Bob olamning zamonaviy fizik manzarasi 0. Elеmеntar zarralar


 Elementar zarralarning xossalari va klassifikatsiyasi



Yüklə 270,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix02.01.2022
ölçüsü270,07 Kb.
#44310
1   2   3   4   5
15-maruza. Оламнинг ҳозирги замон физик тасаввури

 

30.2 Elementar zarralarning xossalari va klassifikatsiyasi 

Hozirgi  vaqtga  kelib  antizarralar  bilan  birgalikda  350  dan  ortiq  elementar 

zarralar kashf qilingan. Ulardan foton, electron,  glyuon, elektron neytrinosi, proton 

va  ularning  antizarralari  turg‘un  hisoblanadi.  Qolgan  elementar  zarralar 

eksponensial  qonun  bo‘yicha  1000  s  dan  10

-24


  s  vaqtlar  davomida  o‘z-o‘zidan 

yemiriladilar. 

 

Hamma elementar zarralar aynan bir-xillik va korpuskulyar to‘lqin dualizmi 



prinsiplariga bo‘ysunadilar. 

 

Elementar zarralarning asosiy harakteristikalariga massa, spin, elekrt zaryadi, 



yashash  vaqti,  barion  zaryad,  lepton  zaryad,  magnit  momenti,  g‘alatilik,

 

izotopik 



spin,spirallik  va  juftlik  kabi  tushuncha  va  kattaliklar  kiradi.  Elementar  zarralarni 

quyidagi xossalar bo‘yicha klassifikatsiyaga ajratadilar. 

 

1.  Yashash  vaqti  bo‘yicha  hamma  elmentar  zarralar  turg‘un  (stabil)  va 



noturg‘un  zarralarga  ajratadilar.  Massasi  bo‘yicha  hamma  zarralar  massasiz  va 

massaga ega zarralarga bo‘linadi. Foton, glyuon, graviton va ularning antizarralari 

massaga ega emas deb hisoblanadi. 

Spinlari  bo‘yicha  hamma  elementar  zarralar  bozonlar  va  fermionlarga 

bo‘linadi. Butun sonli spinga ega bo‘lgan zarralar, masalan, foton, glyuon, mezonlar, 

Xiggs bazoni va boshqalar bozonlar deb ataladi.  Yarim sonli spinga ega zarralar, 

masalan, proton, elektron, neytron, neytrino va boshqalar fermionlar deb nomlanadi. 

O‘zaro ta’sir harakteriga qarab zarralar adronlar va leptonlarga bo‘linadi. Adronlar 

hamma  fundamental  o‘zaro  ta’sirlarda  qatnashadigan  zarralar  bo‘lib  kvarklardan 

tashkil  topgan  deb  hisoblanadi.  Adronlar  o‘z  navbatida  mezonlar  va  barionlarga 

bo‘linadi. 

Kuchli o‘zaro ta’sirdan boshqa o‘zaro ta’sirlarda qatnashadigan va tuzilishga 

ega bo‘lmagan fundamental zarralar leptonlar deb ataladi. Elektronlar , myu va tau-



mezonlar  leptonlarga misol  bo‘la  oladi. Leptonlarning  olti  turi  (e,  µ,  τ,  ν

e

,  ν

µ

,  ν

τ

mavjud. Mikroolamdagi barcha jarayonlarda barion va lepton zaryadlari saqlanadi. 



Gell-Mann  –  Sveyg  modeliga  asosan  hamma  adronlar  kvark  va  antikvarklardan 

tashkil topgan. Masalan, 



(



)

     


 (



)   p(uud)  n(udd)  К

+



). Kvarklarning 

elektr zaryadlari kasr sonli, ya’ni  ±2/3 yoki ±1/3 elementar zaryadga teng. 

Kvarklar  erkin  holda  tabiatda  uchramaydilar.  Tabiatda  kvark-lepton 

simmetriyasi  mavjud,  ya’ni 6 ta leptonga 6 ta kvark  mos  keladi deb hisoblanadi. 

Kvarklar leptonlardan farqli ravishda kuchli o‘zaro ta’sirda qatnashdilar. Fizikada 

elementar  zarralar  ro‘yxatiga  o‘zaro  ta’sir  bozonlarini  ham  kiritishadi.  Foton 

elektromagnit o‘zaro ta’sir kvanti bo‘lib, ushbu o‘zaro ta’sir fotonlar almashinuvi 

natijasida yuz beradi. 8 turdagi glyuonlar kvarklar orasidagi kuchli o‘zaro ta’sirni 

ta’minlaydi.  Oraliq  vektor  W

+

,  W



-

  va  Z


0

  bozonlar  kuchsiz  o‘zaro  ta’sir  kvantlari 

hisoblanadilar. Gravitonlar gravitatsion o‘zaro ta’sir kvantlari hisoblanadi.  

Tabiatdagi moddalar adron va lentonlar (p, n, e) dan tashkil topgan. Hamma 

elmentar  zarralar  Xiggs  bozoni  yordamida  massaga  ega  bo‘ladilar.  Xiggs  bozoni 

1964-yilda bashorat qilingan bo‘lib, 2012-yil katta adron kollayderida kashf qilindi. 

Adronlarning o‘lchamlari taxminan 10

-15


 m, tuzilishga ega bo‘lmagan fundamental 

zarralar, (fotonlar, glyuonlar, W va Z bozonlar, kvarklar, leptonlar) taxminan 10

-18

 

m o‘lchamga ega deb hisoblanadi. Elementar zarralarning standart modeliga asosan 



12  ta  fermionlar  va  ularning  antizarralari  3  avlodga  bo‘linadilar.  1-avlod 

fermionlarga electron, pozitron (e



-

 , e



+

) elektron neytrinosi yoki antineytrinosi  (ν



e





e

) U-“yuqori” kvark yoki anti kvark (Ṹ), d-“quyi” kvark yoki anti kvark đ kiradi. 

2-avlod  fermionlarga  glyuon,  my  mezonlar  (µ



-

  yoki  µ



+

),  myuon  neytrinosi  va 

antineytrinosi (ν

µ

; ṽ

µ

); C (“maftunkor”) – kvark va Č-antikvark; S (“g‘alati”) kvark 

va Š-antikvarklar kiradi.  Uchinchi avlod fermionlarini Tay lepton (τ

-

)  va  anti  Tay 

lepton (τ

+

); Tay neytrinosi (ν



τ

) va antineytrinosi (ṽτ); t (“haqiqiy”) – kvarki va ŧ –

antikvarkini; b (“go‘zal”) kvark va ᵬ-antikvarklar tashkil etadi. 

Standart  modeli  elementar  zarralarning  hozirgi  zamon  nazariyasi  bo‘lib, 

mikroolamda yuz beradigan juda ko‘p jarayonlar va elementar zarralarning xossalari 

d

u

~

d



u

~

s



d~


shu  nazariya  asosida  tushuntiriladi.  Standart  model  tomonidan  bashorat  qilingan 

juda ko‘plab fikrlar tajribada o‘z tasdig‘ini topmoqda. 

 


Yüklə 270,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin