23-modda. Bolaning bilim olish huquqi kafolatlari Har bir bola bilim olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang. Davlat bolaning bepul majburiy umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim olishini kafolatlaydi.
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 3-bob. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari 24-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning oila muhitiga bo‘lgan huquqi kafolatlari Davlat bolaning oilada bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi sharoitlarni bartaraf qilish, bola oilasidan ajratilgan hollarda esa uni oilasiga tezroq qaytarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang. Davlat nogironligi bo‘lgan bolalarni hamda jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga moddiy yordam, maslahat yordami va boshqa yordam ko‘rsatadi hamda ularni qo‘llab-quvvatlaydi.
(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishda imtiyozli huquq bu vazifani bajarishga qodir bo‘lgan qarindoshlariga beriladi.
Bolani oilaga joylashtirishning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, uni ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish oxirgi choradir.
Oilada tarbiyalanishi mumkin bo‘lmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar ularga zarur g‘amxo‘rlikni hamda qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan muqobil shaklda joylashtirilish huquqiga ega.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirishning shakllari quyidagilardir:
vasiylik va homiylikni belgilash;
bolani farzandlikka olish;
oilaga tarbiyaga olish (patronat);
ixtisoslashtirilgan tarbiya, davolash muassasalariga, ijtimoiy himoya muassasalariga joylashtirish.
Oldingi tahrirga qarang. Qonunchilikka muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirishning boshqa shakllari ham nazarda tutilishi mumkin.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(24-moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining VI-bo‘limi (“Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllari”), O‘zbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizom.