Blokcheyn texnologiyasi reja: Blokcheyn haqida asosiy tushunchalari Blokcheyn texnologiyasi


Blokcheyn haqida asosiy tushunchalari



Yüklə 24,64 Kb.
səhifə2/6
tarix23.05.2023
ölçüsü24,64 Kb.
#120608
1   2   3   4   5   6
Xumoyun

1. Blokcheyn haqida asosiy tushunchalari
Blokcheyn texnologiyasini xesh, xesh-funksiya va xesh-summa tushunchalarisiz tushunish imkonsiz. Ko’pgina adabiyot manbalarida blokcheyn tushunchasi, birinchi navbatda, markazsizlashtirilgan tarmoqlar bo’yicha taqsimlangan anonim tranzaksiyalar ro’yxatlari sifatida ko’rib chiqiladi. Blokcheyn shunday strukturaga ega bo’lsa ham, blokcheyn texnologiyasi asosi - markazsizlantirish va anonimlik emas, balki kriptografiyaning o’zidir.
Blokcheyn tarmog’idagi barcha kommunikatsiyalar kriptografiya tamoyillari bo’yicha faoliyat yuritadi, ya‘ni ma‘lumotlar bazasiga har qanday o’zgartirish kiritish haqiqiyligi tekshiriladi, soxtalashtirish imkonsiz, barcha axborot yuboruvchilar va oluvchilar identifikatsiya qilinadi, tarmoqqa yangi blokni sanksiyasiz qo’shishning iloji yo’q.
Kriptografiya
Kriptografiyaning asosiy vazifasi – axborotni o’zgartirishlardan va uni saqlash hamda yuboruvchidan oluvchiga uzatish jarayonida sanksiyasiz kirishdan himoya qilishdir. Bunga ma‘lumotlarni saqlash, ishlov berish va almashish tizimida quyidagi elementlardan foydalanish yo’li bilan erishiladi:
 Kriptografik kalitlar – belgilarning muayyan qoidalar bo’yicha tartibga solingan tasodifiy ketma-ketligidir. Har bir kalit noyob bo’lib, belgilar ketma-ketligi hech qachon takrorlanmaydi. Kalit bitta foydalanuvchiga yoki foydalanuvchilar guruhiga qarashli bo’lishi mumkin.
 Maxfiylik siyosati (konfidensiallik) – maxsus algoritmlar va shifrlash usullari (simmetrik va asimmetrik), abonentlarning o’zaro autentifikatsiyasi (parollar bilan almashish), raqamli sertifikatlar va imzolar, va hokazolardan foydalanish hisobiga erishiladi.
 Uzatiladigan ma‟lumotlar yaxlitligi va haqiqiyligi – shifrlash orqali saqlanadi, elektron imzo bilan tasdiqlanadi.
 Autentifikatsiya – tizimning faqat qonuniy ishtirokchilari o’rtasida aloqani o’rnatish, buzib kirishlardan himoya. Tizimga kirishga ruxsat olish uchun abonent tekshiruvdan o’tib, o’zining foydalanuvchi huquqlarini tasdiqlashi lozim.
 Ma‟lumotlarni shifrlash – shunday fundamentki, unda ma‘lumotlarni himoya qilishning butun tizimi quriladi. SHifr – bu dastlabki ma‘lumotning uni taqdim etishning boshqa shakliga o’zgarishidir, lekin barcha dastlabki ma‘lumotlarni 8 saqlagan holda. Shifrsizlantirish – dastlabki xabarni shifrlash kaliti yordamida tiklash. Kriptografiyaning yuqorida ko’rsatilgan elementlari asosida xesh-funksiya yotadi. Xesh-funksiya (ingl. hash – «aralashma‖) – muayyan algoritm bilan bajariladigan, ixtiyoriy uzunlikdagi kirish ma‘lumotlari massivini belgilangan uzunlikdagi chiqish satriga o’zgartirishni amalga oshiradigan funksiya. Hozirgi vaqtda xesh-funksiyalar mexanizmi amaliyotda juda keng qo’llaniladi. Xesh-funksiyalar yordamida quyidagilar amalga oshiriladi:
 Ma‘lumotlar yaxlitligini tekshirish (o’zgartirishlarni topish); tekshirish mohiyati xesh-kodni saqlash va o’sha ma‘lumotlar uchun takror hisoblab chiqarilgan xeshma‘noning etaloni bilan keyingi taqqoslashdan iborat. Taqqoslanadigan kattaliklarning tengsizligi yaxlitlikning buzilishini bildiradi.
 Autentifikatsiya tizimlari. Parollar xeshlantirilishi qo’llaniladi.
 Elektron raqamli imzo (ERI) yaratish va tekshirish; xesh-funksiyalar mexanizmi imzoni generatsiya qilish va tekshirish uchun zarur bo’lgan vaqtni kamaytirish, hamda imzo uzunligini qisqartirish uchun qo’llaniladi.
 Blokcheyn texnologiyasi va Bitkoin kriptovalyutalari. Xesh-funksiya amalga oshiradigan o’zgartirish xeshlashtirish deb ataladi. Dastlabki ma‘lumotlar kirish massivi, “kalit” yoki “xabar” deb ataladi. O’zgartirish natijasi (kirish ma‘lumotlari) “xesh”, “xesh-kod”, “xesh-summa” deb nomlanadi.
Xesh-funksiyaning asosiy xususiyatlari
1. Xesh-funksiya kirishida ixtiyoriy uzunlikdagi xabar yuboriladi;
2. Xesh-funksiya chiqishida belgilangan uzunlikdagi ma‘lumotlar bloki shakllanadi;
3. Xesh-funksiya chiqishidagi belgilar yagona qonun bo’yicha taqsimlangan;
4. Xesh-funksiya kirishidagi bironta bit o’zgarishida chiqish ancha o’zgarishlarga uchraydi.
Agar xesh-funksiya sanab o’tilgan xususiyatlarni qoniqtirsa, u shakllantiradigan belgi (ma‘no) xabarlarni betakror ravishda belgilab, xabarni uzatishda o’zgartirishga bo’lgan har qanday urinish xeshlashtirish orqali aniqlanadi.

Yüklə 24,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin