Biznesni muvaffaqiyatli olib borishga ко`maklashuvchi tadbirkorlikning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
Mulk sohibi bo`lish. Bu yerda tadbirkorlar cheklangan resurslar yoki mahsulotlaming egasi bo`lishi kerak. Ular o`z mulkiga tayanib yoki o`zga mulkini ijaraga olib ishlaydi.
Foyda olishga intilish. Tadbirkoming boyishdan iborat iqtisodiy manfaati bo`lib, unga foyda olish orqali erishiladi.
Iqtisodiy erkinlik. Tadbirkor bozorga qarab nimani, qancha, qanday texnologiya asosida ishlab chiqarishni, yaratilgan tovarni kimga, qachon va necha pulga sotishni, qaysi bank bilan aloqa qilishni, o`ziga sherik topishni, xullas, har qanday iqtisodiy faoliyatni hech bir toifasiz, o`z bilganicha amalga oshiradi.
Iqtisodiy mas`uliyat. Tadbirkor mas`uliyatni o`z zimmasiga olib, ko`rgan foyda-zarariga o`zi javob beradi.
Iqtisodiy tavakkalchilik. Tadbirkor tavakkal qilib, «yo ustidan, yo ostidan» qabilida ish tutadi, iqtisodiy xavf-xatarni zimmasiga olib, chuv tushib qolishdan qo`rqmaydi.
Qonun-qoidalarga rioya qilish. Tadbirkor sa`y-harakatlarining o`z qoidalari bor, ularga itoat qilish ham qarz, ham farz hisoblanadi.
Raqobat kurashida qatnashish. Tadbirkor har doim boshqalar bilan «kim o`zadi» qoidasiga ko`ra bellashishi shart.
Tadbirkorlik siri. Biznes ishida texnologiya, yangi tovar yaratish, bozor topish, narx belgilash, kontrakt tuzish va boshqalar sir saqlanadi.