Mavzuga oid adabiyotlar.
1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
2. K. R. Rasulov va boshqalar. «Umumiy va anorganik kimyo». Toshkent, «O`qituvchi», 1996.
3. S. Masharipov, I. Tirkashev. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 1992.
4. A. G. Muftahov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
5-Ma`ruza.
Mavzu: Eritmalar.
Reja.
Eritmalar tarkibining son ifodasi.
Moddalarning suvda eruvchanligi.
Erishda bo`ladigan issiqlik hodisalari.
Dispers sistemalar va chin eritmalar.
Yangi darsning bayoni.
1. Eritmalar tarkibining son ifodasi.
Tabiatda va texnikada eritmalarning katta ahamiyati bor. O`simliklar moddalarni eritmalar holida o`zlashtiradi. Ovqatning hazm bo`lishi oziq moddalarning eritmaga o`tishi bilan bog`liq. Tabiatdagi barcha suvlar hamda fiziologik suyuqliklar-qon, limfa va boshqalar eritmalar hisoblanadi. Ko`pchilik kimyoviy reaksiyalar eritmalarda sodir bo`ladi.
Eritmalar deb ikki yoki undan ko`p komponentlar (tarkibiy qismlar) va ularning o`zaro ta`sir mahsulotlaridan tarkib topgan bir jinsli sistemalarga aytiladi. Masalan, H2SO4 ning eritmasi erituvchidan-suvdan (birinchi komponent), erigan moddadan-kislotadan (ikkinchi komponent) va ularning o`zaro ta`sir mahsulotlaridan-gidratlangan ionlardan: H+, HSO4-, SO42- lardan tarkib topgan bo`ladi.
Agregat holatiga ko`ra eritmalar suyuq, qattiq va gazsimon holatda bo`ladi. Suyuq eritmalarga moddalarning suvdagi eritmalari; qattiq eritmalarga metallarning qotishmalari; gazsimon eritmalarga gazlarning aralashmalari va havo misol bo`la oladi. Bular orasida eng katta ahamiyatga ega bo`lgani suyuq (suvdagi) eritmalardir.
Har qanday eritmaning muhim hususiyati uning tarkibi hisoblanadi. Eritmalar tarkibini son bilan ifodalashning har xil usullari bor: erigan moddning massa ulushi, molyar konsentratsiya va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |