Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Biznesda ishbilarmonlikning foydasiga doir mulohazalar



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə8/72
tarix04.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#107593
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72
7594e94b91ae8c3cace8255bdbf6911d Biznes Boshqaruviga kirish

Biznesda ishbilarmonlikning foydasiga doir mulohazalar

Bir vaqtlar «... agar inson mukammalroq sichqon ushlagichni yaratgan bo‘lsa, dunyo uning ostonasiga yo‘l topadi», deb aytilgan edi. Bozor iqtisodiyotida tasavvur, energiyaga ega bo‘lgan va boshqalardan ko‘ra o‘z ishini yaxshiroq bajarishni yoki xizmatlarni taklif etishni istagan har bir inson uchun foyda, e’tirof va xizmatlarga erishishga «oltin imkoniyatlar» ochiladi. Erkin tadbirkorlik tizimining asl mohiyati —raqobat borligidadir. Aynan raqobat, o‘z ishini shundoq ham yaxshi bajarayotganlarni «zafar gashtini surish» o‘rniga, yana ham astoydil mehnat qilishga majbur qiladi.


Raqobat iste’molchiga tanlash imkoniyatini berib, yakuniy natijada uning yashash darajasi oshishini ta’minlaydi. Xaridor o‘z puliga qimmatliroq tovarlar yoki sifati yuqoriroq xizmatlar olish uchun do‘konga keladi. Sotib olish amalga oshirilayotganda, to‘lanadigan pul tanlab olingan tovar yoki xizmat foydasiga «ovoz beradi». «Pul bilan ovoz berayotgan» iste’molchilardan yetarlicha ko‘mak (sotib olinish yo‘li bilan) olmagan tovarlar, do‘konlar, xizmatlar tez orada g‘oyib bo‘lishadi.
Muvaffaqiyatga erishishga intiladigan ishbilarmon odamlarning ishi aynan ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasi oz-moz kengroq, ishlab chiqariladigan tovar ozgina yaxshiroq bo‘lishini ta’minlash yoki qaysidir boshqa yo‘l bilan ularning raqobat afzalliklarini yaxshilashdan iboratdir. Har yili ko‘pgina korxonalar kasodga uchraydi, lekin ko‘plari muvaffaqiyatga erishadi-ku! Muvaffaqiyatga erishadiganlar esa, hududida faoliyat yuritilayotgan jamoa ehtiyojlarini qondirish maqsadini ko‘zlagan tarzda, xizmatlar ko‘rsatadi yoki sotuvga tovarlar taqdim etishadi. Agarda korxona bundan buyon uni qo‘llab-quvvatlashga yetarli bo‘lgan miqdordagi aholi ehtiyojlarini qondira olmasa, unda bunday korxona kasodga uchraydi.
Aholining soni oshib borgan sari, yangi korxonalarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bor korxonalar yangi ehtiyojlarni qondirish uchun kengayishga imkonlari yo‘q yoki buni xohlashmaydi, undan tashqari, aholi jamlangan yangi markazlar paydo bo‘lishi bilan yangi joylarda korxonalar barpo bo‘lishiga zarurat tug‘iladi. Har yili bir necha million chaqaloqlar tug‘iladi va «bu chaqaloqlar — katta biznes». Ulg‘ayib bu chaqaloqlar o‘smirlar, talabalar, ishchilar, menejerlar va ertangi kun iste’molchilari bo‘lishadi. Hattoki, o‘limlarni hisobga olganda ham, aholining yillik sof o‘sishi anchagina katta!
Raqobatga muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatish uchun biznesmen eng yaxshi menejer bo‘lishi yoki eng katta do‘konni ushlashi lozim emas. Hamma narsa ancha nisbiy. Agarda erkak yoki ayol o‘sib borayotgan jamoa uchun yangi do‘konga ehtiyoj borligini ko‘rishsa va shu yo‘nalishda boshqalardan oldinroq harakat qilishni boshlashsa, ular raqobat kurashida sezilarli afzallikka ega bo‘lishadi. Agar korxonaning joylashishi qulay joyda tanlangan bo‘lsa, tez orada ular o‘z atrofida boshqa savdo maskanlarini topadi, lekin shu holatda ham, qo‘shnilar farq qiladigan tovarlar va xizmatlarni taklif etsa, ular to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatga duch kelmasliklari mumkin, natijada korxona o‘sishni davom ettiradi.
O‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish va kalondimog‘liklarini qondirish uchun tasavvur va birmuncha jasoratga ega bo‘lgan har qanday odam, odatda, agar hayotida yaxshi biznes uchun tavakkal qilishga loyiq darajaga yetishgan bo‘lsa, biznesda muvaffaqiyatga erishishi mumkinligini tushunish muhimdir. Bu odam asos bo‘ladigan ta’lim olishi, ko‘nikmalar va bilimga ega bo‘lishi hamda biznesda omadsizlikka uchrash ehtimolini kamaytirish uchun ma’lum darajada yetuklikka erishmog‘i lozim. Har qanday biznes — bu tavakkalchilik.
Yaxshi ta’lim, tajriba va sog‘lom fikrlash bor bo‘lsa, omadsizlikka
uchrash ehtimoli sezilarli darajada kamayadi.
Omad unsuri har qanday biznesda mavjud. Ayrim tadbirkorlar ancha omadli. Lekin siz faqatgina omadga tayanmasligingiz kerak!



    1. Yüklə 0,88 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin