Bozor muvozanati va uning turlari reja I. Kirish II. Asosiy qism
BOZOR MUVOZANATI VA UNING TURLARI REJA I.Kirish II.Asosiy qism 1. Bozor muvozanati haqida tushuncha va uning turlari
2. Talab va taklifdagi o`zgarishlarning bozor muvozanatiga ta′siri
3. Muvozanatli narx
4. Iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishining takomillashuvi
III.Xulosava takliflar IVFoydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Kirish Kusr ishi mavzusining dolzarbligi. Biz va bizni o’rab turgan jamiyat,atrof muhit o’zaro muvozanatda va harakatda. Albatta hamma sohada munosabat va harakatlarda tabiat qonunlarida muvozanat bo’lgani kabi makroiqtisodiy qonuniyatlarda ham muvozanat mavjud.
Rivojlanayotgan iqtisodiyot, rivojlanayotgan jamiyat va bozor iqtisodiyoti-bu hozirgi kecha kunduzimizda mamlakatimizda yuz berayotgan hodisalar. Pandemiya oqibatida biroz suslashgan iqtisodiyotimiz asta sekin yana oldingi holatini tiklamoqda. Bozorlar muvozanati o’z holiga-asliga qaytmoqda. Talab va taklif raqobat kabi bozorni muvozanatga keltiruvchi omillar yana sog’lom ishlashda davom etmoqda. Davlarning bozorga qisman aralashishi oqibatida bozor muvozanati ta’minlanmoqda.
Bozor muvozanati tovarlarga, xizmatlarga va resurslarga talab va taklif o'rtasidagi miqdoriy muvofiqlikda namoyon bo'ladi va resurslarni yetkazib beruvchilar va tovarlar va xizmatlarning iste'molchilari sifatida uy xo'jaliklarining, korxonalar esa resurslarni iste'molchilari va tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchilarning manfaatlariga ta'sir qiladi. Boshqacha qilib aytganda, bu jamiyatdagi umumiy iqtisodiy manfaatlarni maqbul ravishda amalga oshirishdir. Bu yerda biz sog'lom "iqtisodiy qon aylanishi" bilan taqqoslashimiz mumkin, unda iqtisodiyotning "kasalliklari" - inflyatsiya, ishsizlik va hokazo tufayli parchalanish hodisalari bo'lmaydi. Bunday muvozanat g'oyasi butun jamiyat tomonidan talab qilinadi, chunki bu keraksiz sarflangan resurslar va realizatsiya qilinmagan mahsulotlarsiz ehtiyojlarni to'liq qondirishini anglatadi. Mana shu maqsadga erishish yo’lida bizning davlatimizda ham bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda, strategiyalar amalga taqdim qilinmoqda.
Bu haqda prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oliy majlisga murojsatnomasida “Makroiqtisodiy barqarorlik iqtisodiy islohotlarning mustahkam asosidir”1 deb takidlab o’tdilarki buning asosida bozor muvozanatini taminlash yotadi desak mubolag’a bo’lmaydi.
"Bozor" tushunchasi ko'p qirrali bo'lib, jamiyat va moddiy ishlab chiqarish rivojlanishi bilan u bir necha bor o'zgargan. Dastlab bozor makon, ya'ni bozor savdosi uchun joy, bozor maydoni sifatida qaraldi. Bu bozor ibtidoiy jamiyatning parchalanish davrida ham, jamoalar o'rtasidagi almashinuv ozmi-ko'pmi muntazam bo'lib, ma'lum bir joyda va ma'lum bir vaqtda sodir bo'lganda paydo bo'lganligi bilan izohlanadi. Ammo, Bozor – eng avvalo iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi, xaridor bilan sotuvchi o’rtasidagi ayriboshlash, oldi-sotdi munosabati sifatida maydonga chiqadi.
Xaridorning bozordagi xarakati talab, sotuvchiniki esa taklif shaklida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida “talab” va “taklif” fundamental, asosiy tushunchadir. Talab – bu pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojning bozorda namoyon bo’lishidir. Boshqacha aytganda talab to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan ehtiyojdir. Talab so’zini yanada kengroq ma’lumot bersak, talab – xaridor, iste’molchining bozorda muayyan to’lovlarini, ne’matlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan ta’minlangan ehtiyoj. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda, talab iste’mol kattaligi miqdoridir. Misol tariqasida shuni keltirish mumkinki, agar sizni kompyuter olgingiz keldi, ammo mablag’ingiz yo’q, bu vaziyatda ehtiyojimgiz talab emas, balki xohish sifatida namoyon bo’ladi. Pulingiz bo’lgandagina bu istak talabga aylanadi. Taklif bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo’lib, talab chambarchas bog’liq. Taklif talab bilan qarama-qarshi sotuvchi o’z taklifi bilan turadi. Taklif – bu bozorda mavjud yoki bozorga olib kelinishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar yig’indisidir. Taklif ishlab chiqarish bilan aniqlansada, aynan uning o’zi emas. Tovarlar taklifi yaratilgan mahsulotlar miqdoriga teng bo’lmasligi mumkin, ya’ni tavorlarni taklif qilish va ne’matlar ishlab chiqarish hajimlari bir xil bo’lmasligi mumkin.