D) Otaxon, singlimning ko'ngli juda nozik. Qaytgunimcha unga qo'ldan kelgancha qarab, yordam berib turing.
2. Quyida berilgan qaysi gapda asosi yasama sifat bo'lgan, fonetik qoida asosida yozilgan ot so'z turkumiga tegishli so'z ishtirok etgan?
A) Yurtimiz tinchligini o'ylar ekansiz-u, shu tinchlik, avvalo , uyingizdan boshlanishini unutib qo'yibsiz-da?! B) Sarg'aygan yaproqlarga qarar ekanman, allaqachon kuz kirib kelganini, ammo hali hamon qalbimda sovuq qishning tafti ufurib turganini his qildim.
C) Uning bu sokinligi qandaydir g'ayritabiiy tuyular, ko'zlari mayus yerga qarardi.
D) Go'yoki olamshumul xabarni eshitgandek baqirib yubordi.
3. Quyidagi so`zlarning qaysi birida so`zni asos va qo`shimchalarga ajratish bilan birga b`og`inlarga ajratish teng kelmagan?
A) bargga B) ishchilarda
C) sabrsizlikdan D) bargi 4. O`zbek tilida oxirgi bo`g`iniga urg`u tushmasligi mumkin so`z turkumlari belgilang?
A) modal so`zlar
B) yordamchi so`zlar
D) olmosh va ravishlar 5. O`g`ling elga ega bo`lib ulg`aysin,
Qizlaring malika bo`lib ulg`aysin.
Ushbu baytda necha o`rinda fonetik hodisaga uchragan so`z qatnashgan?
A) 2 o`rinda B) 3 o`rinda C) 1 o`rinda D) 4 o`rinda
6. Dam olish kuni bog`ga ko`chat ekkani bordik. Gapda qo`llangan sintaktik shakl yasovchi qo`shimchalar qaysi qatorda to`g`ri ko`rsatilgan?
A) –ga, -di, -k B) –i, ga-, -i, -di,-k
C) –ni, -ga, -ni,-dik
D) –ni,-ga, -i, -di,-k
7. Men bugun o`nta olma yedim. Mazkur gapda ma`no ko`chishining qaysi turi qo`llangan?
A) metonimiya B) metafora
C) sinekdoxa
D) vazifadoshlik
8. Gulshanda gullarni tebratar sabo,
Adashgan yo`lchiday daydib yurar yel.
Ushbu misralarda so`zlarning shakl va ma`no munosabatiga ko`ra qanday turi ishtirok etgan?
A) Omonim B) Sinonim C) Antonym D) Paronim
9. Qaysi uslubda isyon, irqchilik, qo`poruvchilik, siyosiy tanglik, bitim, reja, qurultoy, anjuman kabi ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so`zlar ko`proq qo`llaniladi?
A) rasmiy uslub
B) ilmiy uslub
C) badiiy uslub