Blackcurse



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə92/117
tarix02.01.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#37895
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   117
1-mavzu “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti va o’rganish uslub

Talab inflyatsiyasi bu, iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo’lmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi. YA’ni, iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari jami o’sib borayotgan talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real tovarlar bahosining ko’payishiga iqtisodiy bosim beradi va talab inflyatsiyasi kelib chiqadi. YOki, oddiy so’zlar bilan aytganda, «haddan ziyod pullar haddan ziyod kam tovarlarni ovlaydi». Talab inflyatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar aholining ish bilan to’liq bandligi va ish haqining oshib borishi hisoblanadi. Demak, inflyatsiya talab, taklif, ish bilan bandlik, baho, ishlab chiqarish sur’atlari kabi ko’pgina omillarga bog’liq.

Agar mamlakatda jami talab oshsa, ishlab chiqarish hajmi ko’payadi, ishsizlik kamayadi, baho darajasi esa deyarli o’zgarmaydi yoki kam miqdorda o’zgaradi. Baho o’zgarmasligining sababi shundaki katta hajmdagi mehnat va xom ashyo resurlarini shu o’zgarmas bahoda ishga tushirish mumkin bo’ladi. CHunki, ishsiz yurgan kishi ish haqini oshirishni talab qilmaydi, uning uchun ishga yollanishning o’zi kifoya.

Bundan tashqari, baho ishchi kuchini to’la ish bilan bandligiga erishishdan oldin ham oshishi mumkin. YA’ni, ba’zi sanoat korxonalari oldinroq resurs va zahiralarni tugallaydi va natijada ular talabning o’sishiga mos ishlab chiqarishga, taklifga erisha olmaydi. Talab, taklifdan ko’payib ketadi, natijada baho yana osha boshlaydi.

Ishlab chiqarishda umumiy ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi firmalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bahosini oshirishga olib keladi. Natijada, kasaba uyushmalar ish haqini yanada oshirishlarini talab qiladi. Bu esa o’z navbatida baholarning yana oshishini bildiradi.




Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin