Бўлими 8-мактабгача таълим муассасаси



Yüklə 46,01 Kb.
səhifə2/2
tarix26.02.2023
ölçüsü46,01 Kb.
#85693
1   2
davlat dasturi loyihasi muhokamasi

ESHITILDI
Kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan asosiy masala yuzasidan MTT rahbari F.Fayzullayeva so’zga chiqib, o’z so’zida 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yildi. 2021 yil Davlat dasturi loyihasi 276 ta banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning 29 dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida aks etgan asosiy g‘oya va takliflari hamda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalar asosida ishlab chiqildi. Mazkur Farmon loyihasini 10 kun mobaynida jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazishdan maqsad – joriy yilgi Davlat dasturini fuqarolar, xalqaro ekspertlar, tegishli vazirlik va idora mutaxassislari, biznes doira hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining fikr-mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda yanada takomillashtirishdan iborat. Shu maqsadlarda joylarda jamoatchilik vakillari ishtirokida turli davra suhbatlari, bahs-munozaralar, ochiq muloqotlar o‘tkaziladi, shuningdek, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama platformalari yaratiladi. Muhokamalar jarayonida kelib tushgan barcha fikr-mulohazalar va takliflar umumlashtirilib, ularning natijalari asosida Davlat dasturi loyihasi yanada takomillashtiriladi. Davlat dasturi loyihasi 5 ta bobdan iborat bo’lib, 4-bo’lim “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash hamda ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” dan iborat. Dasturdagi “4.5-Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” bo’limining 219 dan 223-bandlarida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun quyidagilar kiritilgan:

  1. Yil yakuni bilan bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 65 foizga yetkazish.

  2. Maktabga tayyorlov tizimi bilan 560 ming nafar 6 yoshli bolalarni yoki ularning 82 foizini qamrab olish.

  3. Bolaning ilk rivojlanishiga xizmat qiladigan maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini yanada kengaytirish

  4. YUNISYEF hamda Jahon banki bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta’limni uyda berish modelini joriy qilish

  5. Maktabgacha ta’lim tizimiga xususiy sektor mablag‘larini ko‘proq jalb qilish va budjetdan subsidiya berish hisobidan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan bolalar ulushini 25 foizgacha yetkazish.

Yuqoridagilardan YUNISYEF hamda Jahon banki bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta’limni uyda berish modelini joriy qilish bandi juda ham yaxshi o’ylangan g’oya bo’lib bunda, imkoniyati cheklangan bolalar ham uyda turib maktabgacha ta’limni uyda olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bunday bolalar yoshlikdanoq o’zlarini vatanga kerak inson ekanliklarini his qiladilar. O’qishga va ta’lim olishga bo’lgan qiziqishlari yanada kuchayadi. Ular kelajakda komil inson bo’lib yetishishlari uchun turtki bo’la oladi.
Bundan tashqari yil yakuni bilan bolalarni maktabgacha talimga qamrovini 65 foizga yetkazishda davlat investitsiyalar dasturi doirasida 225 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari, jumladan 22 ta yangi qurilish va 203 ta ob’ektlarni rekonstruksiya qilish hisobiga yangi o‘rinlarni yaratish, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi faoliyat yuritmaydigan guruhlarni ta’mirlash hisobiga qo‘shimcha o‘rinlarni yaratish, maktabgacha ta’lim tizimiga xususiy sektorni jalb etish orqali nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish nazarda tutilganligi haqida aytib o’tildi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish ham bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olinishini kengaytiradi.

SO'ZGA CHIQDI
Kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan MTT tarbiyachisi M.Mirzayeva so’zga chiqib o’z so’zida, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar stratyegiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida asosan yoshlarga qaratilganligi kelajagimiz poydevorlari uchun barcha shart-sharotlar yaratish ko’zlanganligi haqida aytib o’tildi. Ularning nafaqat ta’lim tarbiya olishlari balki, sog’ligini ham asrash yo’lida ham bir qancha ishlar dasturga kiritilganligi aytib o’tildi. Jumladan: 6-23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutrient kukuni bilan, va 2-10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo’yicha maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlash haqida keltirilib o’tilgan. Kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ham operatsiyalar o’tkazish ham nazarda tutilganligi buning yaqqol tmsolidir.

SO'ZGA CHIQDI
Ushbu masala yuzasidan MTT xo’jalik mudirasi: N.Xalilova so’zga chiqib o’z so’zida jismoniy tarbiya va sport muassasalari hamda 16 mingta maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalari ni sport jihozlari bilan ta’minlash bo’yicha aytib sportga bo’lgan e’tibor yanada kuchaytirilishi, bolalarni sport musobaqalariga tayyorlash, ularni sportning barcha turlari bo’yicha qiziqishlarini orttirish kerakligi haqida aytib o’tildi.

Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib yig’ilish


QAROR QILADI:


  1. 8-maktabgacha ta'lim tashkilotining mudiri F.Fayzullayevaning axboroti ma'lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Barcha pedagog hodimlar davlat dasturi bilan to’liq tanishib chiqsinlar.
  3. Barcha pedagog hodimlardan davlat dasturi bo’yicha taklif va fikrlari yozma ravishda olinsin.
  4. Mazkur qaror ijrosining nazoratini o'z zimmamga olaman.


Yig'ilish kotibi: D.To’rayeva

Yüklə 46,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin