Gomogen katalizda reaksiyaga kirishuvchi moddalar va katalizator bir fazali sistemani–gaz yoki suyuqlik sistemani hosil qiladi, katalizator bilan reaksiyaga kirishuvchi moddalar orasida chegara sirti bo`lmaydi. Masalan: H2O2 ning tuzlar eritmasi ishtirokida parchalanishi.
Geterogen katalizda reaksiyaga kirishuvchi moddalar bilan katalizator turli fazalardan iborat sistemani hosil qiladi. Bunda reaksiyaga kirishuvchi moddalar bilan katalizator orasida chegara sirti bo`ladi. Odatda katalizator–qattiq modda, reaksiyaga kirishuvchi moddalar–gazlar yoki suyuqliklar bo`ladi.
A + K = AK AK + B = AB + K A + B = AB
Ba`zi moddalar qattiq katalizatorlarning aktivligini kamaytiradi yoki butunlay yo`qotadi. Bunday moddalar katalitik zaharlar deyiladi. Masalan: As, Hg, Pb birikmalari, ionli birikmalar. Lekin o`zi katalizator bo`lmay turib, shu reaksiya katalizatorlarning ta`sirini ko`paytiradigan moddalar ham bor. Bu moddalar promotorlar deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |