Taklif inflyatsiyasi bu, mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining kamayishi natijasida tovar va xizmatlar baholarining oshishidan paydo bo’ladi. Bunday hollarda ortiqcha talab bo’lmasa ham tovarlarning baholari oshib boradi. Hatto ish bilan bandlik va YAMM ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning bahosi oshadi. Jami taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning o’sishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xom ashyo va yoqilg’i narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi.
Taklif inflyatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mexanizmining buzilishi ham ta’sir qiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy holda asosiy ishlab chiqarish omillari bahosining keskin ko’payishidan kelib chiqadi.
5. Inflyatsiya va ishsizlik. Fillips egri chizig’i
Ish haqi mehnat bozorida muvozanatni o’rnatuvchi vosita hisoblanadi va uning darajasi o’zgarishi ishsizlikka bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu ikki ko’rsatkich o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik ingliz iqtisodchisi A.V.Fillips tomonidan aniqlangan. U Fillips egri chizig’i (3.6-chizmada) deb aks ettirilgan. Madomiki, ish haqi va narxlar o’zgarishining sur’atlari o’rtasida bir xil nisbat mavjud ekan, u holda Fillips egri chizig’i o’z mohiyatiga ko’ra, inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liqlikni aks ettiradi. Bunda inflyatsiyaning o’sish sur’atida ishsizlikning past darajasi kuzatiladi va aksincha. YA’ni, ishlab chiqarishning qisqarishi va ishsizlikning ko’payishi narxlar oshishi bilan kuzatiladi. Bu hodisa stagfilyatsiya deb atalib, kam inflyatsiyani ham ishsizlikning o’sishi bilan ifodalaydi.
Kapital qo’yilmalar va kapital bozori
Dostları ilə paylaş: |