D A R S N I NG B O R I SH I: I. Tashkiliy qism: (5 daqiqa)
salomlashish: Assalomu alaykum aziz o’quvchilar
Darsimiz shiori: Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q
davomatnijurnalga qayd etish:Who is on duty today?I am on duty today.
Who is abson today?What date is it today?
psixologik iqlim yaratish: Mana aziz o’quvchilar 2015-yil bilan xayrlashib, 2016 – yil kirib keldi. Qani aytingchi 2016-yil qanday yil deb nomlandi?
O’quvchilar: 2015 – yil 5 – dekabrda Konstitutsiyamizning 23 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tantanali marosimda Prezidentimiz tomonidan
2016-yil Sog’lom ona va bola yili deb nomlandi. O’qituvchi: Sizning bunga fikringiz qanday?
O’quvchilar: Vatanimiz kelajagi Sog’lom ona, sog’lom bola Taraqqiyot poydevori Sog’lom ona, sog’lom bola.
Jannat sizning poyingizda Jonimsadqa yo’lingizga, Olam nurga to’lsin har vaqt Ona –bola bo’lsin xursand!
Egallanishi lozim bo’lgan ko’nikma va malakalar:
O’quvchilar salib yurishlari tarixini o’rganishda voqealar, jarayonlar qaysi bosqichga, davrga oid ekanligini belgilay olishi;
xaritadan tarixiy voqealarni, siyosiy jarayonlarni o’rganishda foydalana olishi;
O’rganilgan manbalarni tatbiq etib, tarixiy dalillarni muayyan tartibda tahlil qilish va umumlashtirishi, qiyoslashi, baho berishi, tushuntira olishi;
Salib yurishlari natijasida kechayotgan jarayonlarga o’zining mustaqil munosabatini bildira olishi va farqlay bilishi lozim.
Asosiy tushunchalar va atamalar:
Indulgensiya, interdikt, Innokentiy III , inkvizitsiya, autodafe, Urban II, Aleksey I, gospitalyerlar, Tevton, Isaak II Angel, Mixail VII Paleolog.
Dars jihozlari:
Darslik;
Mavzuga oid zarita;
Tarqatma materiallar
Vatman, marker, skouch.
Tashkiliy qism:
O’qituvchi o’quvchilarni darsning mazmuni va dars davomida egallanishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar bilan tanishtiradi.
Darsning borish qismida o’quvchilarni guruhlarga bo’ladi.
O’qituvchi: o’quvchilar o’tgan darslarda biz qanday mavzularni o’tgan edik?
O’quvchilar: Osiyo mamlakatlarining Orta asr shaharlari. Hunarmandchilik va Savdo.
O’tilgan mavzularni takrorlash. ( 11 daqiqa)
Krossvordlar o’quvchilarga tarqatiladi. Bunda har bir guruhga bittadan tarqatiladi, o’quvchilar unga guruh bilan birgalikda javob berishadi.
Savol – javob:
Osiyo mamlakatlarida o`rta asr shaharlari vujudga kelish xususiyatlarini so`zlab bering?
Xitoy shaharlari haqida nimalarni eslab qoldingiz?
Yaponiya va Eron shaharlari haqida ma`lumot bering.
Shaharlarda hunarmandchilikning qaysi turlari yuksak rivojlangan?
Siz Sharq mamlakatlari bozorlari haqida nimalarni bilib oldingiz?