Bmtning bola huquqlari tòĜrisidagi konversiyasi


-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ta’lim olish huquqi kafolatlari



Yüklə 56,83 Kb.
səhifə18/18
tarix05.06.2023
ölçüsü56,83 Kb.
#124925
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
BMTNING BOLA HUQUQLARI TÒĜRISIDAGI KONVERSIYASI

29-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ta’lim olish huquqi kafolatlari
Davlat maxsus pedagogik yondashuvga ehtiyoji bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning belgilangan ta’lim standartlari va talablari darajasida bilim olishlarini kafolatlovchi zarur mablag‘lar ajratadi hamda boshqa choralar ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar va nogironligi bo‘lgan bolalar ular uchun maxsus ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim muassasalarida o‘qish va tarbiyalanish hamda o‘z jismoniy, aqliy qobiliyatlari va xohishlariga mos bo‘lgan ta’lim olish huquqiga ega.
(29-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning tavsiyasi bo‘lgan taqdirda, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar va nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari o‘z xohish-istagiga ko‘ra hamda bolaning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta’lim (umumta’lim yoki ixtisoslashtirilgan) muassasasi turini tanlash huquqiga ega.
(29-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda qonunchilik bilan imtiyozlar belgilanishi mumkin.
(29-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 23 va 24-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-bobi (“Nogironlarning ta’limi va ularni kasbga tayyorlash”) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 100-sonli “Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyati to‘g‘risida”gi qarori.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2691, 30.06.2015-y.).
Yüklə 56,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin