Biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning davlat va nodavlat shakllari


O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmi



Yüklə 330,54 Kb.
səhifə4/13
tarix20.07.2023
ölçüsü330,54 Kb.
#136901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning davlat va nodavl-fayllar.org

2.O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmi
O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash va tartibga solish jahon amaliyotidan kelib chiqib va respublikamizga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Respub­li­kamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi davlat tomonidan bevosita, bilvosita va tashqi iqtisodiy dastaklar asosida tartibga solinadi. Bunda bevosita ta’sir qilish usullariga qonun va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilish asosida ularning faoliyat yuritishi qoidalarini yaratish kiradi.

Davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni bilvosita ta’sir qilish usullariga iqtisodiy dastaklar hamda davlat imtiyozlari orqali ta’sir ko’rsatish kiradi. Iqtisodiy vosita, dastaklar orqali tartibga solish o’z ichiga soliq tizimi , dav­lat byudjeti, pul-kredit tizimlari hamda narx orqali tar­tibga solishni oladi. Davlat imtiyozlariga qisman yoki to’liq soliq­dan ozod qilish, subsiyadiyalar berish, kredit va bojxona im­tiyozlari va boshqa imtiyozlar kiradi. Tashqi iqtisodiy usul­lar­ga tadbirkorlarga qo’shma korxonalar tuzish, o’z mahsulot­larini eksport qilishga ko’maklashish va boshqalar kiradi.


Davlatning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini tartibga solish va qo’llab-quvvatlashdan ko’z­lagan maqsadi iqtisodiyotning mutanosib, barqaror rivoj­la­ni­shini, aholining ish bilan bandligini ta’minlash asosida turmush darajasi va sifatini oshirishga yo’naltirilgandir. Davlatning bu boradagi asosiy vazifalari quyidagi rasmda ko’rsatilgan (2.2.1-rasm).
Davlat tomonidan sog’lom raqobat muhitining, tadbir­kor­lik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini va keng erkinliklar yaratilishi, tadbirkorlar faoliya­ti­ga davlat boshqaruvi va nazorat organlarining ortiqcha, noo’rin aralashuvini qisqartirish, ortiqcha ma’muriy-byuro­kra­tik to’siqlarning bartaraf etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

2.2.1-rasm. Davlatning biznes va tadbirkorlikni tartibga solish va qo’llab-quvvatlashdagi vazifalari (roli).
O’zbekistonda davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash tizimi yaratilgan bo’lib, u o’z ichiga quyidagilarni oladi:
  • KBXT sub’ektlarini ro’yxatga olish va tugatish tizimi;


  • Soliq imtiyozlari tizimi;


  • Imtiyozli kreditlash tizimi;


  • Bojxona imtiyozlari;


  • Davlat xarid tizimi;


  • Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi;


  • KBXT faoliyati zrkinliklari va kafolatlarini xuquqiy himoyalash tizimi;


  • Sug’urtalash tizim;


  • Xorijiy investisiya jalb etish tizimi;


  • Axborot bilan ta’minlash, konsultativ-huquqiy ko’mak berish tizimi;


  • Moddiy - texnika, xom-ashyo va xizmatlar ta’minoti tizimi;


  • Tashqi iqtisodiy faoliyatni rag’batlantirish tizimi.


Davlat boshqaruvi organlarining tadbirkorlik faoliya­tini qo’llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari qonunchilikda belgilangan. Davlat boshqaruvi organlari tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash maqsadida o’z vakolatlari doirasida:


a) tad­bir­korlikni rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
b) tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirilishi ustidan moni­toringni amalga oshiradi, mavjud muammolarni o’rganadi hamda tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkam­lashga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
v) tadbirkorlik faoliyati sub’ekt­larining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;
g) tadbirkorlik faoliyati sub’ekt­lariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot resurslaridan foydalanishda ko’maklashadi;
d) tadbirkorlik faoliyati sub’ekt­lariga o’z tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) tashqi va ichki bozorlarda realizasiya qilishda, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoniga faol jalb etish hamda ularning mahsulotini o’tkazish bo’yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tashkil etish yo’li bilan ko’maklashadi;
e) tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari o’rtasida axborot va tushuntirish ishlarini, konsalting, lizing, sug’urta va boshqa xizmatlar tizimi rivojlantirilishini tashkil etadi;
yo) kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda tadbirkorlik faoliyati sub’ekt­lariga ko’maklashadi.
Davlat boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Yüklə 330,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin