6. Kimyoviy muvozanat. Le-Shatel`e amoyili.
Qaytar reaksiyalar ohirigacha bormaydi va kimyoviy muvozanat qaror topishi bilan tugallanadi. Masalan, NH3 sintezi reaksiyasida vaqt birligi ichida qancha molekula NH3 hosil bo`lsa shuncha NH3 azot bilan vodorodga ajraladigan holatda muvozanat qaror topadi. Demak, kimyoviy muvozanatga reaksiyaga kirishayotgan moddalar sistemasining to`gri va teskari reaksiyalarning tezligi o`zaro teng bo`lgan holati, deb ta`rif berish mumkin.
Muvozanat holatida to`gri reaksiya ham, teskari reaksiya ham to`xtamaydi, shuning ushun bunday muvozanat dinamik muvozanat deyiladi. Ikkala reaksiyaning ta`siri bir–birini yo`qotgani sababli reaksion aralashmada sezilarli o`zgarishlar sodir bo`lmaydi: reaksiyaga kirishayotgan barcha moddalarning–boshlang`ich moddalarning ham, hosil bo`ladigan moddalrning ham konsentratsiyalari o`zgarmasligicha qoladi. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning kimyoviy muvozanat topgandagi konsentratsiyasi muvozanat konsentratsiyasi deyiladi. Ular odatda reaksiyaga kirishayotgan moddalarning o`rta qavsga olingan formulalari bilan belgilanadi, masalan, [H2], [N2], [NH3], muvozanatmas konsentratsiyalar esa C H2, C N2, C NH3 kabi belgilanadi.
Kimyoviy muvozanat holatiga reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi, temperatura, gazsimon moddalar uchun esa bosim ham ta`sir etadi. Bu parametrlardan bittasi o`zgarganida muvozanat buziladi va reaksiyaga kirishayotgan barsha moddalarning konsentratsiyalari yangi muvozanat qaror topgunga qadar o`zgaraveradi, bu muvozanat konsentratsiyalarning boshqa qiymatlarida qaror topadi. Reaksiya sistemasining bir muvozanat holatidan boshqasiga bunday o`tishi kimyoviy muvozanatning siljishi yoki surilishi deyiladi. Agar sharoit o`zgarganida oxirgi moddalarning konsentratsiyalari ko`paysa, muvozanat reaksiya mahsulotlari tomonga siljigan bo`ladi, agar boshlang`ich moddalarning konsentratsiyasi ko`paysa, u holda muvozanat boshlang`ich moddalar hosil bo`lishi tomoniga siljigan bo`ladi.
Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi, temperatura va bosim (gazlardagi reaksiyalarda) o`zgarganda kimyoviy muvozanatning siljish yo`nalishi umumiy qoida bilan aniqlanadi, bu qoida siljuvshan muvozanat tamoyili yoki Le-Shatel`e tamoyili deb ataladi:
Dostları ilə paylaş: |