Blackcurse


Moddalarning suvda eruvchanligi



Yüklə 392,5 Kb.
səhifə35/49
tarix01.01.2022
ölçüsü392,5 Kb.
#50809
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
I bo`lim. Umumiy kimyo. Kirish

2. Moddalarning suvda eruvchanligi.

Eruvchanlik–bu moddaning suvda yoki boshqa erituvchida erish xossasidir. Suvda qattiq, suyuq va gazsimon moddalar erishi mumkin. Suvda eruvchanligiga ko`ra barcha moddalar uchta guruhga bo`linadi: yaxshi eriydigan, kam eriydigan va amalda erimaydigan moddalar. Amalda erimaydigan moddalar to`g`ridan-to`g`ri erimaydigan moddalar ham deyiladi. Eruvchanlik moddalarning tabiatiga bog`liq, bundan tashqari u temperatura va bosimga ham bog`liq bo`ladi. Erish jarayonining o`zi erigan modda zarrachlari bilan erituvchining o`zaro ta`sirlashuvidan iborat bo`lgan hamda o`z-o`zidan sodir bo`ladigan jarayondir.

Eritmalar erigan modda miqdoriga qarab uch xil bo`ladi: to`yingan, to`yinmagam va o`ta to`yingan eritmalar. Erigan moddaning ortiqchasi bilan dinamik muvozanatda turgan eritma to`yingan eirtma deyiladi. To`yinmagan eritmada to`yingan eritmadagiga qaraganda kamroq, o`ta to`yingan eritmada esa ko`proq modda bo`ladi. O`ta to`yingan eritmalar ancha beqarordir. Idishni salgina chayqatish yoki eritmaga tuz kristalidan qo`shish ortiqcha erigan moddaning cho`kmaga tushishiga sabab bo`ladi.

Ko`pincha kam eriydigan va amalda erimaydigan moddalar umumiy nom bilan kam eriydigan moddalar deyiladi.

Eruvchanlik miqdoriy jihatdan to`yingan eritmaning konsentratsiyasi bilan ifodalanadi. Ko`pincha u berilgan temperaturada 100 g erituvchida erish mumkin bo`lgan moddaning eng ko`p grammlar soni bilan ifodalanadi. Bu miqdor ba`zan eruvchanlik koeffitsienti yoki oddiygina qilib moddaning eruvchanligi deb ataladi. Masalan, 18 0C da 100 g H2O da 51,7 g Pb(NO3)2 eriydi. (ya`ni Pb(NO3)2 ning eruvchanligi 18 0C da 51,7 ga teng).

Moddaning eruvchanligi haqida gapirilganda erishdagi temperaturani albatta ko`rsatish kerak. Ko`pincha qattiq moddalarning eruvchanligi temperatura ko`tarilishi bilan ortadi. Bu eruvchanlik egri chiziqlari yordamida yaqqol tasvirlanadi. Abssissalar o`qiga temperatura, ordinatalar o`qiga eruvchanlik koeffitsienti qo`yiladi. Eruvchanlik egri chiziqlari yordamida moddalarning turli temperaturadagi eruvchanlik koeffitsienti oson aniqlanadi. Temperatura pasayganida eritmadan moddaning ajralib chiqishi kristallanish deyiladi.


Yüklə 392,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin