Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə39/72
tarix04.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#107593
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72
7594e94b91ae8c3cace8255bdbf6911d Biznes Boshqaruviga kirish

^ Ikkinchi bosqich bu biznes-rejani yakuniy ishlab chiqish va uni korxonaning rasmiy hujjati sifatida tasdiqlashdir. Aynan shu sifatda biznes-reja huquqiy kuchga ega bo’lib, turli idora va muassasalarga, xususan, banklardan moliyaviy resurslar olish uchun taqdim etilishi mumkin. Agar uni ishlab chiqish o’z navbatida korxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy (moliyaviy) strategiyasini ishlab chiqishga imkon beruvchi marketing tadqiqotlari va bozor tahliliga asoslansa to’g’ri bo’lur edi.

Ayrim mutaxassislar bitta biznes-rejaning ikki xil ko’rinishga ega bo’lishini – hamkorlar, investorlar, aktsiyadorlarga taqdim etiluvchi rasmiy biznes-reja va korxona rahbariyati va uning komandasi uchun tuzilgan ishchi biznes-rejani tavsiya qiladilar.

Ishchi biznes-reja xuddi rasmiy biznes-reja kabi tartibda va xuddi shu bo’lim va nomlardan iborat bo’lib, tavsiya qiluvchilarning fikricha, quyidagi vazifalarni bajarishga xizmat qilishi lozim:

  1. Rasmiy biznes-rejaning muhimligini tushunish.


  2. Yangi tadbirkorlik ishini boshlashdan ancha avval bajariluvchi hatti-harakatlar dasturini aniqlash.


  3. Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar variantlarini detalli ko’rib chiqish.


  4. Ichki va tashqi tavakkalchiliklarni baholash.


  5. Bozor muhitidagi doimiy o’zgarishlarni hisobga olgan holda ish holati nazoratini amalga oshirish.


Bugungi kunda korxonalar turli xil hisobot, reja, statistika, normativ va boshqa materiallardan foydalanadilar. Agar «bitta hujjat kam, bitta hujjat ko’p» tamoyiliga rioya qilinadigan bo’lsa berilayotgan tavsiya e’tiroz uyg’otmasligi mumkin. Biroq ma’lumki, gap sonda emas, balki biznes-rejalarning amalga oshishi, ularning real voqelikka mos kelishidadir. Korxona ikkita (rasmiy va ishchi) biznes-rejaga ega bo’lsada, biroq muvaffaqiyatga erishmasligi ham mumkin. Bitta, lekin korxona faoliyatining kuchli va zaif tomonlarini hisobga oluvchi, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan eng samarali foydalanish va kutilayotgan miqdorda foyda (daromad) olishga yo’naltirilgan real biznes-reja ko’proq muvaffqaiyatga erishishi mumkin.

Har qanday istiqbolli hujjat kabi, biznes-reja ham iste’mol bozorida va umuman iqtisodiyotda ro’y berayotgan o’zgarishlarni hisobga olgan holda vaziyatga ko’ra qayta ko’rib chiqilishi, zarur hollarda o’zgartirishlar kiritilishi mumkin. Eng asosiysi u korxonaning bozordagi ulushini saqlab qolishga ko’maklashishi, kelgusida ishlab chiqarish va sotish biznes-rejaning asosiy qismidan o’rin egallovchi mahsulotning hayotiylik davrini uzaytirishga xizmat qilishi lozim. Biznes-rejani ishlab chiqishning dastlabki bosqichi ham, yakuniy bosqichi ham «bir gap bo’lar» qabilida bajarilishi mumkin emas. Bozor ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirishda xatolarni, o’ylanmay qilingan hatti-harakatlarni kechirmaydi.

Yakuniy maqsadning bittaligiga qaramay, biznes-rejani ishlab chiqishning har bir bosqichi bajarishi lozim bo’lgan belgilangan vazifalar doirasi mavjud. Birinchi bosqichda asosan korxonaning iste’molchilarga taklif qilishi mo’ljallanayotgan tovar va xizmatlar tarkibini tanlash (yangi mahsulot, modifikatsiyalangan yoki an’anaviy mahsulot), ishlab chiqarish dasturini bajaruvchi bo’yicha taqsimlash, talab qilinadigan xom-ashyo, material va boshqa zarur vositalar hajmini, shuningdek, tayyor mahsulotni sotish kanallarini aniqlash, mahsulot tannarxi, kutilayotgan foyda va hokazolarni hisob-kitob qilish vazifalari bajarilsa, ikkinchi bosqichda barcha dastlabki hisob-kitoblar birlashtiriladi va korxona biznes-rejasini shakllantirish yakunlanadi.

Biznes-rejani ishlab chiqishning birinchi bosqichidagi hisob-kitoblar qanchalik aniq va bexato bajarilgan bo’lsa, uning boshqaruv hujjati va xo’jalik yuritish vositasi sifatidagi ishonchliligi shunchalik yuqori bo’ladi. Biznes-reja bosqichlarini ishlab chiqish o’rtasida uzoq tanaffus bo’lmasligi va ortiqcha axborot bilan to’ldirib tashlanmasligi lozim. Amaliyotning ko’rsatishicha, katta hajmdi tuzilgan biznes-reja hali to’liqlik va yuqori sifatlilikni anglatmaydi. Masalan, bank xizmatchisi korxona ikki yuz yoki besh yuz ming so’m kredit olish uchun yuz varaqdan ortiq biznes-reja olib kelgan taqdirda uni o’qib ham o’tirmaydi. Unga yuz million so’m kredit olish uchun tayyorlangan biznes-reja bir necha varaqdan iborat bo’lib, asosiy mazmun bir nechta gap bilan ifodalangan bo’lishi ham katta ta’sir ko’rsatmaydi.

To’liq biznes-rejaning kompyuterda terilgan matni ellik varaqdan oshmasligi lozim. Biroq so’nggi yillarda, xususan, raqobat kuchli bo’lgan soha va tarmoqlarda qisqartirilgan biznes-rejalar keng qo’llanayotgan bo’lib, ularning hajmi 10-15 varaqdan ortmayapti. Shunday bo’lsada, biznes-reja har qanday variantida korxona missiyasini bajarish va uning pirovard maqsadlariga erishishni ta’minlashga xizmat qilishi lozim.




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin