Bob olamning zamonaviy fizik manzarasi 0. Elеmеntar zarralar


Xabbl qonuni ifodasidan Olamning yoshini aniqlash mumkin



Yüklə 270,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix02.01.2022
ölçüsü270,07 Kb.
#44310
1   2   3   4   5
15-maruza. Оламнинг ҳозирги замон физик тасаввури

 

   


 Xabbl qonuni ifodasidan Olamning yoshini aniqlash mumkin: 

t= L/ν=1/H .     Bu ifodaga Xabbl doimiysining qiymatini qo‘yib hisoblasak  Olam 

yoshi   t = 13,5 mlrd yil ekanligi kelib chiqadi. 

     


Kengayib  sovuyotgan  Olam  temperaturasini  taxminan  T  ≈  10

10 


/√

¯¯

t  ifoda, 



energiyasini  E ≈ kT ifoda yordamida baholash mumkin.    Portlashdan  taxminan 

t=10


–12

s vaqt o‘tganidan keyin harorat va energiya qiymatlari mos ravishda ~10

15 

K  


va  ~300 MeV bo‘lganda kvarklar adronlarga “kondensatsiyalanib” bo‘ladi. Olam 

yoshi t=13.8 s,  unga mos sharoit T≈ 3·10

K ; E≈ 0,1 MeV bo‘lganda engil deytriy 



va geliy yadrolari  sintezi boshlanib, t= 3min bo‘lganda bu jarayon tugaydi. Olam 

yoshi  taxminan  700000  yil,    harorat  T~3000  K,  energiya  esa  E~0,3eV  ga  teng 




bo‘lganda modda plazma holatida bo‘lmay elektronlar va yadrolar rekombinatsiyasi 

yuz berib neytral vodorod va geliy atomlari hosil bo‘ladi. Bu sharoitda nurlanish 

atomlarda yutilib ularni parchalamaydi, modda va nurlanish bir biridan ajralib Olam 

fotonlar  uchun  shaffof  bo‘lib  qoladi.  Rekombinatsiya  davrining  oxirida  Olam 

yanada  kengayib va sovib 1 mln yoshga kiradi. 

     


Olam  yoshi  1  mlrd  yil  bo‘lganda  katta  ob’ektlar  paydo  bo‘la  boshlaydi. 

Hozirda kuzatilayotgan yulduzlar, galaktikalar va boshqa ob’ektlarning shakllanib 

rivojlanayotganiga ~ 10 mlrd yil bo‘ldi deb hisoblanadi. Hozirgi paytga kelib Olam 

moddasining kimyoviy tarkibi taxminan ~70% - vodorod va ~30% geliydan  iborat 

bo‘lib  ular  asosan  yulduzlarda  va  yulduzlararo  chang  to‘plamlarida 

mujassamlashgan. Qolgan og‘ir elementlarning ulushi – 1% ni ham tashkil qilmaydi. 

    

 Har  qanday  ob’ektlar  kabi  yulduzlar  ham  paydo  bo‘ladi  va  ma’lum  bir 



evolyusion  davrni    o‘tgandan  keyin  o‘z  faoliyatini    tugatib  boshqa  ob’ektlarga 

aylanadilar. 

 

Agar yulduz massasi 1,4  Quyosh massasidan kichik bo‘lsa bunday yulduzlar 



oq karliklarga aylanadilar. Aylanish jarayonida yulduzda portlash yuz berib uning 

nisbatan  og‘irroq  elementlardan  iborat  tashqi  qobig‘i    koinotga  sochilib    ketadi. 

Yadrosi esa oq karlik deb nomlangan ob’ektga aylanadi. Oq karliklar zichligi juda 

katta  bo‘lgan  plazma  holatidagi  ob’ekt  xisoblanadi.  Ularning    o‘rtacha  zichligi 

taxminan  suv  zichligidan  100  mln  marta  katta  bo‘lib,  radiusi portlashdan  oldingi 

yulduz radiusidan taxminan 100 marta kichik bo‘ladi. Oq karlikning harorati odatda 

bir necha o‘n ming kelvinni tashkil qiladi. 

   


 Agar  umri  tugagan  yulduzning  massasi  (1,4÷3,5)  Quyosh

 

  massasiga  teng 



bo‘lsa,  portlash  natijasida  u  neytron  yulduzga  aylanadi.  Neytron    yulduzlarning 

zichligi  oq  karliklar  zichligidan  yuz  ming,  hatto  1  mln  martagacha  katta  bo‘lishi 

mumkin. Neytron yulduz qa’rida harorat bir necha mlrd (10

9

) kelvinga teng bo‘lib, 



bu sharoitda elektronlarning protonlarga intensiv yutilishi natijasida neytronlar soni 

protonlar sonidan sezilarli darajada ko‘p bo‘ladi. 

    

Agar  yulduz  massasi  4  Quyosh  massasidan  katta  bo‘lsa,  bunday  massiv 



yulduzlar portlashi natijasida qora tuynuklar hosil bo‘ladi. Portlashdan keyin qolgan 


yulduz  yadrosida  kuchli  gravitatsion  siqilish  (kollaps)  sodir  bo‘lib  juda  katta 

gravitatsion maydonga ega bo‘lgan qora tuynuk hosil bo‘ladi. Gravitatsion kollaps 

sodir  bo‘lishi  uchun  m-massali  jismining  radiusi  r

g

  =2Gm/s



2

  ifoda  orqali 

aniqlanadigan gravitatsion radiusdan kichik bo‘lishi kerak. Masalan  Quyoshning 

gravitatsion radiusi 3 km ga teng. 

   

 Ko‘zga  ko‘rinuvchi  yorug‘lik  fotonlari  qora  tuynuk  gravitatsion  tortish 



kuchini engib uni tark eta olmaydi. Lekin qora tuynuk absolyut (100%) qora emas. 

Rentgen  nurlari  qora  tuynukni  tark  etishi  mumkin.  Shunday  rentgen  nurlari 

yordamida uning manbai bo‘lgan qora tuynuklar tadqiq qilinadi. Qora tuynuklarning 

gravitatsion maydoni juda kuchli bo‘lganligi sababli  ularga uchragan moddalar va 

nurlanishlar to‘la yutiladi. Oxirgi kuzatishlar va tadqiqotlar galaktikalar markazida 

qora tuynuklar joylashganidan darak bermoqda. 



 

Yüklə 270,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin