Xo’sh, venchur tushunchasining o’zi nima va bu yo’nalishda sug’urta xizmatlari zarurmi?
“Faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” Davlat dasturining 135-bandida tadbirkorlik va innovasion sohadagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish uchun venchur fondlar, venchur kompaniyalar va innovasion korxonalar faoliyatini tartibga solish bilan bir qatorda venchur loyihalarni sug’urtalash bo’yicha normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish belgilangan.
Bu venchur loyihalarga sug’urta himoyasini taqdim etish uchun sug’urta kompaniyalaridan sohaning zamonaviy tendensiyalari asosida yangi xizmatlarni ishlab chiqish va innovasion echimlarni talab etadi.
Xo’sh, venchur tushunchasining o’zi nima va bu yo’nalishda sug’urta xizmatlari zarurmi?
Xalqaro tajribada venchurli biznesda dastlabki bosqichlardanoq yuqori tavakkalchilik xatari mavjud bo’lib, investisiyalashtirilgan jarayonlarning yakuniy natijalari amalga oshirilgandan keyin ijobiy samaraga erishilmasa moliyalashtirilgan mablag’dan ajralib qolish mumkin. Biznesning bu turiga ilm-fan sohasidagi ilmiy-tadqiqot natijalarini moliyalashtirish ko’proq mos keladi.
Venchur fondini yangi ishlanmalarga mablag’ kiritishga tayyor turgan yagona investor deb aytish mumkin. Bunday ko’rinishdagi kredit mablag’lariga ehtiyoj asosan endi ish boshlayotgan tadbirkor, olim, tadqiqotchi, injener va kashfiyotchilarda yuzaga kelib, ular o’ziga xos, antiqa g’oyalarni va istiqbolli ishlanmalarni mustaqil ravishda amalga oshirishni maqsad qilib qo’yishadi.
YAkuni noaniq bo’lgan, loyiha uchun tijorat banklarining kredit va qarz mablag’larini olish albatta, qiyin. Mana shunday bir holatda tadbirkorga yordamchi va homiy sifatida venchurli biznes investorlari kirib kelishadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan, investorlarning asosiy maqsadi tadbirkorga yordam berish emas, balki yuqori foyda olish bo’lib hisoblanadi. Ammo, ixtiro o’zini oqlamagan holatlar ham kuzatiladi.
Ana shu jarayonda bu loyihalarning qaysidir qismlarini yoki to’laligicha sug’urta himoyasiga olinishi ixtirochi olimlar va tadbirkorlar himoyasini ta’minlashda muhim qadamdir.
66666666666666666666666666666
Dostları ilə paylaş: |