3. Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari va korxonalarni tartibga solish iqtisodiy vositalari.
Iqtisodiyot yaxlit bo’lar ekan iqtisodiy siyosat ham yagonadir. Lekin davlat siyosatining aniq yo’nalishlari bor.
1. Monetar siyosat – bu davlatning pul-kredit siyosati bo’lib, pul muomalasini tartiblash, tovar va pul massasi o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash, iqtisodiyotdagi pul oqimlarini boshqarib turish siyosati hisoblanadi.Uning maqsadi narxlarni va shunga ko’ra milliy pul birligi xarid qurbini, uning valyuta kursini barqarorlashtirish, oxir oqibatda pulga talab bilan uning taklifini muvozanatlashtirishdan iborat bo’ladi.
Monetar siyosatning 3 ta asosiy jihati bor:
Qayta moliyalashtirish yoki uchyot siyosati. Bunda davlat nomidan markaziy banklar uchyot stavkasini o’zgartiradi.Stavka oshganda pul qimmatlashib, unga talab qisqaradi.U pasaytirilganda pul arzonlashib, unga talab oshadi.Bu ayni paytda kreditning arzon yoki qimmat bo’lishini bildiradi.Bu esa iqtisodiyotda kredit hisobidan yuboriladigan invistitsiyalarni o’zgartirib, uning o’sishiga ta’sir etadi.
Masalan, yevropa mamlakatlarida qayta moliyalashtirish stavkasi 2001 yil oxirida 1,7% bo’lsa, 2002 yil oxirida bu 0,9 % ga tushdi.Bu bilan kredit arzonlashtirildi, chunki komertsiya banklari shunga qarab kredit uchun undiriladigan foiz stavkalarini belgiladilar.
Ochiq bozorda operatsiyalar o’tkazish siyosati. Bu davlat obligatsiyalarini chiqarib firmalar, banklar va aholiga sotish, vaqti kelganda ularni qaytadan sotib olishni bildiradi.Bu obligatsiyalarni olish qulay bo’ladi, chunki ularga qat’iy belgilangan foizni davlat to’laydi, bu bilan ularning daromadliligi kafolatlanadi.Davlat obligatsiyalari sotilganda pul ularga bog’lanib qoladi, natijada uning muomaladagi miqdori qisqaradi.Aksincha, ular qaytadan sotib olinganda pul ulardan bo’shab muomalaga keladi, u yerdagi pul miqdori ko’payadi.Demak bu usul bilan pul miqdori tartiblanadi.
Majburiy rezerv siyosati. Bu siyosatga binoan markaziy banklar boshqa banklar uchun kredit resursining majburiy rezervini kiritadi. Bu tartibga ko’ra banklar kreditga beriladigan pulning bir qismini markaziy banklar ixtiyoriga beradi. Bu rezerv oshsa, kredit puli qisqaradi.Agar u kamaysa, bu pul ko’payadi.Masalan, mamlakatda jami kredit resurslari 80 mlrd. Dollar. SHundan 10 % rezervga o’tkazilsa, 72 mlrd. Doll. Kredit uchun pul qoladi.Bordi-yu bu rezerv 15 % ni tashkil etsa, kreditga 68 mlrd. Doll. Qoladi. Bu bilan kreditga mo’ljallangan pulning taklifi oshadi yoki qisqaradi.SHunga qarab kredit olish goh oshib, goh qisqaradi.
Dostları ilə paylaş: |