Amaliy mashg‘ulot №10
10.1. Termik kreking
Neftni qayta ishlash og‘ir qoldiqlarini termik krekingi
quyidagi mahsulotlar
olish uchun amalga oshiriladi: avtomobil benzini (hozirda ushbu jarayon eskirgan);
qurum ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo‘lgan yuqori aromatlashtirilgan gazoyl;
koks ishlab chiqarish uchun kreking qoldiq; kam qovushqoqlikka ega bo‘lgan
mazut yoqilg‘isi.
Jarayon 470–530
0
S, 2–7 MPa bosimda olib boriladi.
Avtomobil benzinini
olish uchun xom ashyo sifatida nisbatan yengil neft fraksiyalari (200–350
0
S)
ishlatiladi. Kam qovushqoqlikka ega bo‘lgan qozon yoqilg‘isi hamda qurum va
koks olish xom ashyosi sifatida neft qoldiqlari bo‘lmish yarim gudron va gudronlar
xizmat qiladi.
Termik krekingning asosiy maxsulotlari quyidagilar:
uglevodorod gazi,
kreking–benzin, kerosin–gazoyl fraksiyasi, termogazoyl va kreking–qoldiq.
10.2. Piroliz
Uglevodorod xom ashyosining pirolizi jarayoni asosan quyi alkenlarni olishga
bag‘ishlangan bo‘lib, jarayon 700-1000
0
S haroratda va atmosfera bosimiga yaqin
bosimda olib boriladi.
Etilen olish uchun optimal xom ashyo etandir.
Etilenning miqdori ushbu
jarayonda 80% (mass.) ga yetadi. Etilenning ko‘p miqdori propan pirolizida 47%
(mass.) va butan pirolizida 45% (mass.) olinadi. Tarmoqlangan alkanlarning
pirolizida ko‘proq propilen hosil bo‘ladi.
Yuqori haroratda alken va
metilatsetilenlar ham hosil bo‘ladi. Quyi alkenlarning miqdori sikloalkan va
arenlarning pirolizida yuqori emas.
Etilen ishlab chiqarish sanoat sharoitlarida asosan individual birikmalar emas,
balki neft fraksiyalari ishlatiladi.
Etilen bilan birgalikda С
3
–С
4
alkenlar, ko‘p
miqdorda suyuq mahsulotlar ham hosil bo‘lib, tarkibida alkenlar, sikloalkenlar, С
5
va undan yuqori alkadiyenlar hamda С
6
–С
8
arenlar va boshqa komponentlar hosil
bo‘ladi.
Benzinlar pirolizida hosil bo‘ladigan mahsulotlar keng oraliqda o‘zgarib
turishi 29-jadvalda ko‘rsatilgan (% mass.).