Narx o’zgarishiga nisbatan taklifning o’zgarish darajasi taklif elastikligi deyiladi.
Taklifning o’zgarishi ko’pgina omillarga bog’liq. Taklif elastikligi koeffitsentini hisoblash uchun taklif va narx o’zgarishi taqqoslanadi:
ek=Tf/v
Bunda, Tf- taklifning foiz hisobidagi o’zgarishi, V- narxning foiz hisobidagi o’zgarishi.
Agar taklifning o’zgarish darajasi narxning o’zgarish darajasidan yuqori bo’lsa, taklif elastik bo’ladi. Bunda elastiklik koeffitsenti birdan yuqoridir, ya’ni ek>1. Masalan, tovar narxi 10 foiz oshgani holda taklif 15 foiz oshsa, elastik taklif paydo bo’ladi.Bunda:
ek=15/10=1,5 ya’ni ek>1
Albatta taklifning elastikligi ma’lum narx doirasida yuz beradi. Buni tushinish uchun olma narxi bilan uning taklifini solishtiramiz. Olma narxi 1000 so’m bo’lganda uning taklifi 100 kg bo’lgan, uning narxi 1200 so’m bo’lganda taklif 140 kg ga yetadi. Narx 200 so’mga yoki 20 foizga oshganda olma taklifi 40 kg yoki 40 foizga ko’paygan. Demak, narx diapazoni 1000-1200 so’m bo’lganda taklif elastik bo’lgan. Bunda 40/20=2 ya’ni ek=2 yoki ek>1.
Bozorda har doim ham taklif narxdan ustun darajada o’savermaydi. Agar taklifning o’zgarishi narxning o’zgarish darajasidan past bo’lsa. Taklif noelastik bo’ladi.Masalan, bozorda kitobning narxi 500 so’m bo’lganda 10 ming dona kitob taklif etilib, jami taklif miqdori 5 mln so’mni tashkil yetdi.Kitobga talab oshib uning narxi 700 so’mga , ya’ni 40 foizga oshdi. Bunga javoban nashriyot qo’shimcha ravishda 1000 dona kitobni bozorga chiqardi. YA’ni jami taklif 10 foizga oshdi.
ek=10/40=0,25. ek=0,25 yoki ek<1.
Demak, taklif noelastik. Mutloq elastik taklif narxning muayyan darajasida cheklanmagan miqdorda tovarlar taklif etilishida ko’rinadi.Ammo cheksizlik abadiy bo’lmaydi. Masalan, don zahiralari ko’p bo’lgani holda dondan o’ta yuqori hosil olindi. SHunday sharoitda narxning oshib borishiga javoban yil davomida don cheksiz taklif etiladi.Ammo bu taklif don butunlay tugaguncha davom etadi, xolos.
Dostları ilə paylaş: |