Bob. Kasbiy psixologiya fanining asosiy tadqiqot metodlari



Yüklə 66,33 Kb.
səhifə1/9
tarix14.12.2023
ölçüsü66,33 Kb.
#176825
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-MA\'RUZA

  1. BOB. KASBIY PSIXOLOGIYA FANINING ASOSIY TADQIQOT METODLARI

Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi


Kasbiy psixologiya muhandislik sohasining ob’ektiv qonuniyatlarini o‘rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu metodlar o‘zining maqsadi va yo‘nalishiga qarab tasniflanadi. Tadqiqot maqsadiga ko‘ra muhandislik psixologiyasi metodi quyidagi uch guruhga bo‘linadi.
Ilmiy tadqiqot metodi. Ushbu metod yordamida shaxslarning huquq normalariga nisbatan munosabatining psixik qonuniyatlari
o‘rganiladi, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi amaliyot xodimlari uchun ilmiy jihatdan asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi.

  • anamnestik (biografik) metod;

  • kuzatish va tabiiy eksperiment metodlari;

  • shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish-ning instrumental (test, anketa va boshq.) metodlari.

Ushbu metodlarning qo‘llanishi individual-psixologik xususiyatlarni o‘rgatadi. Psixolog-ekspert oldida har bir bosqichdagi psixologik determinantlar (omillar)ni ajratish vazifasi turadi. Birinchi bosqichda o‘zini o‘zi anglash, o‘zini o‘zi baholashning shakllanishi, haqiqiy hayotiy qadriyat va axloqiy-me’yoriy yo‘naltirishlarning rivojlanish xususiyatlarini tahlil qilish zarur. Ekspertizadan o‘tkazilayotgan shaxsning individual-tipologik xususiyatlarini tahlil qilish ham muhim o‘rin tutadi. Ikkinchi bosqichda ekspertizadan o‘tkaziluvchining qaror qabul qilishining o‘ziga xos tomonlari tadqiq etiladi. Qaror qabul qilish

sub’ektning shaxsiy jihatlari, xatti-harakat motivlarining ob’ektiv tashqi vaziyat bilan o‘zaro ta’sir jarayoni sifatida baholanadi.
Shunday qilib, psixolog-ekspert oldida turgan vazifalarning keng qamrovligi va xilma-xilligini inobatga olgan holda, ekspertizadan o‘tkaziluvchining shaxsini bir marta tekshirish emas, balki uning rivojlanish jarayonini o‘rganish, turli sharoitlarda o‘zini namoyon etishini tahlil qilish zarur. Hech bir psixologik metod shaxs haqida mutlaqo to‘g‘ri ma’lumot olinishini kafolatlamaydi. Shaxsni samarali psixologik tadqiq etishning muhim tomoni – standart va nostandart tadqiqotlar ma’lumotlarini, eksperimental va noeksperimental metodlarni qo‘shish hisoblanadi. Kasbiy psixologiyaning o‘ziga xos metodlariga muhandislik faoliyati ishini psixologik tahlil qilish kiradi. Bu o‘rinda qaror qabul qilish muammosini tadqiq etish ayniqsa samarali hisoblanadi .
So‘nggi yillarda psixodiagnostika o‘tkazishda kompyuterdan foydalanishga qiziqish keskin oshdi. Avtomatlashtirilgan psixologik tizimlarning dastlabki variantlari mamlakatimizda XX asrning 60-yillaridayoq ishlab chiqilgan edi. Ammo ular, EHMlardan foydalanish qiyinligi va ularning qimmat turishi sababli, ommaviy tarzda yoyilmadi. O‘tgan asrning 80-yillari o‘rtalaridan boshlab esa kompyuter tizimlari test o‘tkazish amaliyotiga keng tatbiq etila boshlandi.
Kompyuterlashtirishdan avval psixologik test o‘tkazish uzoq davom etadigan, bir xil tusdagi bir muncha murakkab ish bo‘lgan. Testdan o‘tayotgan shaxs juda ko‘p savollarni o‘qir hamda maxsus jadvallarning katta qog‘ozlarini to‘ldirar edi. To‘ldirilgan jadvallarga “qo‘lda” ishlov berish ayniqsa qiyin va katta hajmli ish bo‘lgan. Psixolog yoki uning yordamchilari javoblarni guruhlarga ajratar (yordamchi jadvallarga yozib qo‘yar yoki maxsus trafertalardan foydalanar), har bir guruhdagi javoblarni hisoblar va aniq psixologik ko‘rsatkichlarni aniqlar edilar. Bunday psixologik diagnostika quyidagi sabablarga ko‘ra amalda qoniqarsizdir:

  • testlarda kam sonli xohlovchilarning ishtirok etishi, javoblarga ishlov

berishning nihoyatda qiyinligi statistik ji- hatdan ishonchli natijaga erishish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni shakllantirishga imkon bermasligi;

  • jarayonning testdan o‘tkazilayotgan shaxs ruhiyati va his- tuyg‘ulariga ta’siri, natijada uning psixologik holatini buzib ko‘rsatishi;

  • javoblar ishlovi hajmining kattaligi muqarrar ravishda hisob-kitob xatolariga olib kelishi;

  • ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, test o‘tkazuvchi psixo- logning sub’ektiv qarashlari va test natijalarini amaliy qilishi.

Hozirgi vaqtda test o‘tkazish jarayoni kompyuterda erkin suhbat shaklida olib boriladi. Savollarning bir xildagi ketma- ketligiga barham berilgan. Har bir savol ekranda paydo bo‘ladi va javob kiritilganidan keyin yo‘q bo‘ladi. So‘ngra keyingi savol paydo bo‘ladi va hokazo. Vaziyat uzluksiz o‘zgarib turadi. Testdan o‘tayotgan shaxsning o‘zi suhbat (dialog) sur’atini, hissiy boyligini belgilaydi. Bularning bari shaxsning suhbatda o‘zini to‘liq namoyon etishiga yordam beradi.
Hozir kompyuterlarda psixologik parametrlarni hisoblash hamda testdan o‘tayotgan shaxs javoblarining butun majmui bo‘yicha berish jarayoni bir necha soniya vaqt talab qiladi. Psixolog test o‘tkazib bo‘lingan zahoti asosiy psixologik ko‘rsatkichlarning to‘liq to‘plamiga ega bo‘lgan tayyor psixokartani oladi. U faqat mutaxassis sifatida ishlaydi. Asosiy ko‘rsatkichlar majmui dastlabki tarzda baholanganidan so‘ng ancha ixtisoslashgan dasturlar bo‘yicha qo‘shimcha test tayinlanishi mumkin. Bunday dasturlar bloki ishlab chiqilgan, yo‘lga qo‘yilgan va amalda foydalanilmoqda.
Psixolog test natijalari bo‘yicha individual maslahat jarayonida psixik adaptatsiya (moslashuv) xususiyatlari, hissiy-irodaviy holati, shaxsning tuzilishi va ehtiyoj yo‘nalishlarini tahlil qiladi.
Shunday qilib, tizimli yondashuv psixologiya va muhandislik faoliyatiga oid turli usullari bilan birga, faoliyat jarayonining asosiy psixologik qonuniyatlari, shaxsning tuzilishi va huquqiy normalar tizimining o‘zaro ta’sirini yetarlicha chuqur tahlil etish va aniqlashga, ushbu o‘zaro ta’sirning barcha
ishtirok etuvchi elementlarini inobatga olgan holda aniq tavsiflash va muhim xususiyatlarini ajratishga imkon beradi.



Yüklə 66,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin