• 20 minut qaynating. (Agar soatingiz bo`lmasa 1 yoki
bug`lang.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
164
3. Dori yuborishdan
avval tortmani tortib
ko`ring. (Agar shprits-
ga qon kirsa, ignani
muskuldan chiqarib
oling va boshqa joyga
ukol qiling).
4. Agar shpritsga qon
kirmasa, dorini sekin
yuboring.
5. Shpritsni tortib oling
va terini spirt bilan qay-
ta tozalang.
6. Agar ko`p marta ishlatiladigan shpritslarni ishlatayotgan bo`lsangiz,
ukol qilgandan so`ng shpritsni darhol chayqang. Shpritsga igna orqali suv
olib chiqarib tashlang va keyin shpritsni alohida olib yuving. Qayta ish-
latishdan avval uni qaynating
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
165
UKOLLAR QANDAY QILIB BOLALARNI NOGIRON
QILISHI MUMKIN
Umuman, ma`lum ukollar sog`liq uchun
muhimdir. Ukol qilinadigan dorilardan em
dorilar bola sog`lig`ini saqlaydi va uni nogi-
ronlikdan himoya qiladi. Shunga qaramay,
poliomelitdan falaj (shol) bo`lib qolish xavfi ni
kamaytirish uchun bolaning harorati ko`taril-
ganda yoki shamollash belgilari namoyon
bo`lganda yoki biror boshqa infeksion kasal-
liklarda bolaga emlik va boshqa ukollarning
qilinmagani ma`qul. Chunki bu falajsiz bo`lgan
oddiy poliomelit bo`lishi mumkin. Agar shun-
day bo`lsa, ukolning ta`sirida doimiy falaj(shol)
kelib chiqishi mumkin.
Shuni aytib o`tish joizki, poliomelitga
qarshi ishlatiladigan zamonaviy yangi emliklar
bunday salbiy ta`sirlarga olib kelmaydi.
POLIOMELITDAN FALAJ
BO`LGANLARNING XAR
3 DAN BIRI UKOLDAN
KELIB CHIQQAN
JIHOZLARNI QANDAY TOZALASH (STERILLASH) KERAK
SPID (OITS) (734-bet), sariq (321-bet) va qoqshol (347-bet) kabi ko`p
kasalliklar kasal odamdan sog`lom odamga shprits, igna yoki boshqa ste-
rillanmagan jihozlar (quloqni teshishda, ignalar bilan davolashda, tatuirov-
ka yoki sunnat qilishda ishlatiladigan jihozlar) orqali yuqishi mumkin. Ko`p
teri kasalliklari va abstsesslar ham shundan kelib chiqadi. Har doim teri
Dostları ilə paylaş: