A) Bu spool ko’za-chi, so’zimga ishon, Sodiq xizmat qildi ming yil odamga. B) Qulupnayning mevasi naviga qarab uchtadan—saksontagacha bo’lishi mumkin.
C) Hozir cho’qqilar avvalgidan ko’ra oqroq va silliqroq ko’rinardi.
D) Yigit Dildorning oldida biroz duduqlanib gapirardi.
9. Shunda ulg’aydi bo’yi,
Ko’ring bo’ldi yigitcha.
Vazmin, tiyrak, chaqnoq ko’z,
Sarg’ish soch-u oppoq yuz.
Mazkur she’r parchasida nechta so’z fonetik o’zgarishga uchragan?
A) 3 ta B) 2 ta C) 5 ta D) 4 ta
10. Qaysi javobda berilgan so’zda ham hosil bo’lish usuliga ko’ra,
ham ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra bir xil guruhga mansub undoshlar qatnashgan?
A) mazmundor B) gulbog’
C) qushcha D) yarog’li 11. Qaysi javobda ega shaxs oti bilan ifoda etilgan?
A) Qo’shiq aytganlarim faqat otamga yoqqan emish.
B) U ertasi kuni qassobning mashinasida tog’ ortiga jo’nadi.
C) Aravakash mo’mingina, muloyim va kamgap kishi. D) Yaxshilikka yomonlik shu ekan-da, dedi mirobga qarab.
12. Oqqirov kasalligi g’o’za barglarida uya quradi, tuproqda,
o’simlik chirindilari orasida qishlaydi va bahorda ekinlarni
tinimsiz kasallantiradi.
Mazkur gapdagi yasama so’zlar sonini aniqlang.
A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 9 ta 13. Quyida berilgan qaysi so’z morfem jihatdan asos+lug’aviy
shakl yasovchi+so’z yasovchi+lug’aviy shakl yasovchi+sintaktik
shakl yasovchi shaklida o’rinlashgan?
A) muzlatkichlarni B) o’simliklardan
C) isitkichlarga D) buyruqlaringiz
14. Kiyikcha otasi va onasidan hatto ancha orqada qoldi. –Hay,
biroz sekinroq yursalaring-chi? Butunlay toliqib qolayozdim-ku! –
Picha sabr qilinglar, men ham endi sizlarga yetib olay.
Mazkur parchada qo’llangan ravishlar sonini aniqlang.
A) besh o’rinda B) to’rt o’rinda
C) uch o’rinda D) olti o’rinda 15. Kiyikcha otasi va onasidan hatto ancha orqada qoldi. –Hay,
biroz sekinroq yursalaring-chi? Butunlay toliqib qolayozdim-ku! –
Picha sabr qilinglar, men ham endi sizlarga yetib olay.
Mazkur parchada yordamchi so’z turkumiga oid birliklar necha o’rinda qo’llangan?
A) besh o’rinda B) to’rt o’rinda
C) uch o’rinda D) olti o’rinda
16. U Buxoroda bu binoning tarhini yaxshilab chizishini aytdi.
Mazkur gapda necha o’rinda boshqaruvli birikmalar qo’llangan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
17. Qaysi javobda fe’lning sifatdosh shakli qo’llanmagan?
A) Bu ovoz hali mag’zi ilmagan dalalarga, osmondagi oqimtir
yulduzlarga tegib aks-sado berayotgandek tuyulardi.
B) Sizlarga hamisha keng fe’l, ketmas davlat, tuganmas ilm ato qilsin.