1. Tovar qondiruvchi ehtiyojlar
Ehtiyojlarni tavsiflovchi asosiy axborot quyidagilardan iborat:
tovar nomi;
tovarning vazifalari, foydaliligi;
tovardan foydalanishning universalligi, bilvosita foydalilik, ikkinchi darajali qo’llash sohalari (masalan, chang yutgichdan xonalarni bo’yashda foydalanish imkoniyati);
tovarning o’ziga xosligini ta’minlovchi omillar.
2. Sifat ko’rsatkichlari
Mahsulot xususiyatlariga uning quyidagi sifat ko’rsatkichlari bevosita bog’liq bo’ladi: uzoq muddat xizmat qilish, ishonchlilik, oddiylik, xavfsizlik va hokazo. Ayrim sifat ko’rsatkichlari miqdoriy jihatdan baholanib, mos keluvchi ma’lumotlar biznes-rejada keltirilishi mumkin. Xususiyatlar yig’indisini xuddi sifat darajasi kabi xaridorlar tasavvuriga mos keluvchi tushunchalar orqali o’lchanishi zarur.
3. Iqtisodiy ko’rsatkichlar
Iqtisodiy ko’rsatkichlardan quyidagilar keltirilishi lozim:
Iste’mol bahosi tovarning xizmat qilish muddati davomida unga sarflanuvchi xarajatlarni aks ettirib, quyidagilardan iborat bo’ladi:
sotish bahosi (narxi);
transport xarajatlari;
o’rnatish xarajatlari;
xodimlarni o’qitish xarajatlari;
ekspluatatsiya xarajatlari;
texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash xarajatlari;
soliqlar;
sug’urta badallari va hokazo.
4. Tovarning tashqi bezalishi
Tovarning tashqi bezalishini tavsiflashda uning zamonaviy dizayn va iste’molchilar talablariga mos kelishini aks ettirish, mahsulotning shakli uning funktsiyalariga qanchalik javob berishi, materiali va rangi nima asosida tanlanganligi va boshqalarni ko’rsatish lozim.
Dostları ilə paylaş: |