30.4 Olamnngi paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi
Hozirgi zamon standart modeli tasavvurlariga ko‘ra fizik vakuum
materiyaning mavjudlik shakllaridan biri bo‘lib maydonning eng quyi energiyali
holati hisoblanadi. Zamonaviy mavjud infilyatsiya nazariyasiga ko‘ra vakuum
energiyasi fluktatsiyasi katta qiymatga erishganda fizik vakuumda kuchli
qo‘zg‘alish yuz beradi va u “pufak” simon ravishda juda keskin (~10
-33
s davomida)
kengayadi va “yoriladi”, ya’ni katta portlash sodir bo‘ladi. Bu hodisa bundan
taxminan 13 mlrd yil oldin sodir bo‘lganligi aniqlangan. Katta portlashdan so‘ng
Olam juda qaynoq bo‘lganligi va doimiy kengayib borayotganligi amerikalik fizik
Xabbl tomonidan “qizil siljish” qonuni ochilgandan keyin isbotlandi. 1965 yilda
relektiv (qoldiq) nurlanishning kashf qilinishi ham bu g‘oyani to‘g‘riligini
tasdiqlaydi.
Xabbl o‘z teleskopi yordamida 1929 yil Koinotdan kelayotgan nurlanish
spektrining qizil to‘lqin tomonga siljishini kashf qildi. Dopler effektiga asosan bu
hodisa nurlanuvchi koinot ob’ektlari ( yulduz to‘plamlari, galaktikalar) ning bir-
biridan uzoqlashayotganligini, ya’ni Olamning kengayotganligini isbotlaydi.
Tadqiqot natijasida Xabbl galaktikalarning bir-biridan uzoqlashish tezligi (ν)
uchun ν = HL ifodani keltirib chiqardi, bu yerda L- galaktikalargacha bo‘lgan
masofa; H ≈ 2.36 ·10
–18
c
–1
– Xabbl doimiysi.
Dostları ilə paylaş: |