarajat birligi hisobiga erishilgan
ishlab chiqarish hajmining miqdoran ortishidir. Ishchilar sonini bittadan ikkitaga
oshirilsa, mahsulot ishlab chirarish 50 tadan 90 taga ortadi va ortgan 40 ta
mahsulot chekli mahsulot hisoblanadi. Agarda ishchilarni yana bittaga oshirsak,
mahsulot ishlab chiqarish 90 tadan 120 taga ortadi va 30 ta mahsulot chekli
mahsulot bo`ladi. Jadvalda chekli mahsulot ikki qator orasida aks ettirilgan, chunki
ishchilar soni bir pog`onadan boshqasiga o`zgarsa, ishlab chiqarish hajmi ham
o`zgaradi.
Ishchilar
soni
Resurslar
(bir soatda
ishlab
chiqarilgan
mahsulotla
r miqdori)
Mehnatning
chekli
mahsuloti
Firmaning
xarajatlari
Ishchilar
uchun
xarajat
Resurslar
umumiy
xarajatlari (Firma
xarajati +
ishchilar uchun
xarajat)
JADVAL
Ishlab chiqarish
funksiyasi va umumiy
xarajat
156
E’tibor bilan qaraydigan bo`lsak, ishchilar soni ortgani sayin, chekli
mahsuloti kamayadi. 2-ishchining chekli mahsuloti 40 ta mahsulot edi. 3-ischiniki
30 ta, 4-ishchiniki 20 ta va h.k. Bu xossa kamayib boruvchi chekli mahsulot deb
ataladi. Boshida, ya’ni ishchilar soni kam bo`lganida firmadagi uskunalardan
foydalanish qulay bo`lgan. Ishchilar soni ortgani sari, vositalardan birgalikda
foydalanish va tiqilinch muhitda ishlashga majbur bo`lishadi. Oxir-oqibatda
ishchilar bir-biriga halal berishadi. Shu sababli yangi yollangan ishchining umumiy
ishlab chiqarishga qo`shgan hissasi oldin yollangan ishchinikiga qaraganda kamroq
bo`ladi.
Ikkinchi chizmada kamayib boruvchi chekli mahsulot ham tasvirlangan.
Ishlab chiqarish funksiyasi egri chizig`i har bir qo`shilgan mehnat sarfi uchun
ishlab chiqarish hajmining o`zgarishini ko`rsatib beradi. Ushbu ishlab chiqarish
funksiyasi egri chizig`i bir ishchining chekli mahsulotini ham ko`rsatib beradi.
Ishchilar soni ortgani sayin, uning chekli mahsuloti kamayib boradi, va ishlab
chiqarish funksiyasi yanada bukiladi. Jadvalning oxirgi uchta ustuni firmaning
mahsulot ishlab chiqarish xarajatini ko`rsatadi. Bu misolda, firmaning xarajati
soatiga 30$ va bir ishchining maoshi soatiga 10$. Agar u yana bitta yangi ishchi
yollasa, uning xarajati soatiga 40$ bo`ladi. Agarda 2 ta ishchi yollasa, bu
ko`rasatkich 50$ ga yetadi. Bu ma’lumotlar keltirilgan jadval firma yollaydigan
RASM
Mahsulot
miqdori
Ishlab chiqarish
funksiyasi
Yollanma ishchilar
soni
Umumiy
xarajat
(a) Ishlab chiqarish funksiyasi
(b) Umumiy xarajat egri chizig’i
Umumiy
xarajat egri
chizig’i
Mahsulot
miqdori
(a) chizmadagi ishlab chiqarish funksiyasi yollangan ishchilar miqdori va ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdori o`rtasidagi bog’liqlikni ko`rsatadi. Bu yerda yollangan ishchilar miqdori
(gorizontal kesimda) birinchi jadvalda va birinchi ustunda berilgan va yaratilgan mahsulot miqdori
(vertikal kesimda) ikkinchi ustunda berilgan. Ishchilar miqdori oshgan sari ishlab chiqarish jarayoni
tekislanib boradi, bu qo`shimcha mahsulot kamayishini aks ettiradi. (b) chizmadagi umumiy narx
elastikligi yaratilgan mahsulot miqdori va umumiy ishlab chiqarish xarajati o`rtasidagi bog`liqlikni
ko`rsatadi. Bu yerda yaratilgan mahsulot miqdori (gorizontal kesimda) birinchi jadvaldagi ikkinchi
ustunda berilgan va umumiy xarajat (vertikal kesimda) oltinchi ustunda berilgan. Chekli mahsulot
kamayishi tufayli, umumiy xarajat elastikligi yaratilgan mahsulot ortishi bilan ko`tarilib borgan.
Firmaning ishlab
chiqarish
funksiyasi va
umumiy-xarajat
egri chizig`i
157
ishchilar soni ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdori va uning umumiy
xarajatlari qanchalik o`zaro bog`liqlikligini ko`rsatadi.
Endi chizma (b) dagi umumiy xarajat egri chizig`i bilan chizma (a) dagi
ishlab chiqarish funksiyasini taqqoslab ko`ramiz. Bu egri chiziqlar tanganing ikki
tomoniga o`xshaydi. Ishlab chiqarish hajmi ortganda, umumiy xarajat egri chizig`i
ko`tariladi, undan farqli ravishda ishlab chiqarish funksiyasi pasayadi. Bu
o`zgarishlar bir xil sababga ko`ra sodir bo`ladi. Yuqori ishlab chiqarish firma
ishchilar bilan to`la ekanligini bildiradi, chunki har bir qo`shilgan yangi ishchi
kamayib boruvchi chekli mahsulot evaziga ishlab chiqarishga kamroq hissa
qo`shadi. Bundan shuni ko`rish mumkinki, umumiy xarajat kamayib boruvchi
chekli mahsulotga nisbatan teskari bog`liqlikda bo`ladi. Shu sababli ishlab
chiqarish funksiyasi nisbatan tekisroq. Endi bu mantiqni atroflicha ko`rib
chiqamiz: firma ishchilar bilan to`lgan bo`lsa, qo`shimcha mahsulot ishlab
chiqarish qo`shimcha mehnat talab etadi va bu juda qimmat. Shu sababli, qachonki
ishlab chiqarish hajmi yuqori bo`lsa, umumiy xarajat ham yuqori bo`ladi.
10.2. Doimiy va o`zgaruvchan xarajatlar
Firmaning umumiy xarajatini ikki turga bo`lish mumkin.
Ulardan biri doimiy xarajatlar va uni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga
aloqasi yo`q. Ular firma hech narsa ishlab chiqarmasa ham mavjud bo`ladi.
Firmaning doimiy xarajati, masalan, u to`laydigan ijaralardan iborat. Agarda firma
hisobchi yo`llasa, uning maoshi doimiy xarajat hisoblanadi, chunki hisobchi ishlab
chiqarish miqdoriga ta’sir etmaydi. 2-jadvalning 3-ustunida firmaning doimiy
xarajati misolda 3.00$ miqdorida ko`rsatilgan.
Mahsulo
t
miqdori
Umumiy
xarajat
O’zgarmas
xarajat
O’zgaruv-
chan xarajat
O’rtacha
o’zgarmas
xarajat
O’rtacha
o’zgaruv-
chan
xarajat
O’rtacha
umumiy
xarajat
Chekli
xarajat
Xarajatning turli xil
o`lchovlari:
JADVAL
158
Firma xarajatlarining yana bir turi o`zgaruvchi xarajat deyiladi. Bu firma
ishlab chiqaradigan mahsulot miqdorining o`zgarishi bilan o`zgaradigan xarajatdir.
Firmaning o`zgaruvchi xarajatlari mahsulotni ishlab chiqarishda qo`llaniladigan
xomashyo va uni ishlab chiqarish uchun bevosita sarflanadigan xarajatlardir. Firma
qancha ko`p mahsulot ishlab chiqarsa, shunchalik resurslarga ehtiyoj sezadi va
bundan uning xarajatlari ortadi. Mahsulot hajmini ko`tarish maqsadida qo`shimcha
ishchilar yollash ham mumkin va bu ishchilarning ish haqisi ham o`zgaruvchan
xarajat hisoblanadi. Jadvalning 4-ustuni firmaning o`zgaruvchan xarajatlarini
ko`rsatadi. Agarda, firma hech narsa ishlab chiqarmasa, o`zgaruvchan xarajat ham
bo`lmaydi. Agar firma hech nima ishlab chiqarmasa o`zgaruvchi xarajat 0, 1 dona
mahsulot ishlab chiqarsa 0,30$, 2 dona mahsulot ishlab chiqarsa 0,80$ va h.k.
Firmaning umumiy xarajati doimiy va o`zgaruvchi xarajatlari yig`indisiga tengdir.
2-jadvaldagi umumiy xarajat 3-ustundagi doimiy xarajat va 4-ustundagi
o`zgaruvchan xarajatlar yig`indisiga teng. Firma xo`jayini qancha mahsulot ishlab
chiqarish to`g`risida qaror qabul qiladi. Mazkur qarorning ahamiyati shundaki, u
ishlab chiqarish darajasini o`zgartirganida uning xarajatlari qanday o`zgaradi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning birligi uchun xarajatni topish uchun,
firmaning xarajatini yaratiladigan mahsulot hajmiga bo`lamiz. Masalan, agar firma
soatiga 2 dona mahsulot ishlab chiqarsa, uning umumiy xarajati 3.80$ bo`ladi va
odatiy bir dona mahsulotning xarajati 3.80/2 yoki 1.90 bo`ladi. Umumiy
xarajatning ishlab chiqarish hajmiga nisbati o`rtacha umumiy xarajat deyiladi.
Umumiy xarajat doimiy va o`zgaruvchi xarajatlar yig`indisi bo`lganligi uchun,
o`rtacha umumiy xarajat o`rtacha doimiy va o`rtacha o`zgaruvchi xarajatlar
yig`indisiga teng. Doimiy xarajatning mahsulot miqdoriga nisbati o`rtacha doimiy
xarajat deyiladi. O`zgaruvchi xarajatning mahsulot miqdoriga nisbati esa o`rtacha
o`zgaruvchi xarajatni ifodalaydi.
Umumiy
xarajat
Mahsulot
miqdori
Umumiy xarajat egri chizig`i
Bu yerda 2-jadval birinchi ustundan
ishlab
chiqarilgan
mahsulot
(gorizontal kesimda) va umumiy
xarajat (vertikal kesimda) ikkinchi
ustundan o`rin olgan. 2-chizmadan
ko`rinib turganidek, umumiy xarajat
egri chizig`i kamayib boruvchi chekli
mahsulot sababli mahsulot miqdori
tezroq o`sishni aks ettirgan.
RASM
159
Garchi o`rtacha umumiy xarajat odatiy birlik narxini ko`rsatsada, u ishlab
chiqarish darajasi ortganida umumiy xarajatning qanday o`zgarishini ko`rsatmaydi.
2-jadvalning oxirgi ustuni firma ishlab chiqarish hajmini bir birlikka oshirgandagi
umumiy xarajatning ortgan miqdorini ko`rsatadi. Bu miqdor chekli xarajat
deyiladi. Masalan, firma ishlab chiqarishni 2 donadan 3 donaga oshirsa, umumiy
xarajat 3.80$dan 4.50$ga ko`tariladi. Shunday qilib uchinchi mahsulotning chekli
xarajati 4.50$-3.80$ yoki 0.70$ hisoblanadi. Jadvalda chekli xarajat ikki chiziq
orasida tasvirlangan, chunki u ishlab chiqarish hajmining miqdori bir darajadan
boshqasiga almashganida umumiy xarajatdagi o`zgarishni ifodalaydi.
Bu quyidagi ta’riflarni matematik izohlashda yordam berishi mumkin.
O`rtacha umumiy xarajat=Umumiy xarajat/Miqdor
ATC=TC/Q
va
Chekli xarajat= Umumiy xarajatdagi o`zgarish/Miqdordagi o`zgarish
MC=∆TC/∆Q
Bu yerda ∆ belgisi, Grek harfi delta, o`zgaruvchidagi o`zgarishni ifodalaydi.
Bu tengliklar qanday qilib umumiy xarajatdan o`rtacha umumiy xarajat va chekli
xarajatning olinishini ko`rsatadi. Tadbirkor menejerlar bozorga qancha mahsulot
chiqarish borasida o`ylayotganlarida o`rtacha umumiy xarajat va chekli xarajat
tushunchalarini yodda saqlashi lozim.
10.3. Xarajat egri chiziqlari va ularning shakllari
Gorizontal kesim firmaning mahsulotlari miqdorini va vertikal kesim chekli
va o`rtacha xarajatlarni aks ettiradi. Grafik 4 egri chiziqdan iborat: o`rtacha
umumiy xarajat (ATC), o`rtacha o`zgarmas xarajat (AFC), o`rtacha o`zgaruvchan
xarajat (AVC) va chekli xarajat (MC).
Xarajat egri chiziqlari firma misolida aks ettirilgan va iqtisodiyotda ko`pchilik
firmalar uchun zarur bo`lgan asosiy xususiyatlarga ega. Keling ushbu uchta
jihatlarni tahlil qilamiz: chekli xarajat egri chizig`i shakli, o`rtacha umumiy xarajat
egri chizig`i shakli va chekli va o`rtacha umumiy xarajat o`rtasidagi bog`liqlik.
|