8.1-rasm. Raqobatlashgan bozordagi narx, o’rtacha va chekli daromad.
Rentabellik tushunchasi, turlari va hisoblanishi.
Ishlab chiqarish naqadar foyda keltirishini ikki xil yo’l bilan aniqlanadi.Birinchisi , foydaning umumiy miqdorini, ya’ni massasini aniqlash.Bunda daromaddan xarajatlar ayrib tashlanadi, qoldiq yalpi foyda bo’ladi. Biroq bu firmaga tekkan foyda emas, chunki uning bir qismi soliq to’lashga ketadi. YAlpi foydadan firma bank krediti uchun foiz ham to’laydi.SHu ikki chegirmadan so’ng qolgan foyda sof foyda bo’lib firmaning o’ziga tegadi. Foydaning hajmi yoki absalyut miqdori fimaning baquvvatligini ko’rsatadi. Buni foydalilik darajasi yordamida aniqlanadi.Foydalilik darajasi - bu foyda ko’rish meyori bo’lib, rentabellik deb yuritiladi.
Renatabellik tadbirkorlik faoliyati unga qilingan sarfga nisbatan naqadar foyda keltirishi bo’lib, uning samaradorligini bildiradi.
Rentabellik foyda normasi deb ham yuritiladi. Bu foydani kapitalning miqdoriga yoki joriy sarf xarajatlarga taqqoslab aniqlanadi. Rentabellik – mikroiqtisodiy, ya’ni korxona miqiyosidagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligidir.U korxona erishgan yakuniy moliyaviy natijalarini umumlashgan tarzda ifodalaydi.Xarajatlar mazmunan xar xil bo’lganligidan, ular qanday natija berganligini bilish uchun rentabellikning turlicha ko’rsatkichlari qo’llaniladi, ulardan asosiylari 2 ta hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: |