IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlarni tashkil etishning shakli va mazmuni “Marketing” fanini o‘rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va modernizatsiyalashgan jamiyatdagi zaif gurux va qatlamlar muammolarini echishda ko‘nikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida, mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referatlar, esse, prezentatsiyalar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, amaliy mashg‘ulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, ko‘rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning hususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanishga tavsiya etiladi.
darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;