Biznes va tadbirkorlik


Zamonga mos bo`lmagan insonlar



Yüklə 14,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/51
tarix07.03.2020
ölçüsü14,48 Mb.
#30618
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51
2- Mikroiqtisodiyot Oquv Uslubiy Majmuasi 24.08.2018.2019


Zamonga mos bo`lmagan insonlar 

 

Bir  nechta  zerikarli  vazifalarni  masalan,  kirlaringizni  yuvayotganingizni, 



mashina yo`lidagi qorni kurashni yoki daromad solig’i anketasini to`ldirishni ko`z 

oldingizga keltiring. Quyidagi savollarni ko`rib chiqamiz. 

1.  Siz bu vazifani hozir bajarish uchun 50 daqiqa sarflashni (A) tanlaysizmi 

yoki vazifani ertaga bajarish uchun 60 daqiqa sarflashni (B) tanlaysizmi? 

2.  Siz  bu  vazifani  90  kunda  50  daqiqa  sarflab  bajarishni  (A)  tanlaysizmi 

yoki 91 kunda 60 daqiqa sarflab bajarishni (B) tanlaysizmi? 

Ko`pchilik insonlar bunday savollar berilganda, 1-savol uchun B javobni, 2-

savol uchun A javobni tanlashadi. 2-savoldagidek agar kelajakka nazar tashlasak, 

insonlar zerikarli vazifani bajarishga ketadigan vaqtni minimallashtiradi. Lekin 1-

savol  kabi  mashqni  zudlik  bilan  qilishga  to`g’ri  kelsa,  ular  buni  orqaga  surishni 

tanlashadi.  O`ylab  ko`rsak,  bu  harakat  ajablanarli  emas.  Har  kim  vaqtnni  orqaga 


131 

 

suradi.  Lekin  ratsional  inson  nazariyasidan  kelib  chiqsak,  quyidagi  jumboqni 



yuzaga keltiradi va oy’lantirib qo`yadi: masalan, 1-savolga bir inson 90 kun ichida 

50  minut  sarflashni  tanladi  desak,  keyin  90-kun  kelsa  va  unga  o`z  fikrini 

o`zgartirishga  imkon  bersak.  Natijada  u  1-savol  bilan  to`qnashadi  va  u  vazifani 

keying kunga qoldirishga qaror qiladi. Lekin nega vaqtning arzimagan o`zgarishi 

uning qarorlariga ta’sir qilyapti? 

Hayotining ko`p qismida odamlar o`zlari uchun rejalar tuzishadi lekin keyin 

unga  mos  ravishda  muvaffaqiyatsizlikka  uchrashadi.  Sigareta  chekuvchilar 

o`zlariga  chekishni  tashahni  va’da  berishadi  lekin  o`zlarining  oxirgi  sigaretasini 

chakayotgan  so`nggi  damlarda  u  yana  chakishni  xohlaydi  va  va’dasini  buzadi. 

Ortiqcha  vazndan  qutilmoqchi  bo`lgan  insonlar  boshqa  desert  yemaslikka  va’da 

berishadi lekin ofitsant desert arvachasini olib kelganida u va’dasi haqida unutadi. 

Ikkala  holatda  ham  bir  zumlik  rohat  bo`lgan  istak  oldingi  qarorlarni  unitishga 

sabab bo`ladi.  

Ba’zi  iqtisodchilar  iste’molni  tejashni  odamlarning  davr  bilan  hamnafas 

emasliklarini namoyon etishdagi yaqqol misol ekanligiga ishonishadi. Jamg’arish 

bu sigaretani yoki desertni tashlashga o`xshaydi va uzoq kelajak mukofoti uchun 

hozirda  qurbonlik  qilish.  Va  ko`pchilik  chukuvchilar    kabi    chekishni  tashlashni 

xohlashadi  va  ko`pchilik  ortiqcha  vazn  egalari  kamroq  ovqatlanishga  harakat 

qilishadi,  ko`pchilik  xaridorlar  foydasini  ko`proq  qismini  tejashga  harakat 

qilishadi.  Bir  tekshiruvga  ko`ra,  76%  amerikaliklar  nafaqa  uchun  yetarlicha  pul 

jamg’armaganini aytishgan. 

Sigareta  chekuvchi  sigaretani  uloqtirib  yuborish  orqali  chekishni  tashlashi 

mumkin  va  diyetadagi  inson  muzlatgichga  qulf  osib  qo`yishi  mumkin.  Judayam 

kam  tejaydigan inson  nima  qilishi  mumkin?  U pullarini  ishlatishdan  avval  ularni 

qulflashni  yo`lini  topishi  lozim.  Ba’zi  401(k)  kabi  pensiya  schotlarida  aynan 

shunday  qilinadi.  Ishchi  u  hali  ko`rmagan  to`lov  qog’ozidan  pul  olishlariga  rozi 

bo`lishi mumkin. Hisob raqamiga qo`yilgan mablag’dan nafaqaga chiqishdan avval 

faqatgina  jarima  to`lab  foydalanish  mumkin.  Balkim  bu  nafaqa  hisob  fondi 

mashhurligining  bir  sababidir.  Ular  odamlarni  ularning  ikkilamchi  ehtiyojlaridan 

himoya qiladi. 



Tayanch  so`z  va  iboralar:  Moral  hazard,  tahrirlash,  Agent,  siyosiy  iqtisodiyot, 

Prinsipal Condorcet  paradoksi,  Noqulay tanlov,  Arrovning  ilojsizligi nazariyasi,  

Xabar berish  o`rta saylovchilar nazariyasi,  Iqtisodiy moyillik 

 

 



IX BOB ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI

12

 

 

Reja

 

9.1 Ishlab chiqarish texnologiyasi. 

9.2.Izokvantlar 

9.3.Qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish 

                                                           

12

 

Pindayk R.,Rabinfeld D., Microeconomics. P.139-167 bet



 

132 

 

9.4.O`rtacha va chegarali mahsulot. 



9.5.Ishlab chiqarish omillari bir-birining o`rnini bosishi 

9.6 Ko`lam samarasi 

 

9.1 Ishlab chiqarish texnologiyasi. 

 

 

So`nggi uch bobda biz e’tiborimizni bozor talabi — iste’molchilarning afzal 

ko`rishlari va xatti-harakatiga qaratdik. 

Endi taklifga murojaat qilamiz va ishlab chiqaruvchilarning xatti-harakatini 

ko`rib chiqamiz. Biz firmalar qanday qilib ishlab chiqarishni samarali tashkil qila 

olishlarini  va  ishlab  chiqarish  omillarining  hamda  ishlab  chiqarilayotgan 

mahsulotning  qiymati  o`zgarishi  bilan  ishlab  chiqarish  sarflarining  o`zgarishini 

ko`ramiz.  Shuningdek,  firmalar  va  iste’molchilar  qo`llayotgan  optimal  echimlar 

o`rtasida  o`xshashlik  borligini  ko`ramiz,  iste’molchi  xatti-harakatini  o`rganish 

bizga ishlab chiqaruvchi xatti-harakatini tushunishda yordam beradi. 

Firmani  iqtisodiy  boshqarishda  ishlab  chiqarish  va  sarflar  nazariyasi 

markaziy  o`rin  egallaydi.  Ayrim  muammolar,  masalan,  «General  motors» 

kompaniyasi  muntazam  duch  keladigan  muammolar  bilan  tanishib  chiqamiz. 

Yig’uv liniyalarining texnikaviy ta’minlanganlik darajasi qanday bo`lishi va uning 

yangi avtomobil zavodlariga qancha miqdorda mehnat resurslari jalb etilishi kerak? 

Agar  kompaniya  ishlab  chiqarishni  ko`paytirmoqchi  bo`lsa,  ishchilarni  ko`proq 

yollashi  lozimmi  yoki  yangi  zavodlar  qurish  ham  zarurmi?  Nima  maqsadga 

muvofiq:  bitga  avtomobil  zavodi  turli  modellar  ishlab  chiqarganimi  yoki  har  bir 

model  alohida  zavodda  ishlab  chiqarilganimi?  «General  motors»  o`zining  ishlab 

chiqarish  sarflarini  kelgusi  yilda  qanday  rejalashtirmoqda  va  vaqti  kelganda  bu 

ishlab  chiqarish  sarflari  qanday  tarzda  o`zgaradi,  ularga  ishlab  chiqarish  hajmi 

qanday ta’sir ko`rsatadi? Bu savollar faqat sanoat firmalariga qo`llanib qolmasdan, 

balki  tovarlar  ishlab  chiqaruvchi,  xizmatlar  ko`rsatuvchi,  hukumatga  qarashli  va 

notijorat muassasalarga ham tegishlidir. 

Ushbu  bobda  biz  firmada  ishlab  chiqarish  texnologiyasini  o`rganib 

chiqamiz, bu jarayonda ishlab chiqarish omillari (mehnat va kapital kabilar) ning 

birgalikda  amal  qilishi  tayyor  mahsulot  (avtomobillar  va  televizorlar)  ishlab 

chiqarish  bilan  yakunlanadi.  Biz  buni  bir  nechta  bosqichda  amalga  oshiramiz. 

Birinchidan, ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqarish funktsiyasi shaklida 

tasavvur etamiz. Keyin, ishlab chiqarish funktsiyasidan foydalanib firmada ishlab 

chiqarish 

omillari 

o`zgarganda 

mahsulot 

ishlab 

chiqarish 



qanday 

o`zgarayotganligini ko`rsatamiz. 

Firma faoliyatining miqyosiga alohida e’tibor qaratamiz. 


133 

 

Firma  ishlab  chiqarish  hajmini  uning  ko`lami  oshgan  sari  ko`paytiruvchi 



texnologik afzalliklar mavjudmi? 

Shuningdek,  biz  ko`p  tarmoqli  firmalardagi  ishlab  chiqarishni  ham 

o`rganamiz. Masalan, ikki xil mahsulot ishlab chiqaruvchi firma rahbari xar ikkala 

mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmini  (maksimumlashtirish)  uchun  taqchil  ishlab 

chiqarish omillarini qanday joylashtirishini ko`rishimiz mumkin. 

Nihoyat,  biz  firmaning  ishlab  chiqarish  jarayoni  to`g’risidagi  empirik 

axborotni,  jumladan,  ishlab  chiqarish  miqyosining  o`sishi  natijasida  mahsulot 

tannarxining  pasayishi  to`g’risidagi  axborotni  qanday  olinishi  va  undan  qanday 

foydalanilishini ko`ramiz. 

Ishlab  chiqarish  firma  faoliyatining  asosiy  sohasidir.  Firmalar  ishlab 

chiqarish  omillarini  qo`llaydilar,  bular,  shuningdek,  jalb  etiladigan  (kiritiladigan) 

ishlab  chiqarish  omillari  deb  ataladi.  Masalan,  non  pishiruvchi  korxona  egasi 

kiritiladigan  ishlab  chiqarish  omillari  bo`lmish  —  ishchilar  mehnati,  un  va 

shakardan  iborat  xomashyo,  shuningdek,  pech,  xamirqorgich  va  boshqa  asbob-

uskunalarga  qo`yilgan  kapitaldan  non,  gumma  va  qandolat  mahsulotlari  ishlab 

chiqarishda foydalanadi. 

Ishlab chiqarish omillarini yirik toifalar — mehnat, materiallar va kapitalga 

ajratishimiz  mumkin,  bularning  har  biri  kichikroq  guruhlarni  o`z  ichiga  oladi. 

Masalan, mehnat ishlab chiqarish omili sifatida meqnat sig’imi ko`rsatkichi orqali 

ham malakali (duradgorlar, muhandislar), ham malakasiz mehnat (qishloq xo`jaligi 

ishchilari)ni, shuningdek firma rahbarlarining tadbirkorlik faoliyatini birlashtiradi. 

Po`lat,  plastik  ashyolar,  elektr  quvvati,  suv  va  boshqa  turli  ashyolar  borki, 

ular  firma  sotib  olib  tayyor  mahsulotlarga  aylantiradigan  materiallar  hisoblanadi. 

Binolar,  uskunalar  va  tovar-moddiy  buyumlar  kapitalga  taalluqlidir.  Kiritiladigan 

omillar, ishlab chiqarish jarayoni va pirovard mahsulot yaratish o`rtasidagi o`zaro 

munosabat ishlab chiqarish funktsiyasi orqali ifodalanadi. 

Ishlab  chiqarish  funktsiyasi  firma  ishlab  chiqarish  omillarining  har  biri 

alohqda  nisbatda  qo`llanganda  Q  mahsulotni  maksimal  ishlab  chiqarishini 

ko`rsatadi. 

Soddalashtirish  uchun  ikkita  kiritiluvchan  omil  —  mehnat  L  va  kapital  K 

mavjud deb faraz qilamiz. Bunda ishlab chiqarish funktsiyasini 

Q = F(L,K)  (9.1) 

tarzida yozishimiz mumkin. 

Tenglamadan  ko`rinadiki,  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmi  ikki  ishlab 

chiqarish  omilining  miqdoriga  bog’liq.  Masalan,  ishlab  chiqarish  funktsiyasi  bir 

yilda  kattaligi  ma’lum  bir  zavodning  mavjud  texnologiya  va  yig’uv  konveyerida 

band  bo`lgan  muayyan  miqdordagi  mehnat  resurslari  yordamida  ishlab  chiqari- 


134 

 

ladigan  shaxsiy  kompyuterlar  maksimal  sonini  aniqchash  imko-  nini  beradi. 



Fermer  u  yoki  bu  ob-havo  sharoitida,  mehnatning  fondlar  bilan  ta’minlanganlik 

darajasi va ishda band ish kuchi bilan oladigan maksimal hosil hajmini hosil ishlab 

chiqarish  funktsiyasi  yordamida  aniqpash  mumkin.  Demak,  ishlab  chiqarish 

funktsiyasi  muayyan  hajmda  mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  ishlab  chiqarish 

omillarining turli usullarda birlashtirishni ifodalaydi. 

Masalan,  vinoni  ko`p  mehnat  talab qiluvchi qo`lda tayyorlash usulida  yoki 

uzumni ezish uchun mashina, asbob-uskunalardan foydalanib ko`p kapital sarflash 

usuli  bilan  tayyorlash  mumkin.  Ta’kidlash  zarurki,  tenglamani  (9.1)  ma’lum 

texnologiyaga  (ya’ni,  mahsulot  ishlab  chiqarish  jarayonida  ishlab  chiqarish 

omillarini  o`zaro  bog’lanishning  turli  usullari  to`g’risidagi  muayyan  bilimga  ega 

bulgan  holat  uchun)  qo`llash  mumkin.  Chunki,  texnologiya  borgan  sari 

takomillashib bormoqda, firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini ishlab chiqarish 

omillarini qatiy belgilangan tarkibda ko`paytirishi mumkin. 

Ishlab chiqarish funktsiyasi nuqgai nazaridan «mahsulotni maksimal ishlab 

chiqarish»  iborasi  juda  muhim  hisoblanadi.  Ishlab  chiqarish  funktsiyalari 

serchiqimlik yoki samarasiz ishlab chiqarish jarayonlariga yo`l qo`ymaydi — ular 

firmalarning  iqtisodiy  samaradorligini  e’tiborda  tutadi,  ya’ni,  firmalar  ishlab 

chiqarish  omillarining  har  qanday  o`zaro  bog’lanishidan  maksimal  darajada 

samarali foydalanadilar. Ishlab chiqarish funkdiyalari ishlab chiqarish omillarining 

o`zaro ma’lum nisbatda bo`lishi mahsulotni maksimal ishlab chiqarilishiga erishish 

bilan  bog’liq  bo`lgani  uchun,  hech  qachon  mahsulot  ishlab  chiqarishni 

pasaytiruvchi kombinatsiyalar qo`llanilmaydi. 

Ishlab chiqarish har doim ham iqgisodiy samarali deb o`ylash hamma vaqt 

ham haqiqatga to`g’ri kelavermaydi, lekin shuni kutish mumkinki, maksimal foyda 

olish uchun intilgan firmalar hech qachon resurslarni behuda sarflamaydi. 

Ko`pgina savollarni ko`rib chiqishda biz firmalar bitga aniq mahsulot turini 

ishlab chiqaradi, degan farazga amal qilamiz. 

 

9.2.Izokvantlar 

Firma  ishlab  chiqarishning  ikkita  omili  —  mehnat  va  kapitalni  almashtira 

oladigan ishlab chiqarish texnologiyasini o`rganishdan boshlaymiz. Faraz qilaylik, 

oziq-ovqat mahsuloti (tayyor mahsulotlar) mehnat va kapitaldan foydalanib ishlab 

chiqariladi.  9.1-jadvalda  ishlab  chiqarish  omillarining  turlicha  o`zaro  birikishida 

mahsulotni maksimal ishlab chiqarish keltirilgan. 

9.1-jadvalda  ko`rsatilgan  har  bir  natija  mahsulot  ishlab  chiqarishning 

maksimal  hajmi  bo`lib,  uni  kapital  va  mehnatni  tegishli  nisbatga  qo`llash  tufayli 

ishlab  chiqarish  mumkin  (masalan,  kapital  2  birligi  va  mehnat  4  birligidan 

foydalanish 85 birlik oziq-ovqat mahsuloti beradi). 


135 

 

9.1-jadval 



Ishlab chiqarshp omillarini turlicha nisbatda qo`llagan chog’da mahsulot ishlab 

chiqarish natijasi 

Kapital 

qo`yilmalari 

(kapital sarfi) 

Mehnat sarfi (mehnat sig’imi) 







20 

40 


55 

65 


85 

40 



60 

75 


85 

90 


55 


75 

90 


100 

105 


65 


85 

100 


110 

115 


75 


90 

105 


115 

120 


Jadvaldagi har bir qatorga nazar tashlasak, kapital sarfi o`zgarmagan holda 

mehnat sarflari ko`ttaygan sari ishlab chiqarishning umumiy hajmi o`sib borishini 

ko`ramiz.  Har  bir  ustunni  yuqoridan  pastga  tomon  kuzatsak  mehnat  sarfi 

o`zgarmagan  holda  kapital  sarfi  ko`paygani  sari  mahsulot  ishlab  chiqarish  o`sib 

borishini ko`ramiz. 

9.1-jadvaldagi  ma’lumot  izokvantlardan  foydalanib,  chizma  shaklida  qam 

berilishi  mumkin.  Izokvant  egri  chiziqdan  iborat  bo`lib,  unda  joylashgan  ishlab 

chiqarish omillarining barcha nisbatlarda qo`llanishi ulardan foydalanishda bir hil 

hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi. 9.1-rasmda uchta ishlab chiqarish 

izokvanti  aks  ettirilgan  (Chizma  o`qlarida  muayyan  muddatda  qo`llangan  ishlab 

chiqarish omillari joylashgan). 

 

9.1-rasm. Ikkita ishlab chiqarish omili ma’lum vaqg mobaynida o`zgarganda 



mahsulot ishlab chiqarish chizmasi. 

Izokvantlar  9.1-jadval  ma’lumotlariga  mos  keladi,  biroq  mayda 

ko`rsatkichlardan foydalanishga imkon berish uchun bir tekis egri chiziq shaklida 

chizilgan.  Masalan,  Q,  izokvantida  ishlab  chiqarish  omillarining  barcha  o`zaro 

nisbati  berilgan,  ulardan  foydalanish  55  birlik  mahsulotni  beradi.  Nuqtalardan 

ikkitasi,  A  va  D,  9.1-jadvalga  muvofiq belgilangan,  biroq egri  chiziqning  qolgan 

qismlari izokvantning oddiy ko`rinishida berilgan. A nuqtada bir mehnat birligi va 


136 

 

uch  kapital  birligi 55  birlik  mahsulot  olishni  ta’minlaydi;  ayni  vaqtda  D  nuqtada 



shu  hajmda  mahsulot  chiqarishga  uch  mehnat  birligi  va  bir  kapital  birligining 

o`zaro nisbati bilan erishiladi. Q

2

 izokvantda 75 birlik mahsulot ishlab chiqarishni 



ta’minlovchi  ishlab  chiqarish  omillarining  barcha  o`zaro  nisbati  joylashgan, 

bulardan  to`rtga  nuqga  9.1-jadvalda  chizib  ko`rsatilgan  mehnat  bilan  kapitalning 

o`zaro nisbatiga muvofiq joylashgan. Q

3

 izokvant Q-dan yuqori va o`ng tomonda 



yotibdi,  chunki  unda  ikkala  ishlab  chiqarish  omillarining  shunday  o`zaro  nisbati 

berilganki, ularda Q, da ishlab chiqariladigan mahsulot hajmidan ko`proq mahsulot 

ishlab chiqariladi. 

Izokvantlar farqsizlik egri chizig’iga o`xshash, biz ulardan iste’mol tanlovi 

nazariyasini  o`rganishda  foydalanganmiz.  Farqsizlik  egri  chizig’i  iste’molni 

qondirish  darajasining  pastdan  yuqoriga  borishini  ifodalaydi,  izokvantlar  esa 

mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmini  ko`rsatadi.  Biroq,  farqsizlik  egri  chizig’idan 

farqli o`laroq har bir izokvant mahsulot ishlab chiqarishning ma’lum darajasi bilan 

bog’liq.  Ayni  vaqtda,  farqsizlik  egri  chizig’iga  mos  keluvchi  «raqamlar»  ifodasi 

faqat  tartib  shaklida  e’tiborga  sazovor,  ya’ni  yuqoriroq  darajadagi  naflilik 

«yuqoriroq»  farqsizlik  egri  chizig’i  bilan  bog’liq.  Biroq  biz  izokvant  vositasida 

mahsulot ishlab chiqarishning alohida darajasini anikdash usuli bilan naflilikning 

alohida darajasini o`lchay olmaymiz. 

Izokvantlar  kartasi  alohida  izokvantlar  yig’indisidan  iborat  bo`lib,  ularning 

har  biri,  omillarning  muayyan  nisbatida  erishiladigan  maksimal  mahsulot  ishlab 

chiqarishni  ko`rsatadi.  Izokvantlar  kartasi  ishlab  chiqarish  funktsiyasini  ifoda 

etishning muqobil usuli bo`lib, xuddi farqsizlik egri chiziqlari kartasi kabi naflilik 

funktsiyalarini ifoda etuvchi uslublardan biri hisoblanadi. Izokvantlarning cheksiz 

miqtso-  ri  izokvantlar  kartasini  tashkil  etadi.  Har  bir  izokvant  turli  hajmda 

mahsulot ishlab  chiqarish bilan  tasvirlanadi va  bu hajmlar  chizmada  yuqoriga  va 

o`ngga siljish bilan ortib boradi. 

Izokvantlar  firmalarning  ishlab  chiqarish  bo`yicha  echimlarining  qanchalik 

moslashuvchan  ekanligini  ko`rsatadi.  Ko`p  hollarda,  firmalar  ishlab  chiqarish 

omillarining  turlicha  nisbatidan  foydalanib,  ma’lum  miqdorda  mahsulot  ishlab 

chiqarishga  erishishlari  mumkin.  Firma  rahbari  bunday  moslashuvchanlikning 

tabiatini  tushunishi  zarur.  Bu  rahbarga  ishlab  chiqarish  omillarining  shunday 

o`zaro  nisbatini  tanlab  olish  imkonini  beradiki,  ular  ishlab  chiqarish  xarajatlarini 

minimumlashtiradi va foydani maksimumlashtiradi. 

 

 

9.3.Qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish 

 

Ishlab  chiqarish  va  uning  xarajatlari  to`g’risida  gapirganda,  ular  qisqa 

muddatda  va  uzoq  vaqtda  amal  qilishining  farqiga  borish  muhimdir.  Qisqa 

muddatli  deb  ishlab  chiqarish  omillarining  hech  bo`lmaganda  birontasini  ham 



137 

 

o`zgartirib  bo`lmaydigan  vaqtga  aytiladi  Shu  vaqt  davomida  o`zgara  olmaydigan 



omillarni doimiy ishlab chiqarish omillari deyiladi. Masalan, firmaning kapitalidan 

foydalanish yo`nalishini o`zgartirish uchun odatda uzoq vaqt talab qilinadi. Yangi 

zavod  loyihalashtirilishi  va  qurilishi,  stanoklar  va  boshqa  asbob-uskunalar 

buyurtirilishi  va  joylashtirilishi  kerak,  buning  uchun  bir  yil  va  undan  ortiq  vaqg 

ketadi. Uzoq muddatli davr deb barcha omillarga o`zgartirish kiritish uchun etarli 

bo`lgan  vaqt  mobayniga  aytiladi.  Bunday  omillar  o`zgarib  turadigan  omillar 

deyiladi. Qisqa muddatli vaqt davomida firmalar ma’lum bir zavoddan va asbob-

uskunalardan  foydalanish  intensivligini  o`zgartirishi  mumkin.  Uzoq  muddat 

davomida  esa  ular  zavodning  quvvatini  ham  o`zgartirishi  mumkin.  Barcha  jalb 

etilgan  ishlab  chiqarish  omillarining  qisqa  muddatli  davrdagi  holati  firmalarning 

uzoq  vaqtga  mo`ljallangan  echimlari  bilan  bog’liq  bo`lib,  bu  echimlar  ma’lum 

tovarlarni  sotishdan  tushadigan  foydaning  hisob-kitobiga  asoslangan.  Har  bir 

alohida holatda qisqa muddatdagi va uzoq muddatdagi omillar harakatini farqlash 

zarur. Masalan, idishdan quyib sotiladigan bolalar limonadi uchun uzoq muddatli 

vaqt bir yoki ikki kunni, neftkimyo yoki avtomobil qurilishi firmalari uchun esa 10 

yilni tashkil etadi. 

Rasm qisqa va uzoq muddatda omillar harakati o`rtasidagi farqni o`rganish 

imkonini  beradi.  Faraz  qilaylik,  (A  nuqtada)  firma  bir  dona  (birlik)  mehnat 

resurslari va 3 birlik kapitaldan foydalanib 55 birlik (dona) oziq-ovqat mahsulotini 

ishlab  chiqarmoqda,  biroq  u  mahsulot  ishlab  chiqarishni  90taga  etkazmoqchi. 

Mehnat sarflari 30 dollar/soatni, kapital sarfi atigi 10 dollarni tashkil etgani uchun 

55  dona  mahsulot  ishlab  chiqarishning,  umumiy  qisqa  muddatli  xarajatlari  60 

dollarga teng. 

Uzoq  muddatli  davrda  kapital  ham,  mehnat  ham  o`zgarib  turadigan  ishlab 

chiqarish  omillari  bo`lgani  uchun,  masalan,  E  nuqgada  mahsulotni  qo`shimcha 

ishlab chiqarish xarajatlari 110 dollarni tashkil etishi mumkin. Bu, bir dona mehnat 

resursi va ikki dona kapitaldan qo`shimcha foydalanish bilan bog’liq. Biroq, qisqa 

mudtsatli davr davomida biz ikkala omilni bir vaqgda qo`llay olmaymiz. Demak, 

90  dona  mahsulot  ishlab  chiqarishning  birdan-bir  usuli  A  nuqtadan  S  nuqtaga 

siljigan  holda  mehnat  omilini,  ya’ni,  mehnat  sig’imini  1dan  Zgacha 

ko`paytirishdir.  Afsuski,  90  dona  mahsulot  ishlab  chiqarishning  qisqa  muddatli 

xarajatlari  120  dollarni  tashkil  etadi,  bu  uzoq  muddatli  xarajatlarga  (E  nuqga) 

qaraganda 10 dollar ortiq. 

Firmalar doimo qisqa muddatli ishlab chiqarishga doir qarorga keladilar va 

ayni vaqgda uzoq muddatli davrda omillarni o`zgartirishni rejalashtiradilar. Qisqa 

muddatli  davrda  mahsulot  ishlab  chiqarishni  55dan  90  donagacha  ko`paytirish 

firmaga  soatiga  60  dollarga  tushadi.  Biroq,  uzoq  mudtsatli  davrda  agar  ishlab 

chiqarish jarayonitsa ikki dona (birlik) kapital qo`shimcha ravishda foydalanilsa bu 

sarflar 50 doll. soatga pasayishi mumkin. 

Shunday  qilib,  bizning  firmamiz  qo`shimcha  kapitalga  buyurtma  beradi, 

biroq  ayni  vaqtda  uch  mehnat  birligvdan  foydalanib  90  dona  mahsulot  ishlab 


138 

 

chiqaradi.  Qo`shimcha  kapital  kelib  qo`shilgan  vaqgda  firma  o`zi  kiritadigan 



mehnat omilini kamaytirishi va foydani ko`paytirishi mumkin. 

Bitta o`zgaruvchan ishlab chiqarish omili sharoitida ishlab chiqarish 

Kapital  katiy  belgilangan  ishlab  chiqarish  omili  bo`lib,  mehnat  esa 

o`zgaruvchan  hisoblanuvchi  holatni  ko`rib  chiqamiz.  Bu  holda  firma  ishlab 

chiqarishni  asosan  mehnat  resurslaridan  foydalanish  hisobiga  ko`paytiradi. 

Tasavvur  qiling,  masalan,  Siz  kiyim  ishlab  chiqaruvchi  fabrikani  boshqaryapsiz. 

Ixtiyoringizda  doimiy  (o`zgarmas)  miqdorda  asbob-uskuna  mavjud,  ammo  Siz 

asbob-uskunani foydalanish va kiyim tikish uchun oz yoki ko`p ishchi yollashingiz  

mumkin.  Siz  qancha  kishi  yollash  va  qancha  kiyim  ishlab  chiqarishni  hal 

qilishingiz  kerak.  Bir  qarorga  kelish  uchun  ishlab  chiqariladigan  mahsulot  Q 

miqdori  foydalaniladigan  mehnat  resurslari  L  o`sgan  sari  qanday  ko`payishini 

(agar umuman ko`paysa) bilish zarur. 

Jadvalda mehnat sarfi turlicha va kapital sarfi doimiy bo`lgan sharoitda 10 

birlikka  teng  ishlab  chiqarish  hajmi  keltirilgan  (birinchi  ustun  —  mehnat  sarfi, 

ikkinchisi  —  kapitalning  o`zgarmas  miqdori  va  uchinchisi  —  ishlab  chiqarish 

hajmi). Mehnat sarfi nulga teng bo`lganda, ishlab chiqarish hajmi ham nul bo`ladi. 

Mehnat sarfi sakkiz birlikkacha oshganda ishlab chiqarish hajmi o`sib boradi. Bu 

nuqtadan yuqorida ishlab chiqarish hajmi kamayadi. Bungacha har bir qo`shimcha 

mehnat  sarfi  asbob-uskunalarning  mehnat  unumdorligini  oshirgan,  biroq 

ko`rsatilgan bu nuqtadan keyin qo`shimcha mehnat sarflari to`la bo`lmay qoladi va 

samaraga qarshi bo`lib qolishi mumkin (yig’ish liniyasidan ikki kishiga qaraganda 

besh  kishi  yaxshi  foydalanishi  mumkin,  biroq  o`n  kishi  bir-biriga  xalaqit  berib 

ishlaydi). 

Bitta o`zgarib turuvchi omil qo`llangandagi ishlab chiqarish natijalari 

Mehnat sarfi 

(L) 

Kapital sarfi 



(K) 

Ishlab chiqarish 

hajmi (Q) 

O`rtacha 

mahsulot (Q 

/L) 


Chegarali 

mahsulot (DQ 

/DL) 



10 



— 

— 



10 


10 

10 


10 

10 



30 

15 


20 

10 



60 

20 


30 

10 



80 

20 


20 

10 



95 

19 


15 

10 



108 

18 


13 

10 



112 

16 


10 



112 

14 


10 



108 

12 


-4 

139 

 

10 



10 

100 


10 

-8 


Yüklə 14,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin