Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o’z vakolatlari doirasida:
a) tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
b) tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini himoya qilishning qo’shimcha kafolatlari va choralarini belgilaydi;
v) qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy soliqlar bo’yicha imtiyozlar belgilaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan rag’batlantirilishi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan rag’batlantirish:
a) tadbirkorlik sohasiga investisiyalarni (shu jumladan, chet el investisiyalarini), zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish, shuningdek, bozor infratuzilmasi institutlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
b) eksport-import operasiyalari, xalqaro ko’rgazmalar va yarmarkalarda, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlarini ko’rish;
v) tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini ularning samarali faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnik va boshqa axborot bilan ta’minlash;
g) soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va tariflar bo’yicha imtiyozlar hamda preferensiyalar belgilash orqali amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan rag’batlantirish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa yo’llar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Kichik biznesni rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab - quvvatlash.
Kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash shakllari va usullari Jahon tajribasi kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan doimiy ravishda qo’llab-quvvatlash zarurligini ko’rsatmoqda.
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va qo’llab-quvvatlash zaruriyati davlatning oldiga bir qator vazifalarni qo’yadi: