Nazorat savollari
1.
Fan predmeti nima?
2.
Ilmiy tadqiqotning umumiy tushunchasi.
3.
Kurs vazifalari nimadan iborat?
4.
Kursni o‗rganish natijalari nimada namayon bo‗ladi?
5.
Fanning zamonaviy rivojlanish tendensiyalari nimalardan iborat?
6.
Fan sohasi bо‗yicha ilmiy tadqiqot olib borish ilmiy maqomining
asosiy belgilari nimalardan iborat?
7.
Ilmiy bilish nima?
8.
Ilmiy tadqiqotning umumlashgan rejasi qanaqa bo‗ladi?
11
2 BOB. О„ZBEKISTONDA VA HORIJDA ILMIY
TADQIQOTLARNING RIVOJLANISHI
2.1. Qadimgi dunyo ilmiy markazlarining rivojlanishi
Insoniyat tarixida ilk mulk munosabatlari paydo bо‗lishi,
terimchilik va ovchilik hayot tarzidan о‗troq hayotga asoslangan yangi
davrning vujudga kelishi tamaddun rivojlanishidagi alohida bosqichni
ochib berdi. Bu davrda insonlar jamoa bо‗lib, tabiiy kelib chiqishi
mumkin bо‗lgan turli tо‗siqlarni bartaraf etish, hayot kechirishni
qulaylashtirishga bо‗lgan intilish, mehnat qilishni yengillashtirish
omillarini yaratish uchun insoniyat uni о‗rab turgan muhitni о‗rganish,
turli bilimlarni о‗zlashtirish orqali yangi va qulay qurollarni kashf etish,
mol-mulk munosabatlaridagi turli hisob-kitob ishlarini amalga oshirish
uchun qonuniyatlarni vujudga keltirish hamda kundalik hayotga tadbiq
etish uchun asos bо‗ldi.
Insoniyat tarixi ilk gomosafens turning neondertal odamlar turini
siqib chiqarishi oqibatida boshlangan bо‗lib, bu turning hayot nishabini
egallash ustunligini nafaqat tana tuzilishining qulayligi, balkim uning
neondertal turdan fikrlash qobiliyatining ustunligi bо‗lgan. Shunday
qilib, insoniyat tarixining ibtidosida insonning yashab qolishga nisbatan
bо‗lgan kurashuvchanlik qobiliyatining ustunligi boshqa bosqichlarda
yashovchanligini belgilab bergan.
Ushbu ustunlik mazkur turning keyingi rivojlanish bosqichlarida
о‗zaro raqobat muhitini yaratib berdi. Bu raqobat о‗z navbatida
rivojlantirishning asosiy omilini belgilab berdi.
Raqobat – bu eng avvalo hayot uchun kurashishda kо‗ringan
bо‗lsa, mulkdorlik munosabatlari paydo bо‗lgach, alohida guruhlarning
hukmronlik mavqeiga erishish, uni kuchaytirish, qolaversa boshqarish
mexanizmini takomillashtirish yо‗llarini ahtarishga majbur qildi.
Tarixga nazar soladigan bо‗lsak, qayerda mexanizm takomillashtirish
kuchli bо‗lgan bо‗lsa, kuchli markazlashgan davlatning barpo bо‗lishiga
olib kelib, uning boshqa mavjud davlatlardan ustunligini belgilab
bergan. Bunda asosiy omil bо‗lib fanning turli kо‗rinishidagi rivojlanishi
natijalari, erishayotgan yutuqlari salmog‗i bilan о‗lchangan.
О‗z о‗rnida savol tug‗iladi - nega qadimda mavjud bо‗lgan
davlatlarning hattoki fan rivojlangan, gullab-yashnaganlari ham
tanazulga yuz tutgan? Bunday savollar ushbu davlatlar tarixiga nazar
Dostları ilə paylaş: |