2. Qaynagan suvni
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
160
5. Allergik shok bo`lish-bo`lmasligini bilish uchun ukol qilgandan so`ng
bemor bilan kamida 30 daqiqa birga bo`ling.
• badan terisining muzdek, nam bo`lib oqarishi, zahil tortib ketishi (sovuq
terlash)
• quvvatsizlik yoki tomir va yurakning tez urishi
• nafas olishning qiyinlashuvi
• hushdan ketishi
6. Agar ana shu belgilar paydo bo`lsa, o`sha zahoti epinefrin (Adren-
alin) qiling: kattalar uchun, 0.3-0.4 ml.; bolalar uchun, 1/4 ml. (to`rtdan bir
qismini) va bemorni shokdan chiqarishga harakat qiling (170-bet). Keyin
antigistaminlardan bering (677-bet).
PENITSILINDAN BO’LADIGAN NOJO’YA
TA’SIRLARNING OLDINI OLISH
1. Yengil va o`rtacha
infeksiyalarga qarshi
penitsillin ukolidan
ko`ra tabletkalarini
bering.
2. Ukol qilishdan avval odamdan
so`rang:
„Penitsillin olganingizdan so`ng
toshma, qichishish, shish kelishi
singari hodisalar hech bo`lganmi
yoki nafas qiyinlashganmi?”
Agar „ha” degan javob bo`l-
sa penitsillin, ampitsillin yoki
amoksitsilinlarni qilmang. Eritro-
mitsin (636-bet) yoki sulfanil-
amid (640-bet) kabi antibiotiklar-
ni ishlating.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
161
3. Penitsillinni ukol qilishdan
avval,
doim
EPINEFRIN
(Adrenalin)
ampulalarini
tayyorlab
qo`ying.
4.Ukol qilgandan so’ng
Bemor bilan kamida 30 min
birga bo’ling
5. Agar kasalning rangi o`chib,
yurak urishi tezlashsa, nafas olish
qiyinlashsa yoki u hushidan keta
boshlasa, o`sha zahoti muskulga
(yoki teri ostiga) (694-bet) EPINE-
FRINDAN (Adrenalin) 0.3 ml qil-
ing. Bolalar uchun uning choragini
ishlating va 1 kerak bo`lsa har 10
daqiqada qaytaring.
UKOL QILISH UCHUN SHPRITSNI QANDAY
TAYYORLASH KERAK
Imkoni bo`lsa sterillangan, bir marta ishlatiladigan plastmassa
shpritslardan foydalaning. Imkoni bo`lmasa, shisha
shprits va temir igna
ishlatish mumkin, lekin bunda quyidagilarni bajarish shart:
Dostları ilə paylaş: