3. To’yinmaslik. Iste’molchi har doim har bir ne’matning kamroq qismidan ko’ra, ko’proq qismini olishni xohlaydi (bu shart hayotda har doim ham bajarilavermaydi).
Istemolchilarni bozordagi harakatini taxlil qilgan Amerikalik iqtisodchi X. Leybensteyn bu o’zaro ta’sir etishni 3 xil turga ajratgan.
Ko’pchilik harakatiga qo’shilish.
Ajralib turish effekti.
Veblen ta’siri.
Birinchi turdagi o’zaro ta’sir shundan iboratki, unda iste’molchi ko’pchilikdan ajralib qolmaslikka harakat qiladi va ko’pchilik olgan tovarni sotib oladi.
Ajralib turish effekti shundan iboratki, bunga mansub bo’lgan xaridor hamma xarid qiladigan tovarni olmasdan o’zi ajralib turadigan tovarlarni xarid qiladi.
Veblen effekti ta’siriga mansub odamlar obro’ uchun, ko’rgazmali yurish turish uchun tovar sotib oladilar. Bunday kishilarni tovarning haqiqiy real qiymati, zarurligi, qulayligi qiziqtirmaydi. Balki, bu tovarni odamlar qanday baholashi qiziqtiradi.
Demak, yuqoridagi fikrlar asosida aytishimiz mumkinki, bozorda xaridorlarning hammasi ham tovarlarning tanlovida mustaqil harakat qilmas ekan. Bunda boshqa xaridorlar ham ta’sir etar ekan.
Iste’molchi harakatini aniqroq tahlil qilish uchun naflik funktsiyasidan foydalanamiz. Naflik funktsiyasi - iste’molchining iste’mol qiladigan ne’matlar hajmi bilan, u ushbu ne’matlarni iste’mol qilish natijasida oladigan naflik darajasini ifodalaydi.
Bizda qancha ko’p ne’mat bo’lsa, qo’shimcha bir birlik ne’mat qimmati, biz uchun shuncha past bo’ladi. Demak, ne’matning narxi, uning umumiy nafligiga emas, balki chekli nafliligi bilan belgilanadi. Demak, naflik funktsiyasi, naflik darajasini iste’mol qilingan ne’matlar hajmiga bog’liqligini ifodalaydi:
,
bu yerda - naflik darajasi;
- 1, 2, ..., n - ne’matlar hajmi.
Naflik funktsiyasi orqali nafaqat umumiy naflikni ifodalash mumkin, balki ketma-ket ne’matdan qo’shimcha bir birlik iste’mol qilish natijasida oladigan qo’shimcha o’sgan naf miqdorini ifodalovchi, chekli nafni ham aniqlash mumkin.
CHekli naflik - bu naflik funktsiyasidan biror bir ne’mat o’zgaruvchisi bo’yicha olingan xususiy hosiladir.
,
bu yerda - -ne’mat miqdori;
- -ne’mat bo’yicha chekli naflik.
CHekli naflik - bu biror ne’matdan qo’shimcha bir birlik iste’mol qilish natijasida (boshqa ne’matlar iste’moli o’zgarmaganda) iste’molchi tomonidan olinadigan qo’shimcha naf.
Odatda, biror-bir ne’matni iste’mol qilish oshganda (boshqa ne’matlar iste’moli hajmi o’zgarmaganda), umumiy naflik o’sadi. Demak chekli naflik musbat. .
Lekin, shu bilan birga, biror-bir ne’matdan har bir birlik qo’shimcha iste’mol (boshqa ne’matlar iste’molga hajmi o’zgarmaganda) oldingisiga nisbatan kamroq naf beradi va ne’matning bu xususiyatiga chekli naflikning kamayish qonuni deyiladi.
Matematik tilda bu naflik funktsiyasining ikkinchi tartibli hosilasi noldan kichik degani: .Talabni aniqlashning asosida chekli nafligining kamayish qonuni yotadi. Ma’lumki, iste’molchi uchun ne’matning chekli nafligi kamayib boradi va ishlab chiqaruvchilar qo’shimcha birlik mahsulot sotishlari uchun ne’mat narxini pasaytirishlari kerak bo’ladi. Umumiy naflik bilan chekli naflikning o’zgarishi quyidagi rasmda keltirilgan (5.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: |