H-O…H-O
H H (H2O)2
Ionlar orasida elektrostatik tortishuv tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog`lanish elektrovalent yoki ionli bog`lanish deyiladi. Ionlarning bir-biriga tortilish yo`li bilan hosil bo`ladigan birikmalar geteropolyar yoki ionli birikmalar deb ataladi. Na + Cl = Na Cl so`ngra Na Cl = [Na+][:Cl-]
Ko`pchilik metallar atomlarining tashqi energetik pog`onasida elektronlar soni ko`p bo`lmaydi. Masalan: 16 ta element tashqi pog`onasida 1 tadan elektron, 58 tada 2 tadan, 4 elementda 3 tadan va faqat Pd ning tashqi pog`onasida 1 ta ham elektron bo`lmaydi
Metall elementlar oddiy moddalar–metallarni hosil qiladi. Odatdagi sharoitda ular kristall moddalardir (simobdan tashqari). Hamma metallarda atomlar bir-biriga yaqinlashganida kristall panjara hosil bo`lishi natigasida qo`shni atomlarning valent orbitallari bir-birini qoplaydi, shu tufayli elektronlar bir orbitaldan boshqasiga bemalol o`tib, metall kristalidagi barcha atomlar orasida bog`labish hosil qiladi. Kimyoviy bog`lanishning bunday turi metall bog`lanish deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |