132
Kishida odob bo’lsa, ilm ham bo’lishi lozim.Odob shunday tojki, u aqlli,
farosatli odamlarboshini bezaydi. Odobli odam tabibga o’xshaydi, chunki u bilan
suhbatlashish ko’ngildagi g’amni quvadi. Ilm bir daraxt, odob esa uning
mevasidir. Odob ulug’lik va yuksaklik qasrining narvonidir, shuning uchun u
orqali barcha maqsad va manzillarga yetish mumkin. Qaysi yerda iln-u ma’rifat
kuchli bo’lsa, o’sha yer baxt maskanidir.
2.Ko’makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo’shma gaplar. Bosh gapda
ifodalangan mazmunning sababini bildirgan ergash gaplar bosh gapga
shuning
uchun , shu sababli, shu tufayli kabi ko’makchili qurilmalar yordamida bog’lanadi
va ular bosh gap tarkibida bo’ladi. M-n:
Xalq Yusufbek hojidan zarra yomonlik
ko’rmagan, shuning uchun uning hurmati har doim baland.
3.Deb so`zi yordamida ergashgan qo`shma gaplar.Bosh gapda ifodalangan
mazmunning maqsadini,sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko`pincha
deb so`zi yordamida bog`lanadi va ergash gaplarning kesimi III shaxs buyruq
mayli shaklidagi fe`llar bilan ifodalanadi.Bunday gaplar tarkibidagi deb so`zi
uchun ko`makchisi bilan ma`nodosh sanaladi.Ergash gaplar yozuvda vergul bilan
ajratiladi.Masalan,Gul barglari uchishadi,tushmayin deb qo`lingga (Hamid
Olimjon).
Hovuz atrofi soya-salqin bo`lsin deb,biz ko`p daraxtlar ekdik.
Unutmang! deb so`zi buyruq shart mayli,kelasi zamon fe`lidan keyin kelsa(
Sizni
qo`rqib ketmasin deb,kechqurun bezovta qilmadik-nima maqsadda?), maqsad
ma`noni anglatadi.O`tgan zamon fe`llaridan keyin kelsa (
O`qituvchi kelgan
deb,men keldim-nima sababdan kelding?), sabab ma`nosini anglatadi.
4-topshiriq:Ergash gapning qanday ma’no anglatayotganligini aniqlang.
1.Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo’lingga. 2.Kamalakdek rango-rang
bo’lsin deb san’at, tillar, asrlarcha qildim jang. 3.Sen otash ichida urasan javlon,
Dushman qolmasin deb sevgan elimda. 4.Yovlar yakson bo’lsin deb, yigitlar jang
Dostları ilə paylaş: