Blackcurse



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə103/117
tarix02.01.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#37895
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   117
1-mavzu “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti va o’rganish uslub

13.4-jadval.

Diskontirlangan daromadlar turi.

Daromadlar

Yillar bo’yicha keltirilgan daromad

turi

joriy yil

1-yil

2-yil

A

200

200

0

V

40

200

200

quyidagi jadvalda daromadlarning ikkala turi bo’yicha foizlar stavkasi 5, 10, 15, 20% bo’lgandagi keltirilgan qiymatlari ko’rsatilgan.



13.5-jadval.

Daromad

Foiz stavkalarida diskontirlangan daromad, (so’mda)

turi













A

390,5

381,8

373,9

366,7

V

411,9

387,1

365,1

345,6

Jadvaldagi ma’lumotlardan ko’rish mumkinki, daromadlarni tanlash foiz stavkalariga bog’liq. Agar foiz stavkasi 10% ga teng va undan kichik bo’lganda, shaxs "A" daromad turiga qaraganda "V" daromad turini tanlashi yaxshiroq bo’lardi. Foiz stavkasi 15% va undan yuqori bo’lganda, "A" daromad turi "V" daromad turiga nisbatan yaxshiroq bo’lar edi.

Bu yerda asosiy sabab, "A" daromad qiymati "V" daromadga qaraganda kam bo’lsa ham, u tezroq to’lanadi.
12.5 Investitsiyani hisoblashdagi diskontirlangan qiymat.
Investitsiya qo’yishdan maqsad, kelajakda olinadigan daromadlarni va qilinadigan xarajatlarni solishtirish orqali loyihaning qiymatini baholash mumkin bo’ladi. Investitsiyani baholashda sof keltirilgan qiymat mezoni ishlatiladi. Bu mezonga ko’ra, agar olinadigan daromad investitsiyaga sarflanadigan xarajatdan yuqori bo’lsa, investitsiya amalga oshiriladi.

Faraz qilaylik, investitsiya hajmi boshlang’ich ishlab chiqarish yili uchun ga teng; - kutiladigan -yildagi daromadlar va xarajatlar. U holda sof keltirilgan qiymat quyidagiga teng:


bu yerda - diskont normasi (xarajatlarni bir vaqtga keltirish normasi). Diskont normasi foiz stavkasi yoki boshqa bir stavka bo’lishi mumkin. - loyihani faoliyat ko’rsatish muddati.

Ba’zi hollarda diskont normasini asosiy kapitalga qo’yilgan alternativ xarajat sifatida qarash mumkin.

Agar bo’lsa, investitsiya o’zini oqlaydi, ya’ni keltirilgan foyda qo’yilgan investitsiya qiymatidan katta. Agar bo’lganda investitsiya o’zini oqlamaydi.

Loyihaning ishlash muddati cheksiz bo’lganda , sof keltirilgan qiymat quyidagicha hisoblanadi:




Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin