Strategik rejalashtirish — bu raqobatbardoshlik afzalliklarini moliyalashtirish va rivojlantirish, unga erishish va saqlab qolishga olib keluvchi ichki va tashqi omillami tadbiq qilish, korxona strategik holatini tahlili jarayonidir. Strategiyaning nafaqat koiporatsiya raqobatbardoshligi jihatlarini rivojlantirishga yo£nalgan bo£lishi, balki uni kapitalizatsiyasiga ham yo‘nalishi lozimligini ko‘pgina strategik boshqaruv muammolari bilan shug‘ullanuvchi professional mualliflar ham ta’kidlashadi. Shu jumladan Fred R. Devid shunday deb yozadi: «Tanlanayotgan strategiya qulay tashqi mu- hitdagi afzalliklarni ola bilishi va tashqi xatarlardan ishonchli himoya qilishi, korxonaning kuchli taraflarini samarali ravishda kapitalizatsiyalashi va uning yordamida zaif jihatlami bartaraf eta olishi kerak. Ammo, tegishli tahlil o‘tkazishda foydalanish mumkin bo‘lgan analitik qurol, hali hamon jiddiy rivojlanishga muhtoj»2.
Strategik tashkillashtirish— korporatsiyani tanlagan strate- giyasini nisbatan to‘liq va samarali bajarilishini taminlashni tashkil etishga moslashuv jarayonidir. Aslida bu moslashishlar qabul qilingan strategiyadan kelib chiqadigan korxonaning maqsad va vazifalari tizimini ishlab chiqish, uning o‘zgarishi va resurslarini. O‘rini bosishdan iborat. Strategik tashkillashtirish ko‘pineha butun strategik boshqaruv jarayonming eng qiyin bo‘g‘ini hi- soblanadi, chunki bu har bir kishidan o‘ziga talabchanlikni taqozo qiladi. Buni samarali amalga oshirish menejerdan ish- chilami to‘qri rag‘batlantirishni talab qiladi, bu esa san’at hisoblanadi.
Strategik nazorat va tartibgasolish — korporatsiya erishgan holatining tahlili va baholash jarayoni bo‘lib, pirovardida strategik maqsadlarga to‘liqroq erishishni tashkil etishdan iborat.
Bizni o‘rab turgan muhit juda ko‘p elementlarning o‘zaro munosabatidan yuzaga keladigan turli voqea-hodisalardan iborat murakkab tizim. Biron bir voqeaga munosabat bildirishda, hech qachon ishonch bilan maqsad sari erishilgan barcha yutuqlami bu voqea yo‘qqa chiqara olmaydi, deb aytib bo‘lmaydi. Ammo voqea-hodisalarga munosabat bildirmay turib, o‘z maqsadimizga erishishga umid qilmasa ham bo'ladi. Shuning uchun ijobiy yutuqqa erishish imkoniyatini oshirish uchun voqealarga va u bilan aloqa tizimiga aktiv ta’sir etish, bir so‘z bilan aytganda, boshqaruv zarurdir.
Tashkilotning o‘z atrofidagii munosabat xarakteriga ko‘ra boshqaruvning uch modeli (yoki turi) ko‘rsatiladi: ma’muriy situatsion va strategik. Agar bu boshqaruv turlarining mazmunini izohlasak, u holda ma’muriy va direktiv, situatsion va reaktiv, strategik va proaktiv boshqamvlar orasiga tenglik ishorasini qo‘yish lozim bo‘ladi.
Aslida ma’muriy boshqaruvning administrativ model falsafasi kabi qaror qabul qiluvchi va ijro etuvchi oiganlar mavjudligini taqozo qiladi. Javobgarlik esa qaror qabul qiluvchi oigan zimmasiga tushadi. Ijro organlari esa ma’lum ko‘rsatmalar olmaguncha hech qanday haxakatni amalga oshirmaydi. Shuning uchun, korxonaniug ijro organi va uni o‘rab turgan olam o‘rtasida ma’muriy tizim to‘sig‘i mavjud.
Voqea-hodisalar o‘zgarishiga munosabat bildirish situatsion boshqaruv falsafasi kabi, tijorat-ishlab chiqarishning samarali faoliyati trayektoriyasini bashorat qiluvchi tashkilotning normativ faoliyatini talab qiladi.
Strategik boshqaruvning asosiy mazmuni, tashqi muhit o‘zgarishlariga tashkiliy ketma-ketlik asosida korxonani moslashuvi fikri, har qanday boshqaruv masalalarini ha] qilish va to‘liq bosh- qaruv tizimini tashkil etishdan iborat. Lekin, tashqi muhit o‘zga- rishlariga moslashish va shu bilan birga qo'yilgan maqsadlarga erishish tezligini saqlab qolish uchun, tashkilot o'z strategiyasiga ega bo‘lishi lozim. Strategiyaga yagona ta’rif berish juda mushkul, chunki strategiya shu qadar ko‘p qirraliki, unga salgina boshqa nuqtadan qaralsa ham, uning mazmuni butunlay o‘zgarib ketadi.
Strategiya — bu yakuniy natijaga erishish vositasi.
Strategiya tashkilotning barcha qismlarini yagona bir bu- tunlikka birlashtiradi.
Strategiya tashkilotning barcha asosiy jihatlarini qamrab oladi.
Strategiya — bu tashkilotning uzoq muddatli rejasidir.
Strategiya tashkilot rejasining barcha qismlari moslashuvini ta’minlaydi.
Strategiya — bu tashkilotning kuchli va zaif tomonlarining tahlili, shuningdek rivojlanish imkoniyatlari va to‘siqlarni aniqlash natijasidir.
Strategiya — bu tashkilotning tashqi muhit o‘zgarishlariga awaldan rejalashtirilgan munosabatidir.
Strategiya tashkilot faoliyatining asosiy savollariga javob bera oladi:
Bizning biznesimiz ertaga qanday bo‘lishi lozim?
Bugungi kunda biznesimiz nimadan iborat?
Bizning mahsulotlarimiz, funksiyamiz, bozorimiz qanday?
Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun nimalar qilishimiz lozim?
Strategiya — bu tashkilotning kuchli va zaif tomonlarining tahlili, shuningdek, rivojlanish imkoniyatlari va to‘siqlarni aniqlash natijasidir.
Strategiya bu tashkilotning tashqi muhit o‘zgarishlariga awaldan rejalashtirilgan munosabatidir.
Ma’lumki, strategiya qadimiy so‘z bo‘lib, yunoncha «strategia» so‘zidan olingan va sarkardalik ilmi yoki san ’ati ma’nosini ifodalaydi. Qadimgi Yunonistonda harbiy sarkardalar katta
ahamiyatga ega bo‘lganlar. Tarixdan bilamiz, nisbatan qobiliyatll va omadli sarkardalar armiyasining to‘g‘ri saflanishiga va, shu- ningdek, qachon jangga kirish kerakligi haqidagi qarorlami qabul qilishlari, qachon xalq, siyosatchilar, diplomatlar bilan muzokaraga kirishishga katta ahamiyat berishgan.
Hozirda strategiya tushunchasining zamonaviy ta’rif! qadimiy ma’nosiga yaqin kelsada, alohida jihatlari tahlil qilinganda, ular orasida tafovut aniqlanadi.
Masalan, Kvin fikriga ko‘ra strategiya quyidagicha bo‘lishi lozim:
ishning pirovard natijasiga erishish uchun aniq maqsadlami ifoda etish;
tashabbusni qo‘llab quwatlash;
kerakli vaqtda va kerakli joyda asosiy kuchni yo‘naltira olish;
Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak, korxonaning strategiyasi —
iste’molchilarning talablari va ehtiyojlarini qondirishga va koixo- nadagi maqsadlarga yetishishga qaratilgan raqobat usullari hamda biznesni tashkil etish kombinatsiyasidir2.
Mintsberg strategiya tushunchasini 5 ta «Р» deb atalmish kombinatsiyasi orqali izohlaydi:
strategiya — reja (plan) bo‘yicha faoliyat;
strategiya — chalg‘itish manevri, to‘siq (ploy), ya’ni o‘z raqo- batchilarini chalg‘itishga yo‘naltirilgan faoliyat;
strategiya — andoza (pattern), o'mak bo‘ladigan faoliyat;
strategiya - atrof-muhitdagi holat (position), ya’ni atrof bilan aloqa;
strategiya — istiqbol (перспектив), ya’ni intilish lozim bo'lgan holatni ko‘ra olish.
Strategiya tushunchasi rna’lum sabablarga ko‘ra strategik boshqaruv nazariyasida markaziy hisoblanadi, lekin shu bilan birga yagona tushuncha ham emas. Hozirgi zamon sharoitida u qator tushunchalami ifodalaydiki, ularni chetlab o‘tish mumkin emas. Bu tushunchalardan asosiylari quyidagilar: