Blackcurse


Qutbli va qutbsiz molekulalar



Yüklə 392,5 Kb.
səhifə21/49
tarix01.01.2022
ölçüsü392,5 Kb.
#50809
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
I bo`lim. Umumiy kimyo. Kirish

2. Qutbli va qutbsiz molekulalar.

Qutbli kovalet bog`lanishli molekulalarda bir tomonlama qutblanish molekulada elektron zichlikning notekis taqsimlanishiga olib keladi. Masalan, HCl molekulasida elektron zichlik vodorod yadrosi atrofidagiga qaraganda Cl yadrosi atrofida katta bo`ladi. Molekulada + va – zaryadlarning elektr markazlari bir nuqtada ustma-ust tushmaydi, balki bir-biridan ma`lum L masofada bo`ladi. Molekula umumiy neytral bo`gani bilan Cl atomida –q zaryad va H atomida +q zaryad bor elektr dipoldan iborat. Bunday bog`lanish va molekulalar qutbli deyiladi (HCl molekulasida qCl = -18, qH= +18, bog`lanishning ionlilik darajasi 18%).

Bog`lanish va molekulaning qutblilik o`lchovi–dipolning elektr momenti  (myu) quyidagicha aniqlanadi: =ql (3. 1), bunda q-effektiv zaryad; l- dipolning uzunligi.

SI sistemasida dipolninig elektr momenti birligi 3,33 X 10-30 kl.m (kulon. metr) qiymat bilan ifodalanadi.

Qutbsiz kovalent bog`lanishli molekulalar qutbsiz yoki gomeopolyar molekulalar deyiladi. Ularda bog`lovchi elektron bulut 2 la atom yadrolari orasida simmetrik taqsimlanadi va yadrolar unga bir hil darajada ta`sir etadi. Bularga 1 ta elementning atomlaridan tarkib topgan H2, F2, Cl2, O2, N2 molekulalari misol bo`la oladi. Bunday molekulalar dipolining elektr momenti 0 ga teng hisoblanadi.


Yüklə 392,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin