Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Тadbirkorlikning jamiyat uchun ahamiyati



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə9/72
tarix04.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#107593
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72
7594e94b91ae8c3cace8255bdbf6911d Biznes Boshqaruviga kirish

Тadbirkorlikning jamiyat uchun ahamiyati

Barcha masalalarni yechishda tadbirkorlik asosiy yondashuv sifatida ko‘rilayotgan joyda alohida shaxslarning ham, butun jamiyatning ham taraqqiyoti sezilarli darajada tezlashadi.


Тadbirkorlik iqtisodiy rivojlanishni harakatga keltiruvchi omil bo‘lgani tufayli, dunyoqarashga ham, boshqaruv faoliyatiga ham ishbilarmonlik yondashuvini tatbiq etish orqali alohida shaxslar ham, butun jamiyat ham farovon hayot sari o‘z harakatlarini tezlashtirishlari mumkin.
Alohida shaxslar va butun jamiyatning maqsadlari. Maqsadlarni qo‘yish va ularga erishish bo‘yicha qilinadigan keyingi ishlar jamiyatning yetukligi va mas’uliyatliligining belgisidir, xuddi shuningdek, alohida shaxslar yetukligining belgisi hamdir. Odamlar iqtisodiy hayotda o‘zlari uchun qanday maqsadlar qo‘yishadi? Va bu maqsadlarga qanchalik muvaffaqiyat bilan erishiladi? Quyida mana shu savollar muhokama etiladi.
Тo‘liq hajmli iqtisodiyot — bu odamlar o‘z iqtisodiyoti uchun qo‘yadigan eng muhim maqsadlardan biri. Biz mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish resurslari — mehnat, sarmoya, tabiiy resurslardan to‘laqonli foydalanishni hamda bu resurslardan samarali foydalanishni xohlaymiz.
Qay darajada biz to‘liq bandlik va to‘liq hajmli ishlab chiqarish maqsadlariga erishayapmiz? Aslida, jamiyatdagi mehnatga layoqatli va ishlashni xohlaydigan 100 % erkak va ayollar doimiy asosda ish bilan ta’minlanishini kuta olishmaydi. Ma’lum miqdorda — taxminan mehnatga layoqatli aholining 2 % dan 5 % gacha qismi doimo ishsiz bo‘ladi. Ammo lekin millionlab odamlar hech qanday zaruratsiz ishsizlar toifasiga mansub bo‘lsa, bu ular o‘z mamlakatining farovonligiga foydali hissa qo‘shmayotganligi va ishlab pul topmayotganliklarini bildiradi. Shu sababdan, to‘liq bandlik hamda mehnatning yuqori samaradorligini taqozo etuvchi to‘liq hajmli ishlab chiqarish maqsadi, bizning iqtisodiyotimiz uchun eng muhim maqsadlardan biridir.
Barqaror o‘sish — bu ikkinchi muhim maqsaddir. Biz iqtisodiyotimiz yildan yilga yanada kattaroq va yaxshiroq bo‘lishini xohlaymiz. Biz o‘zimizning tovarlar va xizmatlar milliy ishlab chiqarilishini son jihatdan yalpi milliy mahsulot (YMM) degan statistik ko‘rsatkichining o‘zgarishini kuzatib baholaymiz. Iqtisodiy o‘sish bu aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YMM (aholi soniga bo‘lingan umumiy YMM)ning doimiy ko‘payishidir. Biz ish faolligi qandaydir pastga tushishlarsiz yoki narxlarning tez o‘sishisiz (inflatsiyasiz), yoki ishsizlik oshmasdan, YMM nisbatan doimiy sur’atlar bilan yiliga 4 % dan 5 % gacha o‘sishiga erishish uchun intilamiz.
Ishlab chiqarish, bandlik va YMMning o‘sishi — bu ko‘rsatkich- larning barchasi juda yaxshi o‘lchanadi. Lekin biz ayrim boshqa iqtisodiy maqsadlarni ko‘rib chiqishga o‘tganimizda, ular to‘g‘risida umumiyroq yondashuvlardan kelib chiqib, fikrlashimiz lozim.
Тanlov erkinligi — bu deyarli har bir odam o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlar ro‘yxatining birinchi qatorida turadigan maqsaddir. Lekin aniq atamalarda bu nimani bildiradi? Iqtisodchilar, tanlov erkinligi iste’molchilar, xodimlar va biznes uchun muhimligini ta’kidlashadi.
Iste’molchining tanlov erkinligi — iste’molchilar faqatgina o‘z ehtiyojlari va xohishlariga asoslanib, juda keng doiradagi muqobil tovarlardan, o‘zlari sotib olishni xohlagan tovarlarni tanlab olishlari mumkinligini bildiradi. Iste’molchiga «Siz o‘zingiz xohlagan har qanday o‘lchamli va rangli shlapaning egasi bo‘lishingiz mumkin, lekin bu shlapa o‘rta o‘lchamda va qora rangli bo‘lishi shart!» deb gapiriladigan tizim bizni mutlaqo qoniqtirmaydi.
Kasbiy faoliyatni tanlash erkinligi — iqtisodiy erkinlikning muhim tomoni. Erkaklar va ayollar havas bilan bajaradigan va ayni vaqtda shundan munosib ish haqi hamda shaxsiy qoniqish olinadigan ishni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishni xohlashadi. Va nihoyat, «erkin tadbirkorlik»ning muhimligi to‘g‘risidagi gaplarni tez-tez eshitib turamiz. Bu — tanlash erkinligining muhim jihati. Bu odamlarga o‘z bizneslarini erkin tashkil etish va, natijada foyda ko‘rish uchun, ishlab chiqarish omillaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beradi. Zamonaviy iqtisodiyot tizimi erkinlikning mana shu xususiy turi poydevoriga qurilgan.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin