Blackcurse


-Ma`ruza. Mavzu: Kimyoviy reaksiyalar tezligi va



Yüklə 392,5 Kb.
səhifə25/49
tarix01.01.2022
ölçüsü392,5 Kb.
#50809
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
I bo`lim. Umumiy kimyo. Kirish

4-Ma`ruza.

Mavzu: Kimyoviy reaksiyalar tezligi va

kimyoviy muvozanat.

Reja.

1. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi.

2. Reaksiya tezligiga ta`sir etuvchi omillar.

3. Aktivlanish energiyasi.

4. Kataliz va katalizatorlar haqida tushuncha.

5. Qaytar va qaytmas jarayonlar.

6. Kimyoviy muvozanat. Le-Shatel`e tamoyili.

Yangi darsning bayoni.

1. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi.

Kimyoviy reaksiyalarning mohiyati boshlang`ich moddalardagi bog`lanishlarning uzilishi va reaksiya mahsulotlarida yangi bog`lanishlarning paydo bo`lishidan iborat. Bunda har qaysi element atomlarining reaksiyadan oldingi va reaksiyadan keyingi umumiy soni o`zgarmasdan qoladi. Bog`lanishlar hosil bo`lishida energiya chiqishi, bog`lanishlar uzilganda esa yutilishi sababli kimyoviy reaksiyalarda energetik effekt sodir bo`ladi. Ma`lumki, agar boshlang`ich moddalardagi uziladigan bog`lanishlar puxtaligi reaksiya mahsulotlaridagi bog`lanishlar puxtaligidan kam bo`lsa energiya chiqadi, aks holda yutiladi. Odatda energiya issiqlik shaklida chiqadi yoki yutiladi. Moddalarning o`zgarishi haqidagi tasavvurlar, shuningdek, ularni sanoatda olishning iqtisodiy samaradorligi kimyoviy reaksiyalarning tezligi bilan bog`liq. Kimyoviy reaksiyalarning tezliklari va mehanizmlari haqidagi ma`lumot kimyoviy kinetika deyiladi. Kimyoviy reaksiyaning tezligi deganda sistemaning hajmi o`zgarmaganda reaksiyaga kirishayotgan moddalardan birining konsentratsiyasining vaqt birligi ichida o`zgarishi tushuniladi.

A + B = C + D

A yoki B modda sarflangan sari reaksiyaning tezligi muayyan vaqt oralig`i uchun aniqlanishi mumkin, degan hulosa kelib chiqadi. A moddaning (B moddaning) konsentratsiyasi t1 vaqtda C1 kattalik, t2 vaqtda C2 kattalik bilan o`lchangani sababli ∆t = t2 - t1 vaqt ichida modda konsentratsiyasining o`zgarishi ∆C = C2 - C1 bo`ladi, bundan reaksiyaning o`rtacha tezligi (V) aniqlanadi:

V = C2 - C1 t2 - t1 = ∆C∆t (4. 1)

Bu yerda A modda konsentratsiyasining va C2-C1 ayirmaning qiymati manfiy bo`lishiga qaramay, reaksiyaning tezligi faqat musbat kattalik bo`lishi mumkin.




Yüklə 392,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin