Biznesni rejalashtirish



Yüklə 134,46 Kb.
səhifə5/8
tarix24.03.2022
ölçüsü134,46 Kb.
#54129
1   2   3   4   5   6   7   8
BIZNESNI REJALASHTIRISH-намуна

Ishlab chiqarish rejasi

Gazlama ishlab chiqarish texnologik zanjiri quyidagilardan iborat:

O’rov bosqichi – bu bosqichda kichik g’altaklardagi iplar katta bobinalarga M-150 jihozlarida o’raladi.

Tandalash bosqichi – bu bosqichda SP-180 jihozida bobinalardagi iplar kengligi mato kengligiga muvofiq bo’lgan g’altaklarga o’raladi.

Shlixtalash bosqichida – tandalangan iplarga MSHB-180 jihozlarida maxsus qorishma yordamida ishlov berib uning sifati va mustahkamligi oshiriladi.

To’quv bosqichi – bunda asosiy texnologik jarayon STB-180 to’quv jihozida bajariladi.

Ishlab chiqarish rejasini tuzish ko’zda tutilgan ishlab chiqarish hajmi uchun zaruriy xom ashyo sarfini aniqlashdan boshlanadi. Texnologik zanjirdagi tayyorlov bosqichlarida ishlov beriladigan yarim tayyor mahsulotlar shu jarayon uchun tayyor mahsulot hisoblanadi. Shu sababli har bir tayyorlov bosqichida ishlovdan o’tadigan yarim tayyor mahsulot hajmi aniqlanadi. Ma’lumki, jihozlar sonini aniqlash uchun ushbu bosqichlardagi ishlov beriladigan mahsulotlar hajmini aniqlash zarur. To’quv jarayonigacha bo’lgan bosqichlarda ishlov beriladigan mahsulot kalava ip hisoblanadi. Bunda amaliyotda qabul qilingan me’yorlardan foydalaniladi, ya’ni amaliyotda 100 metr mato uchun assortiment turiga bog’liq ravishda o’rtacha 4.5-6.5 kg kalava ip sarflanishi belgilangan. Bu orqali 1 metr mato uchun sarf me’yorlarini aniqlash lozim ( 4.8:100=0.048 kg). Shundan so’ng yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi uchun zaruriy xom – ashyo miqdori aniqlanadi, ya’ni 1 metr mato uchun me’yor sarfi yillik ishlab chiqarish hajmiga ko’paytiriladi (0.048*3400000=163200 kg). Hisoblarni jihozlar sonini aniqlashda davom ettiriladi.

Jihozlar sonini aniqlashda quyidagi formuladan foydalanish tavsiya etiladi:



(1)

bu yerda:

Qs- har bir ishlab chiqarish bosqichida ishlov beriladigan mahsulot yoki xom – ashyo hajmi, kg

Uj- ishlov berish bosqichida ishtirok etuvchi jihozning soatlik unumdorligi (texnik pasportidan olinadi).

KRO- jihozning foydali ish bilan band bo’lish koeffitsienti.

Bu ko’rsatkich quyidagicha aniqlanadi:



KRO=1-A/100

bu yerda:

A – jihozni ta’mirlash bilan bog’liq tanaffuslari vaqtining normativ miqdori, foizda.

To’quv jarayoni bosqichlari uchun A quyidagicha belgilanadi:



  1. O’rov jihozi – 3%

  2. Tandalash – 4%

  3. Shlixtalash – 6%

  4. Ip ulash – 2%

  5. To’quv – 5%

Ushbularga asoslangan holda KRO ni hisoblanadi.

1.KRO =1-3/100=0.97

2.KRO =1-4/100=0.96

3.KRO =1-6/100=0.94

4.KRO =1-2/100=0.98

5.KRO =1-5/100=0.95

Jihozlarning soatli unumdorligi quyidagi jadvalda havola etiladi:


Yüklə 134,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin