Bmtning bola huquqlari tòĜrisidagi konversiyasi


-modda. Bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash



Yüklə 56,83 Kb.
səhifə9/18
tarix05.06.2023
ölçüsü56,83 Kb.
#124925
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
BMTNING BOLA HUQUQLARI TÒĜRISIDAGI KONVERSIYASI

12-modda. Bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashni kafolatlaydi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi.
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-dekabrdagi 437-sonli “Bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
13-modda. Bolaning oilaviy muhitga bo‘lgan huquqi kafolatlari
Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ular bilan birga yashash va ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish huquqiga ega, uning manfaatlariga zid bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Bolaning ota-onasi bo‘lmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda hamda bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda uning oilada yashash hamda tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.
Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota va onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi.
Ota va ona turli davlatlarda yashagan taqdirda ham bola ular bilan ko‘rishish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekstremal vaziyatlarga (ushlab turish, hibsga olish, qamoqqa olish, davolash muassasasida bo‘lish va boshqa hollarda) tushib qolgan bola o‘z ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rishish huquqiga ega.
(13-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 56,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin