Kolloid eritmalarda dispers zarrachalarning o`lchamlari 1-100 nm, hatto undan ham katta bo`lib, bu zarrachalar juda ko`p molekula yoki atomlardan iboratdir. Kolloid eritmalar ba`zi yuqori molekulyar moddalarni, masalan, oqsillarni suvda eritish natijasida, shu bilan birga kimyoviy reaksiyalar oqibatida ham hosil bo`ladi. Ularning xarakterli hossasi tiniqligi hisoblanadi.
Ba`zi kolloid eritmalar qaynatilganida elektr zaryadga ega bo`lgan ionlar desorblanadi, natijada kolloid zarrachalar yiriklasha boshlaydi va idish tubiga cho`kib qoladi.
Kolloid zarrachalarning bir-biriga yopishib, eritmadan cho`kish hodisasi koagulyatsiya deb ataladi. Ba`zi kolloid eritmalar koagulyatsiya natijasida iviq massa holatiga o`tadi, bu holatdagi modda gel (yoki iviq) deb ataladi. Masalan, 3 % li jelatina issiq suvda gelga yoki iviqqa aylanadi. Buning sababi shundaki, kolloid zarracha juda ko`p suv molekulalarini o`z atrofiga yig`adi. Ko`p gellar kundalik turmushda (masalan, jele, marmelad, ba`zi bir nozu-ne`matlar) ko`plab ishlab chiqariladi va foydalaniladi.
Dag`al dispers sistemalar suspenziyalar va emulsiyalarga bo`linadi. Suspenziyalar–dispers zarrachalarning o`lchami 100 nm dan katta, zarrachalarni asbobsiz ko`z bilan ko`rish mumkin, oson cho`kadi, ba`zan bir necha daqiqa mobaynida cho`kadi, oddiy filtrlarda (qog`oz filtrda) ushlanib qoladi.
Emulsiyalar–dispers zarrachalarning o`lchami 100 nm dan katta, ayrim tomchilarni asbobsiz ko`z bilan ko`rish mumkin, masalan o`simlik moyi yoki benzinning suv bilan aralashmasi.
Dostları ilə paylaş: |