Neft koksini olish uchun xom ashyo sifatida quyidagilar ishlatilishi mumkin:
benzinsizlangan neft, birlamchi qayta ishlash qoldiqlari–mazutlar, yarim–
gudronlar, gudronlar; ikkilamchi kelib chiqish mahsulotlari–kreking
qoldiqlar,
katalitik kreking og‘ir gazoyllari, piroliz smolalari hamda
tabiiy asfaltlar va moy
ishlab chiqarish jarayoni qoldiqlari (asfaltlar, ekstraktlar).
Kokslashning sanoat jarayonlari 3 tipga bo‘linadi:
1. davriy;
2. yarim uzluksiz;
3. uzluksiz.
Kokslash davriy usulining ko‘lami va texnik rasmiylashtirilishi – neftni qayta
ishlash zamonaviy talablariga mos kelmay qoldi.
Kokslashning uzluksiz usuli esa hozircha tajriba-sanoat bosqichida turibdi.
Hozirda eng ko‘p tarqalgan yarim uzluksiz sanoat jarayoni–asta–sekin
kokslash qurilmalarida amalga oshiriladi.
Neft qoldiqlarini asta–sekin kokslash 505–515
0
С
haroratda, 0,2–0,3 MPa
bosimda olib boriladi. Kokslash natijasida neft koksidan tashqari gaz, benzin, o‘rta
va og‘ir koks distillatlari hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan mahsulotlarning miqdori va
sifati xom ashyoning kimyoviy va fraksion tarkibiga
va kokslash sharoitlariga
bog‘liqdir.
Neftning birlamchi qayta ishlash qoldiqlaridan olingan koks miqdori 15–25%
(mass.) ni, ikkilamchi mahsulotlardan olingani esa 30–35% (mass.) ni tashkil
qiladi.
Koks bilan birgalikda ko‘p miqdorda qimmatli
suyuq va gaz holidagi
mahsulotlar hosil bo‘ladi. Ularning yig‘ma miqdori xom ashyoga nisbatan
hisoblaganda 70% (mass.) ga yetadi.
Kokslash jarayonining eng katta effektivligi hosil bo‘layotgan
hamma
mahsulotlarni o‘z o‘rnida to‘la ishlatilganda kuzatiladi.
Uglevodorod tarkibi bo‘yicha asta–sekin kokslash gazlari termik kreking
gazlarinikiga yaqin bo‘lib, neftkimyoviy sintez uchun xom ashyo bo‘lib
xizmat
qilishi mumkin.
Kokslash benzini quyi sifat (motor usuli bo‘yicha oktan soni 60-67,
oltingugurt miqdori 1-2%)li bo‘lgani uchun uning ishlatishdan oldin tozalanishi va
boshqa jarayonlarni o‘tashi lozim. Uni gidrotozalash va katalitik riformingga
uchratish lozim. Kokslash benzini tarkibida to‘yinmagan
uglevodorodlarning
ko‘pligi (37-60%)–uni neftkimyo ishlab chiqarishlar (masalan, oksosintez) da o‘ta
qadrli xom ashyo qilib qo‘yadi.
Kerosin–gazoyl fraksiyasi gaz–turbina va motor yoqilg‘ilarining komponenti
sifatida, katalitik kreking va qurum ishlab chiqarish
xom ashyolari sifatida
qo‘llaniladi.