Blackcurse



Yüklə 392,5 Kb.
səhifə27/49
tarix01.01.2022
ölçüsü392,5 Kb.
#50809
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49
I bo`lim. Umumiy kimyo. Kirish

3. Aktivlanish energiyasi.

Temperatura o`zgarganda reaksiya tezligining tez o`zgarishini aktivlanish nazariyasi tushuntirib beradi. Bu nazariyaga ko`ra ushbu reaksiyani amalga oshirishga yetarli energiya bor aktiv molekulalar (zarrachalar) gina kimyoviy reaksiyaga kirishadi. Noaktiv zarrachalarga zaruriy qo`shimcha energiya berish yo`li bilan ularni aktiv zarrachalarga aylantirish mumkin–bu jarayon aktivlanish deyiladi. Aktivlanish usullaridan biri temperaturani oshirish; temperatura ko`tarilganda aktiv zarrachalar soni ko`payadi, shuning uchun reaksiya tezligi ham keskin ortadi.

Reaksiyaga kirishayotgan moddalar molekulalarini (zarrachalarini) aktiv zarrachalarga aylantirish ushun ularga berilishi lozim bo`lgan energiya aktivlanish energiyasi deyiladi. U Ea bilan belgilanadi va tajriba yo`li bilan aniqlanadi hamda kJ/mol da ifodalanadi. Masalan, H2 + J2 = 2HJ uchun Ea

A B A A A A

+ +

A B B B B B

Reaksiyaning tezligi aktivlanish energiyasining qiymatiga bevosita bog`liq: agar u kichik bo`lsa, u holda ma`lum vaqt ichidagi reaksiyada ko`p sondagi zarrachalar energetik to`siqni yengib o`tadi va reaksiyaning tezligi yuqori bo`ladi, lekin agar aktivlanish energiyasi katta bo`lsa, u holda reaksiya sekin boradi.

Ionlar o`zaro ta`sirlashganda aktivlanish energiyasi juda kichik bo`ladi va ionli reaksiyalar juda katta tezlik bilan (amalda bir onda) boradi.




Yüklə 392,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin