Bmtning bola huquqlari tòĜrisidagi konversiyasi


-modda. Bolaning g‘ayriqonuniy ko‘chirilishdan himoyalanish huquqi kafolatlari



Yüklə 56,83 Kb.
səhifə10/18
tarix05.06.2023
ölçüsü56,83 Kb.
#124925
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
BMTNING BOLA HUQUQLARI TÒĜRISIDAGI KONVERSIYASI

14-modda. Bolaning g‘ayriqonuniy ko‘chirilishdan himoyalanish huquqi kafolatlari
Har bir bola g‘ayriqonuniy ko‘chirilishdan va chet eldan qaytarilmaslikdan himoyalanish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Bolaning chet elga safarlari faqat ota va onaning yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Ushbu masala bo‘yicha ota va ona yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasidagi har qanday kelishmovchilik sud tomonidan hal qilinadi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ota-ona yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolaning yo‘qolganligi haqida tegishli organlarga darhol xabar berishlari shart.
Ota-ona yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar hamrohligida bo‘lmagan bolalar ularning yoniga kafolatli qaytarilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Bolani ota yoki ona yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, ya’ni ota-onaning, ular o‘rnini bosuvchi shaxsning bolaga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlashi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxsning o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi, shu jumladan bolani o‘z ota-onasiga yoki yaqin qarindoshlariga yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududida taqiqlanmagan va tegishli davlatning qonunchiligiga binoan zarur vakolatlarga ega bo‘lgan tashkilotga topshirmasdan qoldirish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-martdagi O‘RQ-823-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 03/23/823/0150-son — 2023-yil 16-iyundan kuchga kiradi)
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari chet elda qonuniy vakillari hamrohligisiz turgan bolalarning — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritadi va ularning qaytarilishi bo‘yicha choralar ko‘radi. Ota-onasi bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki ular vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda, vasiylik va homiylik organi ana shu bolalarni oilaga, bunday imkoniyat bo‘lmaganda esa yetim bolalar yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun tayinlangan muassasalarga joylashtirish choralarini ko‘radi.
Qonuniy vakillari hamrohligisiz chet elda turgan bolalarni qaytarish masalalari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq davlat ijro etish maqsadlari, shakllari va usullaridan qat’i nazar, bolalarni g‘ayriqonuniy ko‘chirishning oldini olish, shuningdek ularni doimiy yashaydigan mamlakatiga qaytarish choralarini ko‘radi.
(14-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 56,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin